3 Laboratoriya ishi rdb tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish uchun boshqaruv dasturini ishga tushirish rdb tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish uchun boshqaruv dasturining vazifasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana06.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1434456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Laboratoriya ishi



3 - Laboratoriya ishi 
RDB tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish uchun boshqaruv 
dasturini ishga tushirish 
RDB tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish uchun boshqaruv 
dasturining vazifasi.
Konkret detalga RDB stanokda ishlov berishni ta’minlaydigan 
boshqaruvchi dasturdagi axborot mos dastur tashigichga (ko‘pincha 
perfotasmaga) ma’lum tartibda terilgan kadrlar tarzida yoziladi. Har bir kadrda 
detalning elementar uchastkasiga, masalan, tayanch nuqtalar o‘rtasidagi 
uchastkaga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan geometrik va texnologik axborot 
mavjud bo‘ladi. Kadrlar o‘z navbatida so‘zlardan iborat bo‘ladi. Bu so‘zlardagi 
axborot ayrim bajaruvchi organlarning ishini: X,Y,Z koordinatalar bo‘ylab 
siljishlarni, asboblarni almashtirish mexanizmlarining ishini va h.k. ni belgilab 
beradi. Har bir so‘z perfotasmada bir nechta ko‘ndalang satrni egallaydi. 
Boshqaruvchi dasturni perfotasmaga yozishning ikkita: kadrlar uzunligini 
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan qilib yozish usullari bor. Birinchi usulda kadr hajmi 
dasturning boshidan oxirigacha o‘zgarmay qoladi va perfotasmada egallangan 
satrlar soni bir xil bo‘ladi. Bunday kadrda barcha so‘zlar (komandalar) ni 
ularning takrorlanishidan va qanday raqamli bo‘lishidan qat’iy nazar, yozish 
uchun joy qoldiriladi. Kadrning ma’lum bir qismi biror axborotni bildiradi. Bu 
usulning kamchiliklari: perfotasma ko‘p sarflanadi va dasturlash juda sermehnat 
bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan kamchiliklar boshqaruvchi axborotni kadr uzunligini 
o‘zgaruvchan qilib yozishda bartaraf etiladi. Bu usul harf-raqamli kodlardan 
foydalanganda keng qo‘llaniladi. Bunday kodlarga xarf-raqamli kod BSK-5 
(stanoksozlik normali E68-1) va etti razryadli harf-raqamli kod ISO-7 bit misol 
bo‘ladi. ISO-7 bit kodi hozirgi RDB stanoklarida keng ko‘lamda ishlatiladi.
ISO-7 bit kodi boshqaruvchi axborotni sakkiz yo‘lli perfotasmaga yozish 
uchun mo‘ljallangan 128 ta simvolni kodlashga imkon beradi. Dastlabki to‘rt 
yo‘lchaga (9.1-rasm) ikkili-o‘nli kod 8421 ning vazni yozilgan. 5–7–
yo‘lchalarga belgilar (alomatlar) yoziladi. Masalan, 0 dan 9 gacha o‘nli 
raqamlar alomati perfotasmaning 5 va 6 – o‘lchalaridagi teshiklardan iborat. 
Lotin alfavitidagi A dan O gacha harflar mos holda 0 dan 15 gacha raqamlar 
bilan ifodalanadi. 
Bular perfotasmaning 7-yo‘liga yoziladi. P dan Z gacha oxirgi harflar 0 
dan 10 gacha raqamlar bilan ifodalanadi, lekin ular A dan O gacha 


bo‘lganlardan boshqacha belgi bilan ifodalanadi, ya’ni 5 va 7 yo‘lchalardagi 
teshiklar bilan ifodalanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling