3-Ma’ruza : Jahon xo’jaligining tarmoqlar geografiyasi. Reja


Download 1.95 Mb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1325444
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Ma’ruza Jahon xo’jaligining tarmoqlar geografiyasi.

Neft sanoati.

Neft sanoati jahon yoqilg’i – energetikasining yetakchi tarmog’i bo’lib u jahon xo’jaligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Jahonda neft qazib olishning ko’payishiga asosiy sabab – neft mahsulotlari sanoatning xo’jalikning ko’plab tarmoqlari va qurolli kuchlarida unga talabning ortib borishi hisoblanadi. Bundan tashqari. Ko’mirga nisbatan neft qazib olish va tashish ancha arzon bo’lishi ham neft qazib olishning ortishiga olib keldi.

Neft qazib olish boʻyicha davlatlar roʻyxati— Dunyo mamlakatlarining neft qazib olish reytingidir.

  • Neft sanoati eng yuqori darajada monopoliyalashgan tarmoqdir. Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Iroq, Quvayt kabi mamlakatlarning har birida neft zahirasi 10 mlrd. t.dan ortiqdir. MDH davlatlarida Rossiyada neft zahirasi 8-10 mlrd.t.ni tashkil qiladi.
  • Dunyoda neft qazib oluvchi mamlakatlar 1900 yilda 20, 1940- yilda 40, 1970-yilda 60 ta bo’lgan. Hozirgi kunda yiliga 3-3,5 mlrd.t. neft qazib olinadi. Eng yirik neft qazib oluvchi mamlakatlar – Saudiya Arabistoni, AQSh, Rossiya, Eron, Meksika, Xitoy, Venesuella hisoblanadi. Fors qo’ltig’ining 5 mamlakati jahon neftining 25, OPSK mamlakatlari 40 ni yetkazib berdi.
  • Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004.44-bet

Jahon gaz sanoati.

  • Gaz sanoati XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. Jahon yoqilg’i iste’moli strukturasida neft va ko’mirdan keyin uchinchi o’rinni egallaydi.(22%). Gaz ekologik jihatdan eng toza energiya resurslaridir.
  • Gazning aniqlangan zahiralari bo’yicha MDH va Janubiy-G’arbiy Osiyo, Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, AQSh, Jazoir, Kanada, Venesuella, Meksika, Indoneziya, Norvegiya, Malayziya, Xitoy, Niderlandiya, Turkmaniston, O’zbekiston va boshqalar ajralib turadi.
  • Jahonda 1990 yilda 2,1 trln.m3, 1995 yilda 2,2 trn.m3, 2000 yilda 2,5-2,6trln.m3 gaz qazib olindi. Gaz qazib olish bo’yicha birinchi o’nlik mamlakatlariga Rossiya, AQSh, Kanada, Niderlandiya, Turkmaniston, O’zbekiston,Buyuk Britaniya, Indoneziya, Jazoir, Saudiya Arabistoni kiradi. Qazib olinayotgan gazning 15% i eksport qilinadi.
  • Asosiy gaz eksport qiluvchi davlatlar – Rossiya, Turkmaniston, O’zbekiston, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Jazoir, Indoneziya hisoblanadi. Asosiy importerlar – GFR, Yaponiya, AQSh, Franiya, Italiya hisoblanadi.
  • Rossiyadan Sharqiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlariga (Germaniya, Avstriya, Italiya, Franutsiya, Finlandiya) gaz quvurlari orqali gaz keltirilgan.
  • Goudie A. Physische Geographie. Germany. 2002. 68-bet

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling