3 laboratoriya ishi Ampermetrning o’lchash chegarasini orttirishni o’rganish Kerakli asbob va jihozlar
Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 3 (3)
Download 297.5 Kb.
|
3-laboratoriya-ishiampermetrning-olchash-chegarasini-orttirishni-organish
- Bu sahifa navigatsiya:
- M ustaqil topshiriqni bajarish namunasi
- Qarshiliklar balansi
- Hisoblashlar
- Adabiyotlar.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 3 (3):
Berilgan o’zgarmas tok elektr zanjiri uchun quvvatlar balansini tuzing.
M Tok manbai, R1 va R2 rezistorlar, shunt ulangan milliampermetr, ampermetr va kalitdan iborat quyidagi o’zgarmas tok elektr zanjiri berilgan: U = 20 V – o’zgarmas tok manbaining kuchlanishi. I = 0,9 A - ampermetrning ko’rsatishi (ampermetr zanjirdagi umumiy tok kuchini ko’rsatadi). Ima = 150 mA – milliampermetrning ko’rsatishi R1 = 60 Ω – R1 rezistorning qarshiligi R2 = 30 Ω – R2 rezistorning qarshiligi Berilganlar asosida elektr zanjir uchun qarshiliklar va quvvatlar balans (tenglik)larini tuzish talab qilingan bo’lsin. Talab qilingan natijaga erishish uchun talaba (o’quvchi) fizikadan quyidagi nazariy ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim. Zanjirning bir qismiga oid Om qonuni – (1) O’tkazgichlarni ketma-ket ulaganda natijaviy qarshilikning ayrim o’tkazgichlar qarshiliklari algebraik yig’indisiga tengligi – Rk = R1 + R2 + ... Rn (2) O’tkazgichlar parallel ulanganda natijaviy qarshilikning teskari qiymati ayrim o’tkazgichlar qarshiliklarining teskari qiymatlari algebraik yig’indisiga tengligi: (3) Ampermetr yoki milliampermetrlarning ko’rsatish darajasini oshirish uchun unga parallel qilib ulanishi lozim bo’lgan kichik qarshilikli o’tkazgichni shunt deb ataladi. Shuntning qarshiligi (4) formula yordamida topiladi. Bu yerda n–milliampermetrning ko’rsatish darajasi necha marta orttirilayotganligini ko’rsatuvchi son. Zanjirning ketma-ket ulangan barcha qismlarida tok kuchining bir xil bo’lishi. Zanjirning parallel ulangan qismlarida kuchlanishning bir xil bo’lishi. ¡zgarmas elektr toki quvvati – P = I2R yoki (5) Qarshiliklar balansi deganda zanjir umumiy qarshiligining (Rum) formula orqali hisoblangan qiymati o’tkazgichlar aralash ulanganda (2) va (3) formulalarni qo’llab topilgandagi qiymatiga tengligi tushuniladi. Quvvatlar balansi deganda esa, zanjirdagi tok manbalari quvvatlarining algebraik yig’indisi barcha qarshilikli qismlardagi quvvatlarning algebraik yig’indisiga tengligi tushuniladi. Hisoblashlar:
(1) va (17) formulalar bilan hisoblangan natijalarning bir xil ekanligi zanjir uchun qarshiliklar balansi aniqlanganligidan dalolat beradi.
(22) va (23) ifodalar yordamida topilgan quvvatlarning bir xilligi esa quvvatlar balansiga erishganligimizni ko’rsatadi. Adabiyotlar. J. A. Toshxonova, J.Kamolov. Fizikadan praktikum. Elektr va magnetizm. O‘quv qo‘llanma- Toshkent: 2006 y. S. Tursunov S. “Elektr va magnetizm”, 1996 y. И. В. Савельев “Умумий физика курси”, 2-том, 1985y. A. Ahmadjonov «Fizika kursi, Optika, atom va yadro fizikasi» T. 1983y. Download 297.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling