3-Laboratoriya ishi uzunlikni tekis parallek chekli o’lchovlarni atalishi. Shu o’lchovlar yordamida mikrometir ko’rsatkichlar xatoligini aniqlash
Download 116.95 Kb.
|
3-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Takrorlash uchun savollar
Topshiriq. Shtangensirkullar, mikrometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va qo‘llanilish sohasi bilan tanishing. Ular yordamida berilgan detallarning o‘lchamarini bir necha marta o‘lchang va o‘lchanayotgan kattalikning o‘rtacha arifmetik qiymatini toping. Detallarning chizmalarini chizing va ularda o‘lchamlarini ko‘rsating.
Ishni bajarish tartibi: 1. Bo‘linma qiymati 0,01 mm o‘lchash oraliqlari 0…25 mm, 25…50 mm va 75…100 mm li mikrometrlar tuzilishi bilan tanishiladi va ularda detal o‘lchamlarini o‘lchash uslubiyoti o‘rganiladi. 2. O‘lchashlarni bajarish uchun detallar tanlab olinadi va ularning loyihalari bilan tanishiladi. 3. Har bir detalni o‘lchash uchun kerakli o‘lchash asbobi 3.6-rasmdagi sxema orqali tanlab olinadi. 4. Har bir o‘lchanadigan kattalik kamida 3 martadan o‘lchanadi va o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi. 5. Detallarning sxemalari (gorizontal va frontal proyeksiyalari) chiziliadi va ularda o‘lchangan kattaliklarning o‘lchamlari ko‘rsatiladi. 6. Ish bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi. 3.6-rasm. O‘lchash asboblarini tanlash sxemasi ta’mirlash haqida ma’lumotlar Ishlatilayotgan yoki ta’mirlashdan keyin asboblar vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruvdan oldin asboblar aviatsiya benzinida yuvilib, qattiq salfetka bilan artiladi hamda ish joyida kamida 3 soat ushlab turiladi. Tekshiruv o‘tkaziladigan xonada harorat 205 0S ga teng bo‘lishi kerak. Mikrometr va icho‘lchagichlarning xatoliklari 2 –chi yoki 5 –chi sinfli tugal o‘lchamlar yordamida tekshiriladi. Mikrometrik kallakning ko‘rsatkichi shkalaning 5,12; 10,24; 15,36 va 25 mm li nuqtalarida tekshiriladi. Tekshiruv vaqtida mikrometrlarni tirgaklarga, chuqur o‘lchagichlarni plitalarga yoki tugal o‘lchamlar orasiga jips yopishadigan qilib o‘rnatiladi. Mikrometr, icho‘lchagich, chuquro‘lchagichlarning mikrometrik kallaklarini xatoliklari gorizontal optimetrda yoki o‘lchash mashinasida aniqlanadi. Asboblarni tekshirishda ularning tashqi ko‘rinishi, yuza g‘adir-budurligi, o‘lchash yuzalarining tekislikdan, to‘g‘ri chiziqlikdan va paralellikdan chetga chiqishlari tekshiriladi va asbob nolga sozlanadi. Mikrometrlarda o‘lchash kuchi, mikrovintning stopori siqilganda o‘lchash yuzasining og‘ishi va sferik o‘lchash yuzalarining urishi tekshiriladi. Mikrometrlarni ishlatish jarayonida eng ko‘p eyiladigan qismlar: tovoncha va mikrovintlarning o‘lchash yuzalari, mikrovintning rezbasi, mikrovintning yo‘naltiruvchi teshigi va tirsillagich tishlarining eyilishi, skobaning deformatsiyasi, prujinaning kuchsizlanishi hisoblanadi . O‘lchash yuzalarning eyilgan qismlari maxsus pritirlar yordamida ta’mirlanadi. Takrorlash uchun savollar: 1. Universal o‘lchash asboblari deb nimaga aytiladi? Ular qaysi hollarda qo‘llaniladi? 2. Haqiqiy og‘ish deb nimaga aytiladi? Chakka og‘ishlarni aniqlash formulalarini yozing. 3. Nominal, haqiqiy va chakka o‘lchamlarning ta‘rifini ayting. 4. Qaysi hollarda tekshirilayotgan o‘lcham haqida ishga yaroqsiz deb xulosa chiqariladi? 5. Bo‘linmasining qiymati 0,05 mm li shtangentsirkullarning o‘lchash xatoligi nimalarga bog‘liq? 6. Nonius shkalasi nima vazifani bajaradi? Download 116.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling