3. ma’ruza. Diqqat reja


Download 23.88 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1143742
1   2   3   4
Bog'liq
3.1.Диққат

Ixtiyoriy diqqat deb - oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.
Odamning koʻpchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni oʻqish, oʻyin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi boʻlib, u zoʻr berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.
diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta’lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga oʻtib turishi yaxshi boʻladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan soʻnggi diqqatni koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqat xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega boʻlib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning koʻlami, diqqatning boʻlinuvchanligi va diqqatning koʻchuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda toʻliq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta’rif berib oʻtamiz.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga koʻra, odamlarning diqqatlari oʻzining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror boʻlsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror boʻladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam oʻz diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, oʻqiy ham olmaydi va hatto oʻynay ham olmaydi.
Diqqatning kuchli va barqaror boʻlishi bir qancha sabablarga bogʻliqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun boʻlgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bogʻlidir. Bularning hammasi ob’ektiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bogʻliq boʻlmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub’ektiv, ya’ni odamning ayni chogʻdagi holati bilan ham bogʻliq. Masalan, ayni chogʻda betobroq boʻlib turgan odamning yoki boshiga bir ogʻir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror boʻla olmaydi.

Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling