№3 лаборатория машғулоти
Download 56.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Услубий курсатма
Bosh va yozma harflar hamda raqamlarning yozilishi Kundalik hayotimizda va turli idora hamda tashkilotlarda rasmiy alifbo harflarida yozuvlar olib boriladi. Chizmalarda faqat standart shriftlardan foydalaniladi. Chizmada lotin shriftiga asoslangan chizma yozuvlari, arab va rim raqamlarining tuzilishi va yozilishi koʼrsatilgan. Raqamlarning balandligi va eni 1 dan boshqalari bosh harfning balandligi va eniga teng bo‘ladi. 1 raqamining chizig‘i uning yozilish chizig‘iga, eni 3 d ga teng qilib yoziladi (2-shakl). Chizma yozuvlarini bajarish uchun amaliy koʼrsatmalar. Chizma shriftlarini yozish yordamchi toʼrlar chizishdan boshlanadi. Shrift qiyaligini chizish uchun transportir yoki 30˚ va 45˚ li ikkita uchburchakliklar yordamida satr asosiga 75˚ qiyalikda oʼtkaziladi (6−shakl). 11 3−shakl Lotin va krill alfaviti shriftlarningtoʼrlardan foydalanib koʼrsatilgan. Shriftlarni yozishda ularning bir−biriga oʼxshashligidan foydalanish tavsiya etiladi. Baʼzi harflarning yozishda yordamchi to‘rlarning o‘rtasidan o‘tuvchi, yaʼni ½ h chizig‘ini belgilab olishga to‘g‘ri keladi. Harflarning oʼrtasidagi toʼgʼri yoki qayrilish chiziqlarining yoʼgʼonligi oʼrta chiziqning ustida yoki tagida joylashgan bo‘ladi. So‘zlar orasidagi masofa Ɩ ═ 6d yozuvdagi qatorlar orasidagi masofa b ═ 2d, harflar orasidagi masofa 2d qilib olinadi. Katak daftarda shriftlar yozish. Chizma shriftlari katak daftarda yozish ancha qulay. Daftarda 75o qiyalikda chiziq oʼtkazish uchun 4 ta katak va bitta katak dioganali bo‘ylab chiziq o‘tkaziladi 3-shakl. 4 ta katak balandligi 20 mm, 3 ta katak balandligi 15 mm, 2 ta katak boʼlsa 10 mmni tashkil qiladi. Eng avval 3 ta katak balandligida shriftlarni yozib mashq qilish tavsiya 12 etiladi. Bunda shriftlar enini 2 ta katak kengligida olinadi keyinchalik 2 ta katak balandligida 10 o‘lchamli shriftni so‘ngra 1 ta katakda 5 o‘lchamli shriftni yozib mashq qilinadi. Download 56.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling