3. Madaniyat- o'zaro munosabatlar xodisasi
P.A Sorokinning madaniyat tipologiyasi
Download 33.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqmadaniyat sotsiologiyasi
4. P.A Sorokinning madaniyat tipologiyasi
P.Sorokinga ko‘ra, har bir madaniyat uning elementlarining birligiga intiladi (gari hech qachon to'liq birlikka erishmasa-da).Birlik qandaydir “umumiy tamoyil” yoki “ustunlikka ega bo‘lgan qadriyatga asoslanadi. Ustunlikka ega qadriyat madaniy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z ifodasini topadi. Sorokinning konsepsiyada madaniyatning asosiy tamoyili dunyoga bo‘lgan munosabat hisoblanadi. Sorokin madaniyatning uch turini ajratib ko‘rsatadi: ideatsional, idealistik va hissiy. Bunda ikkinchi tur kolproq o‘zida birinchi va ikkinchi turlaming tamoyillarini birlashtiruvchi o‘tuvchi tur hisoblanadi. Madaniyatning ideatsional turi asosida “o‘ta hissiy voqelik”ning ustunligiga ishonch yotadi. Insonning yerdagi hayoti mustaqil qadrga ega emas va mavjudlikning o‘ta yuqori hissiyotli muhiti bilan qiyoslash vositasidagina anglanadi. Madaniyatning bu kabi turiga misol qilib XII asrga qadar bo‘lgan o‘rta asr Yevropasining madaniyati hisoblanadi. Madaniyatning hissiy turi “obyektiv voqelik va uning ma’nosi hissiy” ekanligiga ishonchga asoslanadi. Yerdagi hayot o‘z-o’zidan qadrga ega. Oliy hissiy voqelik haqidagi tasavvurlar o‘zining ishonchliligini yo‘qotmoqda. Madaniyatning bu kabi turi Yevropada XVI asrdan XX asrga qadar hukmronlik qilgan, vaholanki, Sorokinning fikriga ko‘ra, madaniyatning mazkur turi jidaiy inqiroz davrini boshdan kechirmoqda. Madaniyat inqirozi, jumladan, ijtimoiy o‘zgarishIar - urushlar va inqiloblar, diktatorlik tuzumlari va boshqalaming yaratilishida namoyon bo‘ladi. Madaniyatning idealistik turi voqelikning ilohiy hissiyligi va hissiyligi jihatlarining teng ahamiyatini tan olishga asoslanadi. Madaniyatning mazkur turi Yevropa jamiyatlarining XII-XVI asralarida, ya’ni kechki o'rta asr va tiklanish davriga xosdir. Madaniyatning ustun tamoyili, masalan, san’at va xuquq sohasida o‘zini qay tarzda namoyon qilishini ko‘rib chiqamiz. Ideatsional madaniyatning san’ati, asosan, diniy ssyujetlarga bag'ishlangan. U xudolar, qahramonlar, afsonaviy mavjudotlaming faoliyatini tasvirlab beradi. San’atning vazifasi insonni sakral muhitga qamrab olish, uning qalbini takomillashtirishdan iborat. Insonning kundalik tashvishlari bilan bog’liq bo'lgan syujetlar ideatsional san’atda deyarli mavjud emas. Agar ular paydo boMsa ham ko‘pincha diniy nuqtayi nazardan yoritiladi. Masalan, o‘rta asr Yevropasi san’atida juda ko‘p tasvirlangan ko‘plab injilga oid syujetlar - sovchilik, to‘y, oilaviy nizolar, alodov, sotqinlik kabi "yerga oid" tabiatga ega bo'ladi. Biroq Injilda ham, o‘rta asr san’atida ham mazkur syujetlar faqatgina muqaddas tarixga, insonning Xudo bilan bo'lgan munosabatlari tarixiga kirib ketgan boMsagina ma’noga ega bo'ladi. Hissiy madaniyatga oid san’at esa, aksincha, “yerga xos” syujetlarga yo‘naltirilgan. Inson hayotining xursandchiligi va jami tabiatning go‘zalligi, inson tarixining buyukligi va halokati diniy syujetlardan ko‘ra ommabopdir. Agar diniy syujetlar san’atda qo'llanilsa-da, faqatgina erkin izohda qo'llaniladi (ideatsional san’at doirasida buni amalga oshirish imkoni mavjud emas). Hissiy san’atning asosiy maqsadi - zavq baxsh qilish, odamlami xursand qilish. Vaholanki, madaniyatning ushbu turi mavjudligining ilk bosqichlarida san’at insonni takomillashtirish, uni kundalik tashvishlardan ustunligini ta’minlash vazifasini saqlab qolgan. Pasayish bosqichida esa hissiy san’atga inson hayotining anomal va patologik hodisalariga boMgan qiziqish ustun bo'lgan. (Bu o‘yin-kulguga bo’lgan intilishning ortib borishi natijasida syujetlaming tugab borayotganligi bilan bo'liq). Idealistik san’at hissiy voqelik kabi ilohiy hissiy voqelikka bo'lgan qiziqishni o‘zida birlashtiradi. Bu kabi san’atga misol qilib, diniy problematikani yerdagi turmush va yerlik insonning go‘zalligidan zaqlanish bilan birlashtiruvchi Italiyaning Tiklanish davtining o‘ziga xos rassomlik san’atini ko‘rsatish mumkin. Idealistik san’atning vazifasi - inson imkoniyatlarining cheksiz ekanligining isboti (Italiya Tiklanish davri holatida) va uni takomillashtirilishi, ma’naviy o’sishining vositasidir. Ilohiy hissiy qadriyat hech qanday shubhaga o’rin qoldirmaydi, biroq hissiy dunyo qadrli va ahamiyatli, zavqlanishga munosib, tan olingan. Endi ideatsional, idealistik va hissiy madaniyatlardagi axloq va huquqqa murojaat qilamiz. Ideatsional madaniyatda huquqiy va axloqiy me’yorlar manbayi oxirgisi qanday ta’riflanmasin, ilohiy ibtido hisoblanadi. Me’yorlar yoki yagona Xudo yoki afsonaviy personajlar, qahramonlar va muqaddas (sakral) maqomga ega bo'lgan ajdodlar tomonidan o‘matilgan tartib deb hisoblangan. Shu sababli me’yorlaming buzilishi muqaddas narsalami toptash hisoblangan. Me’yorlaming o‘zgartirilishi va qayta anglanishi mumkin emas. Huquqiy va axloqiy me’yorlarga amal qilish utilitar maqsadlar bilan bog'liq emas, mazkur me’yorlar o‘z-o‘zidan ularning nuqaddasligi sababli qadrlidir. Intensional etikaga amal qilar ekan inson ilohiyotga daxldor bo'ladi. Hissiy madaniyatda axloqiy va Huquqiy me’yorlar boshqacha tarzda asoslanadi. Huquq faqat insonga xos bo'lgan tartib hisoblanadi, uning masadi insonning umumiy hayoti uchun qulayliklami ta’minlashdan iborat. Huquqiy me’yorlarga amal qilmaslik jazolanadi, biroq muqaddas narsalami toptash emas, balki faqagina tartibni buzish hisoblanadi. Huquqiy me’yorlar odamlar tomonidan yaratilganligi bois, ular muqarrar ravishda nisbatlanadi va ideatsional huquqiy me’yorlar kabi nufuzga ega bo'lmaydi. Etika hissiy madaniyatda ilohiy yozuvlarga emas, balki odatda, qulaylik va o‘ziga xoslikka asoslanadi. Xuddi shu kabi, grek mutafikkiri Epikur mo’l-ko’lchilikdan, jumladan, o‘ta ortiqcha lazzatlardan ham o‘zini tortib turishni maslahat bergan, chunki ular azob chekishga, ya’ni - noqulayliklami keltirib chiqarishga sabab bo’lishi mumkin. Huquqiy me’yorlar kabi hissiy madaniyatning axloqiy me’yorlari ham muqarrar ravishda nisbiydir. Idealistik madaniyatda huquq va axloq ham ideatsional, ham hissiy qadriyatlarga asoslanadi. Inson tabiati va e’tiqod haqiqati talablarini birlashtirishga urinishlar amalga oshirilmoqda. Inson faqatgina qandaydir ilohiy ibtidoga amal qilgan holda baxtli boMishi mumkin. Bunga inson shaxsiy hayotda ham, ishlarida ham faqatgina “Iso Masihga murojaat qilgan holdagina” omadli bo'lishi mumkin deb fatvo beruvchi ayrim zamonaviy xristian tashkilotlari vakillarining fiklari misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shunday qilib, ilohiy hissiyga murojaat qilish utilitar asosga (foydalilikka) ega bo‘ladi, biroq shunga qaramasdan baribir u zarur deb hisoblanadi. San’at va etika kabi ijtimoiy-madaniy voqelikning boshqa sohalari madaniyatning ustun, asosiy tamoyilining ta’siri ostiga tushib qolgan. P.A.Sorokin tomonidan ajratib ko‘rsatilgan madaniyat turlari - bu bir vaqining o‘zida madaniy o‘sishning izchil bosqichlaridir. Har qanday madaniyat (agar uning tabiiy mavjudligi qandaydir sabablar tufayli uzilib qolmasa) o‘z rivojlanishi davrida uchta bosqichni bosib o‘tadi; ideatsional, idealistik, hissiy. Bunda ajratib ko‘rsatilgan madniyat turlarining hech biri "ko‘proq rivojlangan" yoki "kamroq rivojlangan" bo'lishi mumkin emas - ularning har biri mustaqil ahamiyatga ega. Madaniyat yuqorida keltirib o‘tilgan bosqichlami bir necha marotaba bosib o4ishi mumkin - Sorokin konsepsiyasi davriydir. Nima sababdan bir madaniyat turi ikkinchisi bilan almashinadi? Birinchidan, madaniyatning hech bir turi real dunyoning to‘laqonli ta’rifmi yaratish va inson ijodining barcha ehtimoliy yo‘llaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Qandaydir asosiy tamoyilga asoslangan holda madaniyat boshqa imkoniyatlami to‘sib qo‘yadi. Qat o‘tgani say in mazkur tamoyilning ijodiy rivojlanish imkoniyatlari muqarrar ravishda tugaydi va yangi masadlarga o‘tish zarurati tug‘iladi. Agar madaniyat mazkur vazifani bajara olmasa, u yo‘qolib ketadi. Ikkinchidan, hech bir madaniyat to‘laqonli ravishda rivojlanmaydi. Xuddi shunday ideatsional madaniyatda, uning "chekka qismlarida" hissiy va idealistik madaniyatning elementlari mavjud bo'ladi. Shuningdek, ustunlikka erishgan hissiy madaniyat ham ideatsional madaniyat elementlarini yo‘q qilib yuborishni taqozo qilmaydi. Va ushbu chetki elemantlar avvalgi tur o‘zining ijodiy imkoniyatlarining barchasini tugatib bo'lgandan so‘ng madaniyatning yangi turini shakllanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Download 33.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling