3 laboratoriya ishi Mavzu: Bir fazali elektron elektr hisoblagichni ishlash printsipini o‘rganish


Download 1.58 Mb.
bet1/2
Sana25.03.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1294313
  1   2
Bog'liq
3-laboratoriya ishi


3 - laboratoriya ishi
Mavzu: Bir fazali elektron elektr hisoblagichni ishlash printsipini organish.


1. Ishning maqsadi.

1.1. Bir fazali turg’un elektr energiyasi elektron hisoblagichi DDS28 to‘g‘risida umumiy ma‘lumotlar bilan tanishish.


1.2. DDS28 elektron hisoblagichi tuzilishi va texnik ma‘lumotlar bilan tanishish.
1.3. DDS28 elektron hisoblagichini o‘rnatish va foydalanish bo‘yicha malaka hosil qilish.
1.4. DDS28 elektron hisoblagichini birlamchi tekshiruvini o‘rganish.


2. Nazariy malumotlar.

2.1. Umumiy malumotlar. DDS28 bir fazali turg‘un elektr energiyasi elektron hisoblagichi faol (aktiv) elektr energiyasini 50 Gts chastotali va 220 V kuchlanishli, bir fazali ikki o‘tkazgichli elektr tarmoqlarida o‘lchash uchun mo‘jallangan. Elektr hisoblagich GOST 30207 (IYeS 61036) standart talablariga javob beradi va 1,0 aniqlik klassiga ega.


Elektr energiyasini hisoblagichining o‘ziga xos xususiyatlari uning yuqori aniqlik darajasi va ishonchliligi, hamda elektr energiyasidan noo‘rin foydalanishni bartaraf etish imkoniyatlariga ega ekanligidadir. Elektr hisoblagich bevosita o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
Elektr energiyasini hisoblagichning blok qismlaridan iboratligi va unda LST texnologiyasidan (katta sig‘imli integrallashgan sxema) va SMT dan foydalanilgani, hamda uning o‘ta ishonchliligi va uzoq muddat xizmat ko‘rsatishini ta‘minlaydi.
Elektr energiyasini hisoblagich mustahkam tuzilmalardan iborat bo‘lib, yopiq binolarda foydalanishga yaroqli va uzoq muddat undan foydalanishga imkonini beradi.
Elektr energiyasini hisoblagichda impulьsli uzatish mavjud, bu istye‘molchi uchun masofadan turib boshqarish sxemasini ishlatish imkoniyatini beradi.
2.2. Tuzilishi. Elektr energiyasini xisoblagichning qobig‘i (korpusi) bakelitli asosdan iborat bo‘lib, yaltiroq polikarbonat qopqoq va elektr hisoblagichning qisqichlaridan iborat. U ikkinchi toifali himoya - izolyatsiya talablariga javob beradi. Elektr hisoblagichning qobig‘i qattiq va mustahkamdir.
Displey suyuq kristalli segment indikatordan iborat bo‘lib, besh razryadli butun raqamlar va bir razryadli o‘nlik raqamli yacheykalardan iborat.
Elektr energiyasini hisoblagichda YE RROM doimiy xotira joylashtirilgan bo‘lib, bu esa hisoblagichdagi ma‘lumotlarni elektr enyergiyasi o‘chganidan so‘ng xam 40 yil davomida saqlash imkoniyatini beradi.
Nazorat chirog‘i elektr hisoblagichning ish xolatini ko‘rsatib turadi. Nazorat chirog‘ining yonib – o‘chishi chastotasi elektr hisoblagichda o‘lchanayotgan quvvat bilan mutanosibdir.
Elektr hisoblagich qisqichlari elektr izolyatsiyali rangsiz qopqoqqa ega.
2.3. Vazifalari:
A. Faol elektr energiyasini o‘lchash;
B. Elektr energiyasini hisoblagich suyuq ristalli displey (LSD) orqali iste‘mol qilingan elektr enegiyasini ko‘rsatadi;
V. Impulsli nazorat chirog‘i elektr hisoblagichning ishchi xolatini ko‘rsatib turadi.
G. Optik bog‘lanish bilan muhofazalangan sust impulsli chiqish.
2.4. Texnik malumotlar.
Belgilanagn kuchlanish, V 220
Belgilangan chastota, Gts 50
Nominal (maksimal) tok, A 5(30), 10(60)
Kuchlanishning ishchi diapazoni (0,85 1,1)Un
Tok bo‘yicha sezuvchanlik 0,004 In
O‘zi yurishi (ishlashi) 1 impulь
Istye‘mol qilinayotgan quvvat 1 Vt (6 V.A)
Saqlash nisbiy namligi, % 25 – 95
Xisoblagich ishlashining muhit harorati, C
O‘rtacha ishlash muddati, yil 30
Xisoblagichni qiyoslash vaqti oralig‘i, yil 10
Indukatorning maksimal xajmi, kVt/s 0,1
Aniqligi: ma‘lumotlar jadvalda berilgan.



Tok hajmi

Quvvat koeffitsienti,
cos

Eng yuqori xatolik,
%

0,05 In

1

1,5

0,1 In Imax

1

1,0

0,1 In

0,5(L)

1,5

0,8(S)

1,5

0,2 In Imax



0,5(L)

1,0

0,8(S)

1,0



2.5. Ornatish va foydalanish.
Elektr energiyasini hisoblagichni o‘lchash tartibi 1 – rasmga muvofiq bo‘lishi lozim. Bu yerda L, L – faza simi, N, N – neytral sim.



1 – rasm.

Avval simning uchi, elektr xisoblagichning qisqichga ulanadigan qismi tozalanadi. Mayda tolalardan iborat simlarning uchi eshilgan va o‘ralgan bo‘lishi yoki maxsus kabel uchi bandlagich bilan qotirilgan bo‘lishi kerak. So‘ngra bu uchlari qisqichning orasiga qistiriladi. Ulanish joyini qizib ketishini oldini olish uchun klemma qisqichlaridagi vintlarini oxirigacha qotirish kerak.


N5 va N7 qisqichlar yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarga ulanmasligi kerak. Ular hisoblagichni tekshirish lozim bo‘lganda ulanadi.



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling