3-laboratoriya ishi Mavzu: Marshrutizatorning asosiy koʻrsatkichlarini sozlash. 17-variant Guruh


Download 355.84 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi355.84 Kb.
#1455201
  1   2
Bog'liq
KT 3-lab 17-variant


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter tarmoqlari fanidan
3-laboratoriya ishi
Mavzu: Marshrutizatorning asosiy koʻrsatkichlarini sozlash.
17-variant

Guruh : 071-20
Bajardi : Safarbayev Gafurjan
Tekshirdi : Karimov A.
Toshkent-2023


Laboratoriya ishi №3
Mavzu: Marshrutizatorning asosiy koʻrsatkichlarini sozlash
Ishdan maqsad: Marshrutizatorlar asosida tarmoqni loyihalash va sozlash koʻnikmasini hosil qilish.


Nazariy qism
Marshrutizator ( router) – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bogʻlab beruvchi qurilmadir. Bu qurilma biror bir portga kelib tushgan paketni qayta ishlab, xotirasida mavjud jadvaldan qabul qiluvchini qaysi portda ekanligini aniqlab, soʻngra shu port orqali uzatadi.. Marshrutizator dastur va qurilma koʻrinishida boʻladi.
Dastur koʻrinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga oʻrnatilgan va unga ikkita turli tarmoq ulangan boʻladi. Bu koʻrinishdagi marshrutizator bizdan ortiqcha mablagʻ talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni har doim ham yoqigʻ holatda saqlab boʻlmaydi. Shuning uchun ham qurilma koʻrinishidagi marshrutizatorlar afzaldir. Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud boʻladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi. Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga koʻpayib bormoqda. Cisco, Huawei, ZTE, Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va boshqalar shular jumlasidandir.
Endi routerning ishlash prinsipini koʻrib chiqsak. Siz honadoningizga oʻrnatadigan ADSL modemlar ham router hisoblanadi WIFI marshrutizatorlar. Bu modemlar koʻpi bilan 10 Mbit/s tezlikni koʻtarib bera oladi. Ammo hozirgi abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni koʻtarmaydi. Boshqariladigan marshrutizatorlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bogʻlab beradi, balki sizning lokal tarmogʻingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda tarmoq ekrani – firewallar mavjud boʻlib, ular yordamida sizning tarmogʻingizga ruhsatlarni berishi mumkin.
Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil koʻrinishda boʻladi:
Dinamik marshrutizasiya va Static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, koʻrinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U oʻziga ulangan barcha qurilmalar togʻrisida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa paketlar joʻnatib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida saqlaydi. Ammo bu routerni koʻproq ishlashiga sabab boʻladi (yuklama koʻpayadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb boʻlmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Shu bilan birga statik router tarmoq administrator tomindan sozlamalar buyrigʻi kiritilib tarmoqming barcha imkonyatlari quriladi.



Download 355.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling