3-laboratoriya ishi Mavzu: №305-000elektrohavotaqsimlagichi ning vazifasi va tuzilishini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 31.24 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1448617
1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI-3

Tuzilishi va ishlash prinsipi.
Elektr havo taqsimlagichning bir necha modifikatsiyasi qo‘llaniladi:
- shartli №305-000 lokomotiv tortuvli va ikki simli elektropnevmatik tormoz sxemasiga ega bo‘lgan yo‘lovchi tashish poezdlarida;
- shartli №305-001 – to‘rt simli sxemaga ega bo‘lgan motorovagonli poezdlarda;
- shartli №305-002 - rekuperativ-reostatli tormozga ega bo‘lgan elektr poezdlarda;

3.1-rasm. Shartli №305-000 elektr havotaqsimlagich tuzilishi:


1 - yarmo; 2,5 – vintlar; 3 - qopqoq; 4 – to‘g‘rilash klapani (diod); 6 - karkas; 7 - o‘zak;
8 - g‘altak; 9- metalli diafragma; 10- elekt qismi korpusi; 11,22- yakorlar;
12,16- qisqichlar; 13 - rezinali diafragma; 14 – pnevmatik rele korpusi;
15 - atmosferali (chiqarib yuborish) klapani; 17 - iste’mol klapani;
18,25,30 - prokladkalar; 19 - manjeta; 20 – pastki qopqoq (sokol); 21 - prujina;
23 - elektrik kontaktlar; 24 – kontaktli kolodka; 26 - ishchi kamera (RK); 27,3 – qayta ulash klapanini qopqog‘i; 28,29 - zichlatgichlar; 32 - qayta ulash klapani;
33 - flanets; 34 - shpilka.
- shartli №305-000 elektr havotaqsimlagich to‘rtta uzeldan iborat: ishchi kamerasi, elektr magnit ventillari bo‘lgan (perekrishalar va tormoz) elektr qismi, pnevmatik rele va uzib-ulash klapani. Shartli №305-000 elektr havotaqsimlagich konstruksiyasi va ishining batafsil bayonini [1 – 8] ishlardan topishingiz mumkin.


3.2 Shartli №305-000 elektrohavotaqsimlagichi xossalarini o‘rganish

SHartli №305-000 elektr havotaqsimlagich elektr pnevmatik tormozlarning barcha ijobiy xossalarini ta’minlab beradi: tezda ishlab ketishi; tormozlanishning boshqariluvchanligi va bir tekisligi; tormoz kuchini rostlash imkoniyati; tormozlarni avtomat tarzda boshqarish va poezdni berilgan tezlikdan minimal chetlashish bilan harakatlantirishga ko‘proq moslashganlik.


Biroq, ushbu elektr havotaqsimlagichning nuqsonlari ham mavjud: tormoz silindrlarida chegaraviy bosimning cheklanmaganligi; tormoz berishda har ikkala ventilni qo‘zg‘atish zarurligi; elektr usulida boshqarishda va elektr ta’minoti to‘xtatilganida tormozning o‘z-o‘zidan qo‘yib yuborilishi, bu esa elektr pnevmatik tormozlarni pnevmatik tormozga avtomat tarzda almashtiradigan qo‘shimcha moslamalar qo‘llanishini talab etadi.



Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling