№3 лаборатория машғулоти
– qaysi semestrligi 01
Download 56.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqova listini bajarish uchun kerakli maʼlumotlar va koʼrsatmalar.
01 – qaysi semestrligi
01 – topshiriq tartib raqami 01 – talabani jurnaldagi tartib raqami 20-22 – guruh raqami Chizmachilikda chizmalarni chizishda masshtablardan foydalanamiz. Masshtablar 3 xil bo‘ladi, bular: kichiklashuvchi masshtablar: 1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50; 1:75; 1:100; 1:200; 1:400; 1:500; 1:800; 1:1000. xaqiqiy kattalik: 1:1. kattalashuvchi masshtablar: 2:1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1; 100:1. Chizma tuchunarli va oson o‘qilishi uchun chiziq turlari xar – xil turda va xar – xil qalinlikda bo‘lishi talab qilinadi. Chizmada asosiy chiziq 0,6 – 1,5 mm qalinlikda bo‘lishi mumkin, bu chizma formatiga va chizma kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyida chiziq turlari va qalinliklari xaqida keltirib o‘tilgan. 8 Muqova listini bajarish uchun kerakli maʼlumotlar va koʼrsatmalar. Chizmalardagi har qanday yozuvlar OʼzDST 2304:2003 talabiga muvofiq aniq va yaqqol yozilishi kerak. Davlat standarti chiziladigan chizmalarning hammasida yoziladigan yozuvlarni ushbu shriftlarda yozilishini talab etiladi. Chizma shrifti oʼzining oddiyligi, harflar va raqamlarning bir hil yoʼgʼonlikda boʼlishi va doim 75˚ qiyalikda yozilishi bilan xarakatlanadi. Chizma shriftlari OʼzDST 2304:2003 ga muvofiq quyidagi oʼlchamlarda tasdiqlangan: 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28 va 40. Shriftlarning oʼlchamlari bosh harflarning balandligi h bilan ifodalanishiga aytiladi. Masalan, bosh harfning balandligi 10 mm boʼlsa shriftning oʼlchami 10 mm boʼladi. 1−шакл. Standartga muvofiq, shriftlar tik va qiya vaziyatda yozilishit mumkin.Ularni yozish qulay boʼlishi uchun yordamchi katak toʼrlar chizib olish kerak boʼladi. Toʼrlar kataklari kengligi shu toʼrga yoziladigan harflar chiziqning yoʼgʼonligiga teng boʼladi. Harflarning balandligi h, yozilish yoʼgʼonligi d bilan belgilansa, eni va harflarning orasidagi masofa d ga qancha toʼgʼri kelishi bilan aniqlanadi. 9 2−shakl. Lotin alifbosini bosh va yozuv harflari va arab raqamlarini elementlarining yozilishi hamda oʼlchamlari berilgan. 10 Shriftlarni yozishda ostki qismi tor boʼlgan harf ustki qismi tor boʼlgan harf bilan yonma yon joylashgan hollarda ular orasidagi masofa kamaytiriladi (3-4-shakl). Misol, bosh harflardan L bilan T, L bilan V, L bilan Y, yozuv harflardan f bilan y, r bilan y. Koʼpchilik bosh harflarning eni tartib boʼyicha oldingi shriftning oʼlchamiga toʼgʼri keladi. Masalan, 10 shriftning kengligi, yaʼni eni 7 mm boʼladi. Bosh harflar chiziqlarining yoʼgʼonligi 1 mmga teng bosh va yozma harflarning konstruktsiyalari va ularning yozilishi koʼrsatilgan boʼlsa, yozma harflar balandligi, asosan, bosh harflar balandligi (h) ning 5∕7 qismini tashkil etadi. Masalan, 10 oʼlchamli shrift yozmasining balandligi 7 mm boʼladi. Yozma harflarning chiziqlari yoʼgʼonligi 1∕10 ∙ h olinadi. 10 oʼlchamli shriftdagi yozma harf chiziqlarining yoʼgʼonligi 0,7 mmga teng boʼladi. Yozma harflar bilan yozilganda bosh harflar ham yozma harflar chiziqlari yoʼgʼonligida yoziladi. Download 56.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling