3-маъруза. Қаттиқ жисмлар хоссалари


-rasm. Kremniyda kovalent bog‘lanish


Download 0.58 Mb.
bet8/24
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#259426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
3-маъруза 6e4efa63473ac229b2aacaffc5ed4952

7-rasm. Kremniyda kovalent bog‘lanish

Kristall panjaralarning tavsifi

Elektron texnika materiallari va elementlari – materiallarning tuzilishi va xossalari, materiallarning tarkibi haqidagi fandir. Elektron texnika materiallari va elementlarining nazariy asosi bo’lib fizika va kimyoni tegishli bo’limlari hisoblanadi. Konstruksion materiallar uchun asosiy xossalar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:



  • fizik: zichligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik sig’imi, elektr o’tkazuvchanligi, magnit xossalari;

  • kimyoviy: birikmalarga kirishni kimyoviy xossalari, issiqqa chidamlilik;

  • mexanik: mustaxkamlik, plastiklik, qattiqlik, elastiklik va yopishqoqlik;

  • texnologik: suyuq oquvchanlik, bog’lanuvchanlik, qirqishda ishlov berishga yaroqlilik;

  • ishlatish vaqtida: korroziyaga qarshilik qilishi, eskirish va charchoqlik, issiqqa chidamlilik, sovuqqa chidamlilik va boshqalar.

Barcha bu xossalar materialning tarkibi va tuzilishiga ko’ra aniqlanadi.

Tabiatda qattiq jismlarni ular xususiyatlariga qarab ikki ko’rinishi mavjud: kristall va amorf shakli.



Kristall jismlar qattiqligicha qoladi, ya’ni ular berilgan shaklni ma’lum haroratgacha saqlaydi, shundan keyin ular suyuq holatga o’tadi. Sovitilishda jarayon teskari yo’nalishda bo’ladi. Bir holatdan ikkinchi holatga o’tish ma’lum erish haroratida yuz beradi.

Amorf jismlar qizdirilganda yumshaydi, katta harorat intervalida yopishqoq bo’lib qoladi, shundan keyin suyuq holatga o’tadi. Sovitilganda jarayon teskarisiga sodir bo’ladi.

Qattiq jismning kristall holati amorfnikiga ko’ra stabilroq. Agar u uzoq muddat haroratda ushlab turilsa, ba’zi hollarda esa deformatsiyada amorf holatni stabil emasligi to’liq va qisman kristallanishida namoyon bo’ladi, masalan organik bo’lmagan shishalarni qizdirilganida xiralashishi yuz beradi.

Kristall jism tartibli struktura bilan ifodalanadi. Struktura tashkil etuvchilarni o’lchash va ularni aniqlash usullariga quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: yupqa struktura, mikro va makrostruktura.

Yupqa struktura elementar zarralarning kristallda elektronlarni atomda joylashuvini bayon qiladi. Rentgenografiya va elektronografiyani difraksion usuli bilan o’rganiladi. Ko’pchilik kristall materiallar mayda kristall donalaridan tashkil topgan. Bunday mikrostrukturani optik yoki elektron mikroskopi yordamida kuzatishadi. Makrostruktura qurollanmagan ko’z bilan uncha katta bo’lmagan kattalashtirishda kuzatiladi, bunda chig’anoqlar, teshiklar (g’ovak), yirik kristallarning o’lchamlari va shakli o’rganiladi.

Elementar zarrani kristalldagi joylashuv qonuniyati kristall panjara tomonidan beriladi. Elementar uyachalarni kristall panjarada bayon qilish uchun olti kattalikdan foydalaniladi: uchta bo’lak a, b, c koordinata o’qlari bo’ylab eng yaqin teng masofalar va bu bo’laklar orasidagi uchta burchak . Ana shu kattaliklarni orasidagi munosabat uyachani shaklini aniqlaydi. Uyacha shakliga ko’ra barcha kristallar yetti tizimga bo’linadi, kristall panjaralarning turlari 8 - rasmda tasvirlangan, bunda 1 – kubsimon; 2 – tetragonal; 3 – rombsimon; 4 – romboedrik; 5 – geksogonal; 6 – monoklin; 7 – triklin.





Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling