Ishning bajarilishi: Oddiy tarmoqlangan alveolyar bez. Soch bilan terining bo'lagi (gematoksilin-eozin bilan bo'yalgan). Dastlab kichik ob’yektivda preparat epidermis ko'rish maydonining yuqori qismida bo'lishi uchun yo'naltirilishi kerak. Terining biriktiruvchi to’qima qismida soch ildizini toping, uning tuk voronkasiga yog’ bezining chiqarish kanali ochiladi. Bezning sekretor qismi shoxlangan bo’ladi. Kanal uchi haltaga o’xshash yorqin ranglarga bo’yalgan qo’shni qavatga tutashganligi ko’rinadi. So’ngra katta ob’tektivda bezning tuzilishini o'rganing va rasmini chizing.
Chizing va belgilang: epidermis, soch ildizi, bezning chiqarish kanali, bezning sekretor qismi, yog' to'plangan hujayralar.
Nazorat savollari
1. Bezlar deb nimaga aytiladi?
2. Bezlarning joylashuviga ko‘ra klassifikatsiyasi?
Do'stlaringiz bilan baham: |