3. Loyihalar va ularning tarkibidagi hujjatlar
Qurilishda smeta xujjatlarini tuzishda egri xarajatlarni hisoblash
Download 36.55 Kb.
|
smeta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.Qurilishni tashkil etish usullari. Pudrat va xo‘jalik usullari
- Пудрат усулида
14.Qurilishda smeta xujjatlarini tuzishda egri xarajatlarni hisoblash. Ustama (egri) xarajatlar qurilishning smeta qiymatida qurilish tashkilotining qurilishni tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq, qurilish ishlab chiqarishining normal funksiyasini bajarish uchun sharoitlar yaratish, qurilishmontaj ishlarini tashkil etish va xizmat ko’rsatish kabi qo’shimcha xarajatlarini qoplashni ko’zda tutadi. Ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Sharoitdan kelib chiqqan holda ustama xarajatlar to’rtta qismga ajratiladi. 1. Ma’muriy-xo’jalik xarajatlari: muxandis-texnik xodimlar va mayda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi; kanselyariya va pochta-telegraf, mehnat safari xarajatlari; maslahat va auditorlik xizmatlariga to’lovlar; boshqaruv xodimlarining ijtimoiy zaruriyatiga ajratmalari; boshqa ma’muriy-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq xarajatlar. 2. Qurilishda ishchi xodimlarga xizmat ko’rsatuvchilarga, kadrlarni qayta tayyorlashga sarflar; qurilishga jalb qilingan ishchilarning sog’lig’ini saqlashaga, ijtimoiy sug’urta qilishga, mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiena va maishiy sharoitlarni ta’minlash xarajatlari. 3. Qurilish maydonchasida tashkiliy ishlar xarajatlari: yong’in xavfsizligi, qarovullarni saqlash, labaratoriyalarni saqlash, qurilish maydonchasini obodonlashtirish va uni saqlash xarajatlari. 4. Boshqa ustama xarajatlar: qurilish tashkiloti mulkining sug’urta xarajatlari, reklama xarajatlari, bank kreditlariga foiz to’lovlar va boshqalar. Ustama xarajatlarga kiruvchi kompleks xarajatalar ustama xarajatalar shartli-doimiy qismiga; ma’muriy xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi personallarga, qurilish maydonchasini qo’riqlash va yoritish kabi xarajatlarga bo’linadi. Shartlidoimiy xarajatalar miqdori asosan qurilishning dovom etish muddatiga bog’liq bo’lib, odatda bosh pudratchilarda ustama xarajatlarning 50%, subpudratchilarda30%ni tashkil etadi.
15.Qurilishni tashkil etish usullari. Pudrat va xo‘jalik usullari Қурилиш ишлаб чиқариши жараёни турли шакл ва усулларда ташкил қилиниши мумкин бўлиб, пудрат усули, хўжалик усули, объектларни “қулф-калит” қилиб топшириш ва сотиш шулар жумласидандир. Пудрат усулида қурилиш мунтазам ишлаб турувчи қурилиш ташкилотлари (фирмалари) томонидан буюртмачилар билан тузилган шартномалар ассида амалга оширилади. Бу қурилишнинг асосий ва энг кенг тарқалган усулидир. Бугунги кунда капитал қурилиш соҳасидаги барча пудрат ишларининг тахминан 80 фоизи шу усулда амалга оширилади. Уни амалга ошириш учун “Капитал қурилиш пудрат шартномаси” асос бўлиб хизмат қилади. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling