3-ma’ruza: absolyut tanlovchan himoyalar reja
Ko‘ndalang differensial himoya
Download 433.39 Kb. Pdf ko'rish
|
3 (1)
Ko‘ndalang differensial himoya. Ko‘ndalang differensial himoya bir xil parametrlarga ega bo‘lgan parallel liniyalarda qo‘llaniladi va uning ishlash prinsipi liniyalarning bir hil nomdagi fazalaridan toklarni qiymati va fazalari bo‘yicha taqqoslashga asoslangan. Liniyalarning qarshiliklari teng bo‘lganligi sababli bu toklar bir-biriga teng (2.18-rasm, a), yaoni I I =I II Liniyalardan birida qisqa tutashuv bo‘lganda bu tenglik buziladi (2.18-rasm, b), liniyalarning boshlanishida bu toklarning fazalari bir xil lekin qiymatlari teng emas, liniyaning so‘nggida esa qiymatlari bir xil lekin qarama-qarshi yo‘nalishga ega, yaoni I I I II SHunday qilib parallel liniyalardagi toklar tengligini buzilish liniyalardan birida qisqa tutashuv bo‘lganligini bildiradi. Parallel liniyalarning bitta fazasi uchun ko‘ndalang differensial himoyaning sxemasi (2.18- rasm, v)da ko‘rsatilgan. Tok transformatorlari ikkilamchi toklarning farqi KA differensial rele ( tok relesi ) ning cho‘lg’amidan o‘tadigan qilib ulanadi. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlarda bu farq nolga teng, rele ishlamaydi, liniyalardan birida q.t bo‘lganda esa ikkilamchi toklar teng bo‘lmaydi va rele ishlaydi. Ko‘ndalang differensial himoya ning ishga tushish tokini hisoblash bo‘ylama differensial himoyani hisoblashga o‘xshash, faqat liniyalar soni ikkita bo‘lganligi uchun nobalans tokining yarmi olinadi. Inb.his.max= iKbKan Ik.max/2; Ihi=Kz Inb.his.max; Iri=Ihi/KI . Ko‘ndalang differensial himoyaning ishlash prinsipi Parallel liniyalarning so‘nggida qisqa tutashuv bo‘lganda toklar farqi kam bo‘lishi sababli himoya ishlamasligi mumkin. Himoya ishlamasligi mumkin bo‘lgan zonaning uzunligi Liz=(Ihi/Ik)L, bu erda L-liniyaning uzunligi;Ik=Ik.min - liniyaning so‘nggidagi minimal qisqa tutashuv toki. Liz ≤ 0,1L bo‘lsa himoya effektiv hisoblanadi. 2.14-rasm. Podstansiyaning shinalariga umumiy viklyuchatel orqali ulangan parallel liniyalar rele himoyasining prinsipial sxemasi: a — tok zanjirlari; b — operativ tok zanjirlari Podstansiyaning shinalariga umumiy viklyuchatel orqali ulangan parallel liniyalar rele himoyasining prinsipial sxemasi 2.14-rasmda keltirilgan. Liniyalardan birida qisqa tutashuv yuzaga kelganda umumiy viklyuchatel ikala liniyani ham tormoqdan uzadi. Isteomolchilarning elektr ta’minotini tiklao‘ uchun shikastlangan liniya o‘zining ajratkichi (QS1 yoki QS2) yordamida tarmoqdan uzilib remontga chiqariladi va shikastlanmagan liniya ulanadi. Parallel liniyalardan faqat bittasi ishlaganda ko‘ndalang differensial himoya noto‘g’ri ishlaydi. Buning oldini olish uchun ajratkichlarning yordamchi kontaktlari SQS1 yoki SQS2 yordamida ko‘ndalang differensial himoyaning operativ zanjiri uzib qo‘yiladi. Ko‘ndalang differensial himoyaning kamchiligi uning liniyalar so‘nggidagi maolum zonada liniyalardagi toklarning qiymatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi sababli ishlamasligi mumkinligidir. SHu sababli ko‘ndalang differensial himoya asosiy himoya bo‘lib xizmat qila olmaydi va qo‘shimcha himoya o‘rnatish zarur. Bunday himoya sifatida odatda maksimal tok himoyasi qo‘llaniladi (2.14-rasmda KAT1 va KAT2 relelar vositasida bajarilgan). Download 433.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling