10- rasm. Oddiy kubsimon panjaraning yassiliklari
Yo’nalish indekslari [u, v, w] kristall panjara tugunlari koordinatasi bo’lak birliklarida a, b, c ni aniqlaydi, ular koordinata boshidan va kristall panjara tuguni orqali o’tadi, ularni butun sonlar bilan belgilashadi va kvadrat qavsga kiritishadi. Kristallografik yo’nalishlar va ularning oddiy kubsimon panjaradagi indekslari 11 - rasmda keltirilgan.
Kristall jismlar anizatropiya xususiyatiga ega. Anizatropiya – kristall jismlarni xususiyatlarini atomlar orasidagi turli masofalarga (atomlar, molekulalar) turli kristallografik yo’nalishlarda paydo bo’ladigan xususiyatlaridan kelib chiqadigan kattalik. Anizatropiya kristallarning barcha xususiyatlariga tegishli: chiziqli kengayishning harorat koeffitsiyentiga, solishtirma elektr qarshiligiga, magnit xususiyati, elastikligiga. Ammo ular monokristallarga ham hos, ular asosan sun’iy yo’l bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |