3. Lidiya Urartu davlati
Download 414.59 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6-мавзу баёни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Xett davlatini tarixi manbalari va tarixnavisligi 6. Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi. 7. Qadimgi Xett podsholigi (Er. avv. XVIII- er.avv. XVI asrlar)
6-Мavzu: Qadimgi Kichik Osiyo tarixi manbalari, tabiiy sharoiti, aholisi va qadimgi davlatlari. 1. Err. avv. XIII asr o`rtalarida Bolqon yarim orollaridagi qadimgi qabilalar 2. Frigiya qabilalari 3. Lidiya 4. Urartu davlati 5. Xett davlatini tarixi manbalari va tarixnavisligi 6. Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi. 7. Qadimgi Xett podsholigi (Er. avv. XVIII- er.avv. XVI asrlar) 8. Yangi xett podsholigi davrida buyuk xett davlati (er. avv. XIV -XII asrlar) 9. Xett madaniyati Err. avv. XIII asr o`rtalarida Bolqon yarim orollaridagi o`zini firigiyali deb atagan qabilalar Kichik Osiyoga kirib keldilar. Yuz yildan keyin boshqa Bolqon qabilasi Qoradengiz bo`yi briglari kichik Osiyoga kelib bu yerdagi birinchi to`lqin frigiyaliklarni qisman assimilyatsiya qilib, qisman siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion (Troya) shahrini to`la buzib tashladilar. Er. avv. VIII asr o`rtalarida Frigiya davlati amalda butun kichik Osiyoni Egey dengizidan Tavr va Urartugacha bosib olib o`zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. Keyingi rivoyatlarga ko`ra frigiy davlatining asoschisi ( eramizdan avvalgi 750 yil atrofida) kelib chiqishi dehqon bo’lgan Gordiy nomli “butun Osiyoni “ egallab olgan va mashhur “Gordiy tugunini” tuqqan kishi bo`lgan. Gordiyni o`g`li Midas davrida ( eramizdan avvalgi 725- 696yillar atrofi ) Frigiya o`zini taraqqiyotini eng yuqori cho`qqisiga chiqdi.Eramizdan avvalgi 717 yil atrofida Midas Tavr va Kilikiyani bo`ysundirdi, ammo eramizdan avvalgi 675 yilda kimmeriy va Urartu ittifoqchi qo`shinlarini zarbasi ostida Frigiya davlati quladi. Frigiyada o`ziga xos madaniyat shakllangan edi. Frigiya mabudalari Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga kuchli tasirini o`tkazdilar. Poytaxti Sard bo`lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko`ra eramizdan avvalgi XII asrda Anatoliyaga (hozirgi Turkiya hududi) egey-bolqon bosqinlaridan keyin xett kolonistlari, mahalliy liviya qabilasi bo`lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan avvalgi VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo`ysunadi. Eramizdan avvalgi 685-yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ), egallab olib yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk davlat mavqeini oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo`ldi. Biroz vaqt o`tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig Ossuriyaga yordam so`rab murojaat qildi va Ashshurbanipal (er. avv. 667-yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Ossuriya bilan ittifoq bo`lib kimmiriylar hujumi qaytarildi. Eramizdan avvalgi 654-yil Lidiya zaiflashgan Osuriya tarkibidan chiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. Eramizdan avvalgi 644 yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar, Gig o`ldirildi, uning vorisi yana Ossuriyaga tobe bo`ldi. Kimmeriylar skiflar tomonidan tor – mor qilindi (er. avv. 643-yil). Skif-Osuriya urushi (eramizdan avvalgi 630 yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil bo`lishiga imkon yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez (er. avv. 561-547-yillar) davrida Paflagoniya, ifiniya, Osiyodagi yunon shaharlari bo’ysundirildi. Lidiya Likiyadan tashqari Galis daryosidan g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundiridi. Lidiya dunyoda birinchi bo’lib oltin va kumushning tabiiy qo’shilmasi-elektradon (er. avv. VII asr) tanga zarb qildi va oltin tanga VI asrda zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik gullab yashnadi. Ammo er. avv. 547-yilda Krez Sard shahri yonida Kayxusrav boshchiligidagi fors qo’shinlari tomonidan tor-mor qilindi va Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi. Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho yozuvlari mavjud, shuningdek oz miqdorda xo`jalik hujjatlari ma`lum. Xurritlarga qarindosh bo`lgan Urartu (Uruatriy) qabilalari er. avv. 1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. Eramizdan avvalgi IX asr o`rtalarida bu ittifoq Biayneli (“Van”; osurlar Urartu deb atagan) nomli davlayni barpo qildilar. Uning markazi Tushna bo`lib, Van ko`lini sharqida joylashgan edi. Urartu davlatining o`z taraqqiyotini gullab-yashnagan davri podsho Menua (810-786y.y.) va uning vorislari hukmranligi vaqtida (eramizdan avvalgi IX asr oxirida) zaiflashgan davri Rusa I podsholigiga to`g`ri keladi. Davlat xo`jaligini asosi sug`rma dehqonchilik bo`lib, ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar. Asir qullar ko`p sonli bo`lgan. Ular podshoh xo`jaligi, dehqonchilik va hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuni davlat boshqaruvi podshoning yakka hukmronligiga asoslangan. Podsholarning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli dushman Osuriya bosqinidan himoya qilish edi. Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining bosqiniga uchradi. Osuriyaning ko`p sonli qo`shinlari Urartu qal`a, shaharlarini talon-taroj qildilar. Er. avv. VIII asr oxirida Urartularning diniy markazi Musasin Osuriya qo’shinlari tomonidan bosib olingan. Podsholar Argichti va Sarduri II Osuriyaga qarshilik ko`rsatishga harakat qildilar. Ular Osuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar, lekin Osuriya kichik Urartuni o’ziga tobe qildi. Bundan tashqari ko`chmanchi kimmeriylar Urartu shahar, qishloqlarini taladilar. Zaiflashib qolgan Urartu er. avv. VI asrda Midiya tomonidan bosib olindi. Urartuni madaniyati va iqtisodi to`g`risida arxeologik qazishmalar boy ma`lumot beradi. Teyshebani (Karmir Bilur) Eribuni (qadimgi Yerevan) va Argishtihinil (podsho Argimchi qurgan) shaharlari kuchli fortifikasiya inshootlari bilan o`rab olingan. Teyshebani qal`asidagi ombor va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda birdaniga 5000 gektarli dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin edi. Er. avv. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to’g`risida tarixiy ma'lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887 yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir'avniga tengligi ( uning birodari ) eslatib o’tiladi Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo’lganini ko’rsatdi. 1906 yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bugozgoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishdi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o’n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett – Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topildi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915 yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosani aytdi, natijada Xett davlati tarixini o’rganish kuchayib ketdi. Olim A.Getse 1933 yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari A. Getse 1933 yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etdi. Muallif Xett davlati harbiy va sulola tarixiga asosiy e’tiborini qaratdi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o’xshashligiga (yer- mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb tarifladi. Lingvist va arxeologlar xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlarni, xurrit qabilalarini o’rnini ko’rsatadigan dalillarni topdilar. Er. avv. XX-XVIII asrlarda Kichik Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Bu savdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi, eng avvalo metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdasi amalgam oshiriladi. Bu davrda sharqiy Kichik Osiyoda Xett qabilalari boshqa mahalliy tub joy aholini assimilyatsiya qiladilar. Kichik Osiyodagi Nesa (Kanish), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shaharlarni o`z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi eramizdan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmida yuz beradi. Viloyatlarning birining hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi tuz ko`ligacha hududlarni egallab bepoyon davlatni barpo qiladi. Qadimgi Xett davlatida urug`-jamoa qoldiqlari hali kuchli bo’lgan. Xett podsholari o’z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol ko`tarishga qobiliyatli bo’lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb ataladigan yig`ilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvda faol qatnashib, o`zlarini kuchli tayanchi bo`lgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yig`iniga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol o`ynaganlar. Qadimgi xett an’anasiga ko`ra podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Ko’pincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opa-singillarining o’g`illariga imtiyoz berilgan. Odatga ko`ra davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot qilsa, malika o`z unvonini yangi podsho hukmdorligi vaqti ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bo`lish uchun, sobiq podshoni bevasi malikani o`limini kutib turgan.Anitta vafotidan keyin er. avv. XVII asr oxirida boshqa xett urug`i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlatining asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna) ( Er. avv. 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib Tavr-tog` tizmasining shimoliy qismini egallaydi va shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini “Dengizdan-dengizgacha” kengaytiradi. Uning ichki va tashqi siyosati kuchli ta`sirlangan va tan bergan, keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o`zlariga unvon sifatida qabul qiladilar.O’zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek qo`yadi. Uning davrida faqat podshoning o’g`li taxtga chiqish huquqiga ega bo`ldi; agae podshoning o`g`illari bo`lmasa uning singlisining o`g`li va eng so`ngida podshoning kuyovlari taxtga davogar bo`lish qoidasi o`rnatilgan. Taxt vorisligining bunday tartibi qat’iy bo’lib, zodagonlar kengashi «pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» o’z huquqini saqlab qoldi. Pankusning yuqori pog`onasi bo’lgan «tuliya» hal qiluvchi rol o’ynadi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo`lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror a’zosiga podsho tomonidan o’lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta’qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi.. Tadqiqotchilar bu davrni (er. avv. XVIIII- er. avv. XVI asrlar) qadimgi Xett podsholigi davri deb hisobladilar. Telepin va uning o’g`li hukmronligidan so’ng, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr o’rta Xett podsholigi davri (er.avv. XV asr ) deb nom oldi. Bu davrda Xett podsholigining ahvoli yana og`irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati go`yoki tushkunlikni boshidan kechiradi. Er. avv. XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tug`iladi. Er. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi xurrit bo`lgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos soladi. Yangi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatchiligi g’oyalarini qaytarishga da`vo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi va o`ziga voris tayinladi (Bu voris alohida “Tuxkante” lavozimiga aylanib, bu vazifadagi kishini zarur bo`lganda almashtirish mumkin edi.), endilikda saroy to’ntarishlari isyonga aylanib ketmadi. Shu vaqtdan boshlab podsho alohida samoviy ilohiylik egasi hisoblanib, “Quyoshim” deb ulug’lanadi. Xett podsholari ichida eng taniqli diplomat, uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi, mohir sarkarda Suppilium I (Er. avv. 1380-1335-yillar atrofida) davlatni harbiy qudratini oshiradi. U yengil, tez yuradigan jang aravalari bilan qo’shinni ta’minlaydi. Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusining mudofaa inshootlari mustahkamlanadi. Suppilium I Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’i mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini o’ziga bo`ysundiradi. Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini bosib oladi. Suppilium I o’z kuyovini Mitanni taxtiga o’tkazadi. U Suriyada markazi Karxamish va Xalpa bo`lgan xettlarga qaram davlatlarga asos solib, bu davlatlarni hukmdori qilib o’z o’g’illarini tayinladi. Bobil va Axey (miken Yunonistoni) davlatlari Suppilium bilan do’stlik aloqalarini o’rnatishga majbur bo’ldilar. So’ngi xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki o’g’li davrida axeylar, Bolqondan kelgan frigiyaliklarni Kichik Osiyoni g`arbida hujumini zo’rg’a qaytaradilar. Axeylar tor-mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo g’arbidagi Ilion shahri bosib olinadi. So’nggi xett podshosi Suppilium II Kipr orolini yana qayta bosib oladi. Er. avv. XII asr oxirida Egey dengizi qirg`oqlari va orollarining etnik jihatdan ola-kurok «dengiz xalqlari» Xett davlatini tor-mor qiladilar. (er. avv. 1190-yillar). Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi. Markazlari Karxamesh va Melida bo’lgan so’nggi Xett podsholiklari qoldiqlari er. avv. VIII asr oxirlarida Osuriya tomonidan tugatiladi.Yangi Xett davrining xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarini tavsiflovchi asosiy manba Xett qonunlaridir. Xo’jalikning asosi dehqonchilik, chorvachilikning qo’ychilik sohasi bo’lgan. Dehqonchilikda sun’iy sug’orish sezilarli bo`lmagan. Sun’iy sug’orish inshootlari cheklangan holatda barpo qilingan. Hunarmandchilikning taraqqiyoti to’g’risida qonunlar va boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. Mehnat qurollari va harbiy aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo dastlab mis, keyinchalik qalay edi. Temirdan faqat diniy marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz miqdorda foydalanilgan. Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh koxin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va ibodatxona yerlarida ishlovchilar o’z yerlariga berkitib qo`yilib, turli soliq va majburiyatlarni o’taganlar. Xett davlati ma’muriyati qarori bilan ekin yerlari ishlovchilar bilan birga o’z foydasiga soliq yig’ish huquqi bilan podsho va ibodatxonalarga berilganlar. Ayrim ibodatxonalar umumdavlat soliqlaridan ozod qiluvchi immunitet yorliqlarini olganlar. Davlat va ibodatxona yerlaridan tashqari boshqa yerlar xususiy mulk bo’lib oldi-sotdi qilingan. Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo’lingan. Soliq to’lovlari va boshqa majburiyatlarni o’tovchi (podsho, ibodatxona yeki xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo’lmagan mavqega ega bo’lib, kamsitilganlar. To’la ma’noda erkin kishilar deb zodagonlar, amaldorlar, koxinlar va katta yer egalari hisoblanganlar. Xett jamiyati o’z madaniy tarqqiyotida Misr va Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett madaniyatida ayniqsa, xurritlarning ta’siri kuchli bo’lgan. Xett dini o’ziga xos belgilarga ega edi. Xettlarning ming ma’bud va ma’budalari to’g`risida manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig`inilgan. Poytaxt Xattusining oliy homiysi chaqmoq xudosi edi. U bilan birga xurritlarning chaqmoq xudosi Tesubga ham sig`ingan. Xattusida quyosh, hosildorlik xudosi Telepinga va mahalliy Kilikiya hosil xudosi Sandanga e’tiqod qilingan. Podsho quyoshga o`xshatilib ilohiylashtirilgan. Shu sababli xettlar o’z podsholarini «quyoshim» deb sig`inganlar. Xett yozma asarlaridan bizgacha yetib kelgan podsholarning «tarjimai hollari» juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan. Ularda yorqin obrazlar, chuqur kechinmalar va o’ziga xos axloqiy qarashlar seziladi. Xett yilnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo’lishga urinish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xett arxivlarida boshqa mamlakatlar, masalan, Akkad tarixi to’g`risida ma’lumotlar ham mavjud. Xett haykal va rel’yeflari vazmin va ulug`vorligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari qurish yuqori darajada bo’lgan. Xett madaniyati ko’p asrlik shimoliy Mesopotamiyada va unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila va xalqlarning madaniyatini o’zida aks ettirgan va boshqa madaniyatlarga xam o’z ta’sirini o’tkazgan. Xettlarning madaniy merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo’shni mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Download 414.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling