3-laboratoriya Mavzu: 2T30 teodoliti yordamida gorizontal burchak o`lchashni o`ganish Ishdan maqsad


Download 202.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi202.06 Kb.
#1049980
1   2   3   4
Bog'liq
3-LABORATORIYA

(DCH+DO`) 

qiyalik burchak: 


=DCH-NO`
yoki
 
 
 


=NO`-DO`
 
 
 
formulalar bilan aniqlanadi. 
Teodolitni nuqtaga markazlashtirish uchun uni o`rnatish vinti uchidagi 
ilgakka shovun osiladi, so`ngra shtativ nuqta ustiga aniq gorizontal holatda, shovun 
taxminan nuqtaga to`g`ri keladigan qilib o`rnatiladi, shtativ oyoqlari yerga 
botiriladi. O`rnatish vinti burab bo`shatiladi va asbobni shtativ ustiga surib, shovun 
joydagi nuqtaning markaziga to`g`ri keltiriladi, keyin o`rnatish vinti burab 
mahkamlanadi. Teodolit shovun yordamida ±5 mm aniqlikda markazlashtirilishi 
mumkin, bundan aniqroq markazlashtirish uchun optik shovundan foydalaniladi.
Teodolit aylanish o`qini vertikal holatga keltirish uchun teodolitning 
gorizontal doirasidagi adilak o`qi taglikdagi ikkita ko`tarish vintiga nisbatan 
parallel vaziyatga keltiriladi, adilak pufakchasi naychaning qoq o`rtasiga 
kelguncha ko`tarish vintlari qarama-qarshi tomonga buriladi. Agar teodolitda 
ikkinchi adilak bo`lsa, taglikning uchini ko`tarish vintini burab uning pufakchasi 


ham naycha o`rtasiga keltiriladi. Agar bitta adilak bo`lsa, uning pufakchasi ikkita 
ko`tarish vinti yordamida o`rtaga keltirilgach, alidadani taxminan 90 
o
burib, 
adilakning o`qi taglikdagi uchinchi ko`tarish vintiga parallel qilinadi; so`ngra 
ko`tarish vintini burab, adilak pufakcgasi yana o`rtaga keltiriladi.. aylanish o`qi 
aniq vertikal holatga kelguncha bu ish ikki uch marta takrorlanadi. Teodolitning 
aylanish o`qini vertikal holatga keltirish teodolitni nivelirlash deb ham yuritiladi.
Qarash trubasini joydagi buyum ravshan ko`rinadigan qilib moslash uchun 
truba orqali yorug` fonga, masalan, osmon 
yoki oq devorga qaratiladi va truba iplar 
to`ri 
yaqqol 
ko`rina 
boshlanguncha 
okulyar 
aylantiriladi; 
keyin 
joydagi 
buyum 
aniq 
ko`ringunga 
qadar 
kramelyera vinti aylantiriladi. Trubani 
bunday sozlashga fokuslash deyiladi. 
Teodolit shu tarzda ishga taxt qilib 
qo`yilganidan so`ng burchakni o`lchashga 
kirishiladi. Gorizontal burchak priyomlarga bo`lib o`lchanishi va takrorlash usulida 
o`lchanishi mumkin.
Priyomlarga bo`lib o`lchash usuli. Gorizontal burchakni (rasmda ABC 
burchak) bu usulda o`lchashda B nuqtaga teodolit A va C nuqtalarga esa nishon 
tayoqlar, ya`ni vexalar o`rnatiladi. Teodolit yuqorida aytib o`tilgan tartibda 
o`rnatilib sozlangandan keyin: 
a) teodolit o`rnatilgan nuqtadan o`ng tomondagi – C nuqtadagi vexaga 
truba orqali qaraladi. Bu vaqtda gorizontal doira limbning mahkamlash vinti burab 
mahkamlangan, alidada va trubaning mahkamlash vintlari burab bo`shatilgan 
bo`lishi kerak. Vexa trubadan ko`ringach, alidada va trubaning mahkamlash 
vintlari burab mahkamlanadi. So`ngra iplar to`rining kesishgan nuqtasi yo`naltirish 
vintlari yordamida vexaning tubiga to`g`rilanadi va vernyerlardan sanoq olinadi. 
Burchak o`lchashda metall limbli teodolitlardan foydalanilganda uning I 
vernyerdan gradus, minut va sekund, II vernyerdan esa faqat minut va sekund


optik teodolit ishlatilganda sanoqlar shkalali yoki shtrixli mikroskopdan olinadi. 
Olingan sanoqlar jurnalda nuqtaning qarshisiga yoziladi (1-jadval) 
1-jadval 

Download 202.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling