3-laboratoriya ishi tvd-1 defektoskopi yordamida lokomotiv detallarini texnik holatini baholash Ishdan maqsad
Download 364.48 Kb. Pdf ko'rish
|
3. TVD-1 defektoskopi yordamida lokomotivlarni detallarini texnik holatini baholash (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Defektoskopning ishlash tartibi
- TVD-1 defektoskopidan foydalanish uslubiyoti
- Porshenlar defektoskopiyasi
- Hisobot tarkibi
3-laboratoriya ishi TVD-1 defektoskopi yordamida lokomotiv detallarini texnik holatini baholash Ishdan maqsad: Talabalarni TVD-1 uyurma tokli defektoskop bilan tanishtirish va ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. Defektoskopning ishlash tartibi TVD-1 defektoskopi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanib ishlaydi. Sezgir element rolini induktiv datchik g‘altagi o‘taydi. Defektoskopiya metodining amaliy ifodasi – datchik g‘altagini ma’lum chastotadagi tokda qanday induksion xarakteristikalarni namoyon etishiga asoslanadi. Uyurma tokining intensivligi g‘altak ishlangan materialning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Uyurma toklarning o‘zgaruvchan magnit maydoni vaqtning har bir onida uni susaytirib, metallga kirib ketishiga to‘sqinlik qiladi. G‘altakdagi magnit maydonining susaysihi tok qiymatining pasayishiga olib keladi va uyurma toklarning o‘zgarishlarni ifodalaydi. Defektoskopning prinsipial sxemasi 1- rasmda ko‘rsatilgan. ToshTYMI teplovozlarning ishonchliligini sinash laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining natijalariga ko‘ra, TVD-1 ko‘rsatadigan yoriqlarning haqiqatga yaqinlik koeffitsienti 0,8 ga teng. TVD-1 defektoskopidan foydalanish uslubiyoti Defektoskopning umumiy ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan. Defektoskopni ishchi holatga keltirish uchun manbaga ulash kerak. Buning uchun: - batareya kontakt vistuplarini parafindan toza quruq latta bilan artib olinadi. 1.1. Vintlar ajratib olinadi. Defektoskop blokining orqa qopqog‘i yechib olinadi, batareya o‘rnatilib qopqoq yopiladi. 1.2. Manbadagi kuchlanishning talab darajasida ekanligi tekshiriladi. Buning uchun: - datchik razyomida “karandash” razyomini ulash kerak (2-rasm) TLF razyomiga golovnoy telefonlarni ulash - oldingi panel tumblerini «VKL» holatiga o‘tkazish kerak. - “sbros” tugmasini bosgan holda, mikroampermetr shkalasidagi 100 mA ko‘rsatma 10 V ga mos ekanligini ko‘rsatish kerak. 1-rasm. TVD-1 defektoskopining prinsipial elektr zanjir sxemasi Batareyaning 8A dan kam tok bilan to‘yinishi ta’qiqlangan. Knopka har doim oldingi vaziyatiga qaytarilishi kerak. Defektoskopni ferromagnetik materiallarga moslash va sozlash kerak. Buning uchun “M” knopkasini “Rabota” kalitidan yoqish kerak. Defektoskopni qayta ishlashdan oldin uning to‘liq ko‘rigini amalga oshirish talab etiladi. 2-rasm. TVD-1 defektoskopining tashqi ko‘rinishi 1 – mikroampermetr; 2 – signal yoritgichi; 3 – yoqish tumbleri; 4 – asosiy telefonni yoqish tumbleri; 5 – datchikni yoqish tumbleri; 6 – qayta ishga tushirish knopkasi “ISh”; 7 – qayta ishga tushirish knopkasi “TEKShIRISh; 8 – dastak “QO”ZG”ALISh”; 9 – dastak “SOZLASh”. TVD-1 defektoskopining 10D100 dizeli porshenlarining diagnostikasida qo‘llanilishi. Shpilkasiz variantdagi D100 dizellarining ekspluatatsiyasi ulardagi porshenlarning boshqa markali porshenlarga qaraganda ishonarliroq ekanligini vaqt davomida isbotladi. Tirqishlari konstruksiyalari shpilkasiz deyarli ishlab chiqarilmaydi. Ammo shpilkasiz porshenlarni olishda 1 va 2-ariqchalarda yoriqlarning paydo bo‘lishi natijasida golovkalarning uzilish holatlari tez-tez kuzatiladigan bo‘lib qoldi. Shpilkasiz porshenlarda golovka uzilishi silindr vtulkasining sinishi va vkladish, shatun, porshen vstavkasining yoki umuman, dizel blokining buzilishiga olib keladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yoriqlar porshen radial halqalarda tez-tez paydo bo‘ladi. Bunday yoriqlarni boshlang‘ich stadiyada aniqlash murakkab hisoblanadi. Tirqishga ega bo‘lmagan yoriqlarning xarakteri 3-rasmda ko‘rsatilgan. 3-rasm. Porshen radial halqalarida tirqishga ega bo‘lmagan yoriqlarning xarakteri Porshenlar defektoskopiyasi Yuvish mashinasidagi ishlovdan so‘ng, D100 dizel porshenlari defektoskopiyalanadi. Porshenlar defektoskopiyasi quyidagi tartibda olib boriladi: 1.2.1. Datchik radial halqa uchastkasidan porshen stakaniga sekin ko‘chib boradi. 1.2.2. Baland tovushli signalning mavjudliligi yoriqning borligidan dalolat beradi va porshen ta’mirlanishini talab etadi. 1.2.3. Yoqrilar bo‘lmaganda defektoskopga tekis tovush signali kelib turadi. Indikator lampochkasi esa yonmaydi. 1.2.4. Defektoskop nosoz bo‘lganda undagi xatoliklar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1.2.5. Ish tugagach, defektoskop o‘chirilishi shart. 2. Defekt 1, 2 va 3 namunalarda aniqlanishi. 2.1. Namuna porshenlarning dnishelarida markerli belgilar o‘rnatiladi. Halqalar numeratsiyasi moy kanaliga nisbatan soat strelkasi bo‘ylab qo‘yiladi. 2.2. Porshenlar defektoskopiyasi bajarilib, nosozliklar qayd qilinadi. Hisobot tarkibi 1. O‘lchov natijalari lokomotiv vibrogrammasi bilan birgalikda hisobotga tikib qo‘yiladi. 2. Hisobot natijalari lokomotivning oldingi sinovlari bilan solishtiriladi. Nazorat savollari 1. Tok gidobli TVD-1 defektoskopi orqali lokomotiv detallari qanday diagnostika qilinadi? 2. Hisobot natijalari lokomotivning oldingi sinovlari bilan solishtirish. Download 364.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling