3. ma’ruza. Diqqat reja


Diqqatning koʻchuvchanligi


Download 23.88 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1143742
1   2   3   4
Bog'liq
3.1.Диққат

Diqqatning koʻchuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga koʻchib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning koʻchuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning koʻchuvchanligi diqqatning boʻlunuvchanligi bilan bogʻliq xususiyatdir. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya’ni diqqatning boʻlinishi oʻz mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez koʻchishidan iboratdir. Ana shu jihatdan olganda diqqatning koʻchuvchanlik xususiyati juda koʻp faoliyat va uning turlari uchun zarur boʻlgan xususiyatdir. Masalan, hikoya oʻqib berish mashgʻulotida bolalar oʻz diqqatlarini hikoya eshitishdan surat koʻrishga, undan soʻng yana eshitishga bemalol koʻchira olishlari kerak. Agar maktab oʻquvchilariga nisbatan oladigan boʻlsak, oʻquvchilar oʻz diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga bemalol koʻchira olishlari kerak. Aks holda oʻquvchilar oʻtgan dars ta’sirida oʻtirib, yangi darsning mazmunini sifatli oʻzlashtira olmaydilar.
Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan koʻchadi. Shuningdek, diqqatning

  • Tanlovchanlik xususiyati – diqqat ob’ektining tanlanishiga aytiladi.

  • Yo‘nalganligi – uning izchil xususiyati hisoblanib, har qanday qo‘zg‘alish hosil qiluvchi ta’sirlarni yo‘nalganligini belgilovchi xususiyati diqqatning yo‘nalganligi deb ataladi.

  • To‘planishi – diqqatning vujudga kelishi hamda uning natijaga ega ekanligini belgilovchi xususiyatidir.

  • Tebranishi – diqqatning doimiy ravishda o‘zgarib turishini belgilovchi xususiyatiga aytiladi.

  • Parishonxotirlik – diqqatni ma’lum bir ob’ektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat.

  • Diqqat chalg‘ishi – ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’ektdan boshqa bir ob’ektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyat.

  • Taqsimlanishi – bir vaqtning o‘zida bir necha ob’ektlarga qaratilishidan iborat xususiyati.

Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling