3-maʼruza. Bezli epiteliy. Reja
-rasm. Oddiy tarmoqlangan alveolyar bez. Soch bilan terining bo'lagi
Download 0.53 Mb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10- rasm. A-epiteliy; B- biriktiruvchi to’qima;
9-rasm. Oddiy tarmoqlangan alveolyar bez. Soch bilan terining bo'lagi:
1-epiderma; 2 – derma; 3- teri osti yog' to'qimasi; 4-ter bezining sekretor qismi; 5-soch ildizi; 6-yog' bezi. Ishlanayotgan sekret ekzokrin bezlarda shilliq, oqsil yoki aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo’lishi mumkin. Sekret tarkibiga oqsil, yog’, polisaxarid, turli tuz yoki kislotalar kirishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador sitoplazmatik to’r kuchli rivojlangan bo’ladi va u hujayrani bazal va markaz qismlarini to’ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko’rish mumkin. Bunga misol qilib, so’lak bezi oxirgi bo’limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari xam farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan qoplama hujayralarda bor. 10- rasm. A-epiteliy; B- biriktiruvchi to’qima; 1-tarmoqlanmagan oddiy naysimon bez; 2-tarmoqlanmagan oddiy alveolar bez; 3-tarmoqlangan oddiy naysimon bez; 4-tarmoqlangan oddiy alveolar bez; 5-murakkab naysimonalveolar bez; 6 – merokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; 7-apokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; 8-golokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; a- bazal hujayralar; b-sekret yig’ilayotgan hujayra; d-parchalanayotgan hujayra. Bez hujayralarida hosil bo’lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o’ziga xos tuzilishga ega bo’ladi. Bez hujayraning sekret ishlash jarayoni bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo’lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo’lgan moddalarning to’planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to’planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. Birinchi fazada qon va limfadan bazal plazmatik qobiq orqali hujayraga ishlash uchun kerakli bo’lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari va boshqalar kiradi. So’ngra ulardan bez hujayraning sitoplazmatik turida organik birikmalar hosil bo’lib, ular plastinkasimon kompleks sohasida yetiladi, yog’iladi va shakllanadi. Plastinkasimon kompleksning sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib apikal qismi sohasida yig’iladi va nihoyat bu yig’ilgan sekretor donachalar bez oxirgi bo’limlari ichiga ajraladi. Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri xar xil bo’ladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling