3. Loyihalar va ularning tarkibidagi hujjatlar
“Qurilishda bahoni shakllantirish va smeta ishi” fanining mohiyati, predmeti va mazmuni
Download 36.55 Kb.
|
smeta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.Qurilishda smeta xujjatlarini tuzishda to‘g‘ri xarajatlarni hisoblash.
12.“Qurilishda bahoni shakllantirish va smeta ishi” fanining mohiyati, predmeti va mazmuni
Қурилишда нарх шакллантириш учун ресурсларни сметали меъёрлашнинг асосий вазифалари Нархларни шакллантириш учун ресурсли смета нормативлар тизими «Иқтисодий нормативлар» қуйи тизимининг шаҳарсозлик нормалари ва қоидаларини, ҳамда қурилиш учун зарур бўлган ресурслар ҳажмини аниқлаш учун керак бўлган ва Ўзбекистон Республикаси Давархитектқурилиши томонидан тасдиқланадиган бошқа ресурсли смета нормативларни ўз ичига олади. Ресурсли смета нормативлар бу – алоҳида тўпламларга жамланувчи ресурсли смета нормалар комплексининг умумлаштирилган номи. Зарур талабларни ўз ичига оладиган қоида ва низомлар билан бир қаторда улар турли хилдаги бино ва иншоотлар қурилишига, реконструкциясига, кенгайтирилишига, техник қайта жиҳозланишига ва таъмирланишига сарфланадиган ресурсларни холис баҳолаш учун ҳизмат қилади. ШНҚнинг 4-ост тизимидаги асосий қоида ва низомларига ойдинлик киритувчи ҳужжатлар смета ресурс ҳужжатларини тайёрлашда фойдаланилиши керак бўлган йўриқнома, методик кўрсатмалар, қўлланма ва бошқа материаллар кўринишида қўшимча сифатида чиқарилиши мумкин. Қурилишда нарх шакллантириш учун ресусрларни сметали меъёрлашнинг асосий йўналиши бу - қурилишда нарх шакллантириш учун ресусрли смета нормативлар тизими орқали турли хилдан бино ва иншоотлар қурилиши (реконструкцияси, кенгайтирилиши, техник қайта жиҳозланиши ва таъмирланиши) учун зарур бўлган ресурсларга бўлган эҳтиёжни холис баҳолашдир. Зарур ҳолларда ресурсли смета нормативлардан алоҳида лойиҳавий ечимларни таққослаш ва иқтисодий баҳо бериш учун, ҳамда капитал қўйилмалардаги тузилмавий ўзгаришлар таҳлилида фойдаланиш мумкин. 13.Qurilishda smeta xujjatlarini tuzishda to‘g‘ri xarajatlarni hisoblash. Qurilish-montaj ishlari smeta qiymati(Ssmr)ni hisoblash usuli iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, qurilish montaj-ishlariga ketgan xarajatlar va smeta foydasi (Sf) yig’indisidan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish xarajatalari o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi: to’g’ri xarajatlar (TX ) va ustama(egri) xarajatlar (EX). Natijada qurilish montaj ishlarining smeta qiymati (Ssmr) quyidagi formula bilan aniqlanadi. Ssmr=SF+TX+EX To’g’ri xarajatlar(TX)ga quyidagilar kiradi: ishchi-quruvchilarning ish haqi, materiallar, detallar va konstruksiyalar qiymati, qurilish mashinalari va mexanizmlari ekspluatatsiya xarajatlari. To’g’ri xarajatlar qurilish-montaj ishlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ishchi-quruvchilarning ish haqi - qurilish maydonchasida ishlab chiqarishda qatnashayotgan barcha ishchilarning ish haqi bo’yicha barcha xarajatlari kiradi. Qurilish mashinalarini boshqarishda band bo’lgan ishchilarning ish haqi mazkur mashinaning ekspluatatsiya xarajatlari tarkibiga kiradi. Ushbu xarajatlarga tashkilotning boshqa xo’jalik ishlarida ishlayotgan ishchilarning ish haqi kiritilmaydi. Material qiymatiga qurilish-motaj ishlari uchun zarur bo’lgan materiallarni, yarimfabrikatlarni, buyumlarni, detallar va konstruktsiyalarni sotib olish, hamda ularni qurilish moydonchasiga olib kelish, to’plash bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Barcha qurilish materiallari, konstruktsiyalari va detallari ikki guruxga: mahalliy va keltiriladigan guruhlarga bo’linadi. Mahalliy materiallarga qurilish atrofida joylashgan qurilish materiallari industriyasi sanoatidan kelib tushadigan materiallar tushuniladi. Bularga g’isht, toshlar, qumlar, beton qorishmalari, beton va temir betonli konstruktsiyalar kiradi. Keltiriladigan materiallarga sanoat korxonalaridan olib kelinadigan yog’och va metal konstruktsiyalar, metallar, sement, yog’och va taxtalar, oynalar va hakozolar kiradi. Materiallarning smeta narxi xududlar bo’yicha ishlab chiqilgan normativlar bo’yicha aniqlanib, uning tarkibiga sotish narxi, transport xarajatlari, tayyorlovchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar ustama xarajatlari, tayyorlash va saqlash omborxona xarajatlari kiradi. Smeta foydasini to’g’ri va ustama xarajatlarning 12% miqdorida bo’lishi ruxsat etiladi. Qurilish-montaj ishlarining taxminiy tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin,%: To’g’ri xarajatlar 65-80% Jumladan, ishchilar maoshi 10-17% Materiallar, xom-ashyo qiymati 50-60% Mashina va uskunalar ekspluatatsiyasi 5-10% Qo’shimcha xarajatlar 12-20% Smeta foydasi 8-11% Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling