3-maliy mashg`ulot: Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari
Download 69 Kb.
|
3-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-topshiriq.
- 8-topshiriq.
- 9-topshiriq.
6-topshiriq. Quyida berilgan hikmatlardan ergash va bosh so‘zni aniqlang. Ularning bog‘lanish yo‘llarini tushuntiring. Hikmatlar asosida munozara o‘tkazing, bunda siz uchun qo‘l keladigan BBB usulidan foydalaning.
Agar bir daraxt kessangiz, o‘rniga yangi novdalar ko‘karib chiqadi, ammo mehru muhabbat niholi jazo arrasi bilan arralansa, aslo ko‘karmaydi. Ishning oqibatini, nima bo‘lishini bilish – oqillikdan, ammo keladigan falokatga chora izlamay qayg‘u chekib o‘tirish – nodonlikdan dalolat beradi.
Vatan o‘g‘lonlari, yurtimiz jamoli, o‘g‘ilni topib, gullar oralab, qiz bola, choy quti, kitoblardan foydalanish, yengil mashina, kasbini sharaflamoq, mamlakat Prezidenti, dil so‘zlari, ishini bajrib, yoshlarga o‘rgatish, undan ko‘ra kuchli, farovonlik haqida kitob, yerni o‘lchash, ogohlikka da’vat, sog‘lomlashtirish maskani, qo‘lni qo‘yib, ishlashiga kafolat, e’tiborli ayol, kasbga muhabbat, saxovatli inson, xalqni boyitish, farovonlik uchun kurash, dolzarb masala, go‘zal hissiyot, tug‘ma qobiliyat, ta’til kunlari, yoshlar jamg‘armasi, kasbga sadoqat, paxta hisobi, tinchlik haqida suhbat, insonparvarlik yordami, ko‘z bilan ko‘rish, uning nigohi, uch kishini, qahraton qish, nufuzli o‘rin. (48-bet.) 8-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Kesimlarni topib, ikki ustunga yozing va ularning tuzulish turini izohlang.
I. Tilimiz juda boy, chiroyli. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u yo‘q. Afsuski, radiomizda ko‘pincha xalq bilan mana shu boy, chiroyli, purqudrat tilda gaplashishmaydi. Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga milisiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotganlarga hech kim hushtak chalmaydi? Yozuvchining xalqqa aytadigan gapi naqadar muhim, naqadar salmoqli, naqadar zarur bo‘lsa, kitobxonning qalbiga olib kiradigan obraz shu qadar kuchli bo‘lishi kerak. Badiiy asarga baho berishda yuz xotir, g‘araz, hasad, laganbardorlik singari illatlar adabiyotga yo‘l topolmaydi. (A.Qahhor) II. 1. Mirzacho‘lda ham cho‘lni bo‘stonga aylantirayotgan odamlar juda ko‘p. 2. U paytlarda xo‘jalikda ko‘zga ko‘rinadigan muhtasham imoratning o‘zi yo‘q edi. 3. Toshkentga tushib, bir mashinada o‘tin-ko‘mir olib chiqdik, eski shahar bozoridan bitta o‘ttizinchi lampa oldik. 4. Bog‘imizning gavjum bo‘lishi bejiz emas edi. 5. A.Qahhor oddiy dehqondan tortib, to akademikkacha – hammaning ko‘nglini topa olardilar, odamning ko‘ngliga tushadigan birgina kaliti bor, bu kalit – kamtarlik, oddiylikdir. 6. Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi. (55-bet.)
1. Modomiki, siz halokatdan gap ochibsiz, yuqoridagi mulohazalarimiz uchun e’tirozga o‘rin qolmaydi. 2. Demak, yashash ma’nosining zamirida xalq xizmatini qilish, Vatanni sharaflash burchi ham bor. 3. Ajabo, armonga yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘lgan holda bu azobni, bu gumrohlikni nechun o‘zingizga ravo ko‘rdingiz. 4. Tavba, shunchalik bag‘ritosh, bemehr, bemuruvvat bola bo‘ladimi! 5. Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham bo‘ldik avval, lekin satqai gazeta ketsin senga, deb yozmadik. 6. Hayotning eng og‘ir, eng shafqatsiz kunlarida ham yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, o‘zini mehnatga urdi. 7. Qisqasi, yaxshi onaning peshonasida ne baxt bo‘lsa, hammasi Saodat buvida mo‘l-ko‘l. 8. Bu so‘zdan hamma qarilar aqlli-yu, hamma yoshlar nodon ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak! Aslo! Yoshlar orasida ham aql-hushi joyida, ziyrak, tadbirkorlari ko‘p. 9. Xo‘p, bugungi gapim tamom qizim. 10. Aksincha, dami ichiga tushib ketgan odamday churq etmay, hatto, nafas ham olmayotganday o‘tirib qolar edi. (M.Ismoiliy) (118-bet)
Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling