3-laboratoriya. Silindrsimon tishli g‘ildirakli reduktorning ishlashini o‘rganish


-laboratoriya ishi uchun qo‘llanma


Download 61.89 Kb.
bet3/6
Sana08.11.2023
Hajmi61.89 Kb.
#1755684
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Laboratoriya ishi

3-laboratoriya ishi uchun qo‘llanma
To‘g‘ri tishli silindrsimon g‘ildirakli reduktor ishini o‘rganish.

  1. Qurilma ishini tavsifi.

Uskuna taxometrli elektr dvigatel uzelidan, yuklanish qurilmasidan va 6 pog‘onali tekshirilayotgan to‘g‘ri tishli silindrsimon g‘ildirakli reduktordan iborat. Uskuna sxemasi o‘quv stendida keltirilgan.
Elektr dvigatel uzeli.
Elektrdvigatel statori 1 o‘qlari kronshteyn zoldirli podshipniklarida 4 erkin aylanadigan ikkita 2 va 3 ramalarga mahkamlangan, ya’ni rotor bilan stator umumiy bir o‘q atrofida aylana oladi. (balansirli, muvozanatlovchi elektr dvigatel). Kronshteyn old qismiga yassi prujina 5 va mahkamlangan o‘zining o‘lchagich shtoki bilan prujinaga tegib turadigan soat tipidagi indikatordan 19 iborat o‘lchash qurilmasi o‘rnatilgan.
Ishga tushgan elektr dvigatelda stator reaktiv momenti (absolyut qiymati bo‘yicha elektr dvigatel rotori momentining T, qiymatiga teng bo‘lgan) ramkaga 2 mahkamlangan o‘zining richagi bilan statorni buradi va o‘lchash qurilmasining yassi prujinasini bosadi. Prujina esa deformatsiyalanib statorni aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Prujinaning deformatsiyalanish qiymati stator momentiga proporsional va indikator yordamida aniqlanadi.

    1. Yuklanish qurilmasi.

Yuklanish qurilmasi kukun ko‘rinishidagi magnitli tormoz bo‘lib, reduktor sekin yurar valida tormoz momentini hosil qilish uchun hizmat qiladi (sun’iy ravishda reduktorga ishchi yuklanishni hosil qiladi). Stator 6 va rotor 7 yuqorida ko‘rib chiqilgan muvozanatlash tizimiga ega. Stator va rotor orasidagi tirqish mineral moy korbonil kukuni aralashmasidan iborat qaymoqsifat massa bilan to‘ldirilgan. Kronshteyn 8 orqa qismida yassi prujina 9 va o‘zining o‘lchagich shtoki bilan prujinaga tegib turadigan soat tilidagi indikator 10 dan iborat o‘lchash qurilmasi o‘rnatilgan.
Elektromagnit cho‘lg‘amlariga elektr toki berilganda kukun aralashmasi rotor xarakatlanishiga qarshilik ko‘rsatadi ya’ni reduktorga ishchi yuklanishni imitatsiya qiluvchi T2 tormoz momentini hosil qiladi. Tormoz momenti statorni aylantiradi, u esa o‘zining richagi bilan yassi prujinani bosadi va statorni aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Prujina deformatsiyalanadi. Deformatsiyalanish qiymati T2 momentga proporsional va indikator yordamida aniqlanadi.

    1. Reduktor.

Tekshirilayotgan reduktor, zodirli podshipnikni tayanchlarga o‘rnatilgan 6 pog‘onali to‘g‘ri tishli silindrsimon g‘ildirakli uzatmadir. Har bir pog‘ona uzatish soni Uq1,71 ga, uzatmaning umumiy uzatish soni Uq25 ga teng. Pog‘onalar soninnig orttirilish reduktor FIK, hamda bir juft tishli g‘ildirak FIK ni barqaror va aniq qiymatini aniqlashga imkon beradi.


    1. Download 61.89 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling