Reja - Tarkibiy tranzistorlar.
- Uilson tok koʼzgulari sxemasi.
- Аktiv tok transformatori sxemasi.
- Kaskadlarning kuchaytirish koeffitsientlari va kirish qarshiliklari uchun ifodalarni tahlil qilib, ularning maksimal qiymatlari UE ulangan sxemada tranzistorning differentsial tok uzatish koeffitsienti h21Э=β bilan aniqlanadi deb xulosa qilish mumkin. h21Э ning real qiymatlari tranzistor tuzilmasi va tayyorlanish texnologiyasi bilan aniqlanadi va odatda bir necha yuzdan oshmaydi.
- Bir nechta (odatda ikkita) tranzistorni oʼzaro ulab h21Э qiymatini oshirish muammosini hal qilish mumkin. Ulanishlar shunday amalga oshirilishi kerakki, tranzistorlarni yagona tranzistor deb qarash mumkin boʼlsin.
Darlington jufligi - Tarkibiy tranzistorda natijaviy tok uzatish koeffitsienti alohida tranzistorlar tok uzatish koeffitsientlarining koʼpaytmasiga teng.
- Аgar β1 ва β2 lar bir xil qiymatga ega boʼlsa, masalan 100 ga, hisoblab topilgan koeffitsient
- β= β1 ∙β2 = 10000 boʼladi.
- Lekin, bir xil VT1 va VT2 larda β1 va β2 koeffitsientlar IК1 va IК2 kollektor toklari bir xil boʼlgandagina bir – biriga teng boʼladi. IЭ1>>IБ1=IЭ2 boʼlgani uchun IК2 >> IК1.
- Shuning uchun β1<< β2 va β= β1 ∙β2 amalda bir necha mingdan oshmaydi.
- Tarkibiy tranzistorlar turli oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan tranzistorlar asosida ham hosil qilinishi mumkin. Bunday tuzilmalar qoʼshimcha simmetriyaga ega boʼlgan tarkibiy tranzistorlar deb ataladi. Komplementar BTlar asosidagi Shiklai tarkibiy tranzistori tuzilishi keyingi rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |