3-Маъруза. Elektr energiya manbalari
MATERIALLARNING ELEKTR QARSHILIGI
Download 386.02 Kb.
|
Elektr energiya manbalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. TOK KUCHI VA KUCHLANISH
- Amper
1.2. MATERIALLARNING ELEKTR QARSHILIGI
Elektr energiya elektr stansiyadan to iste’molchiga metallardan tayyorlangan simlar orqali uzatiladi. Ammo hamma simlar ham elektr tokini birday yaxshi o`tkazmaydi. Temirdan tayyorlangan simlar elektr tokini yomon o`tkazadi. Misdan tayyorlangan simlar elektr tokini juda yaxshi o`tkazadi. Agar simlarning ko`ndalang kesim yuzalari kichik bo`lsa, u holda bu simlar xuddi shu materialdan yasalgan ko`ndalang kesim yuzalari katta bo`lgan simlarga nisbatan tokni yomonroq o`tkazadi. Ma’lumki, ba’zi bir materiallar, masalan, rezina, yog`osh, keramika, chinni, qog`oz, smola, slyuda kabi materiallar elektr tokini deyarli o`tkazmaydi va bu materiallar izolyatorlar deb ataladi. Bu materiallar o`zlaridan o`tayotgan tokka qattiq qarshilik ko`rsatadilar va shuning uchun ham bu materiallar elektr tokini yomon o`tkazuvshi materiallar hisoblanadi. Materiallarning elektr qarshiliklari maxsus fizik kattalik Om larda o`lshanadi. Misol ushun, cho`g`lanma elektr lamposhkaning qarshiligi bir necha yuz Om bo`lsa, chinnining qarshiligi bir necha milliard Om bo`ladi. Bundan tashqari tabiatda shunday materiallar ham borki, bu materiallar elektr tokini bir yo`nalishda yaxshi o`tkazsa, ikkinchi yo`nalishida juda yomon otkazadi. Bunday materiallarga germaniy, kremniy kabi materiallar kiradi va ular yarim o`tkazgichlar deb ataladi. Bu materiallar asosida o`zgarmas va o`zaruvchan tok o`zgartkichlarining kuch elementlari bo`lgan tiristrlar hamda tranzistorlarning yaratilishi elektr motorlarning boshqarilish xususiyatini kengayishiga olib keldi. Shuningdek, o`zgartkichlarning boshqarish tizimlarining asosini tashkil etuvchi ko`p vazifalarni bajaruvchi mikrosxemalar ham shu materiallardan tayorlanadi. 1.3. TOK KUCHI VA KUCHLANISH Elektr toki kuchini qanday o`lshash mumkin? Simdan o`tayotgan elektr tokining qiymatini o`lchash uchun shu simdan vaqt birligi ichida o`tayotgan elektronlar sonini hisoblash kerak bo’ladi. Bu esa amalga oshirib bo`lmaydigan mashg`ulotdir. Chunki oddiy elektr lampochka ulangan simdan bir sekundda o`tayotgan elektronlar soni bir necha milliardlarni tashkil etadi. Shu sababli ham elektr toki kuchini o`lchash uchun kattaroq birlik – Amper qabul qilingan. Elektr tokini o`lchaydigan o`lshov asboblari ampermetrlar deb ataladi. Erkin elektronlarning tartibli harakatini vujudga keltiruvchi omil, qutblarning bir uchida elektronlar sonining ko`payib ketishi va ikkinchi qutbida esa elektronlarning etishmasligidir. Bu zaryadlar ayirmasi ya`ni potensiallar ayirmasi ozod elektronlarni yo`naltirib elektronlar oqimini hosil qiladi. Bu potensiallar ayirmasi elektr yurituvchi kuch yoki kuchlanish deb ataladi. Kuchlanishlar alohida o`lchov birligi – Volt larda o`lchanadi va ularni o`lchovchi o`lchov asboblari voltmetrlar deyiladi. Bir Volt kuchlanish ta’sirida o`tkazgichdan o`tayotgan tok kuchining qiymati bir Amper bo`lsa, u holda bu o`tkazgichning elektr tokiga ko`rsatayotgan qarshiligi bir Om bo`ladi. Elektrotexnikaning eng asosiy qonunlaridan biri Om qonunini shunday izohlash mumkin. Quvurlarda suvning tez yoki sekin oqishi suv bosimiga bog`liq bo`lganidek, elektr toki kuchiining qiymati ham kuchlanishga bog`liqdir. Agar quvurdagi suvning yo`nalishiga to`siq qo`yilsa, suv oqishdan to`xtaydi. Elektr energiya manbai bilan iste’molchini bog`lab turgan elektr uzatish liniyasi uzib qo`yilsa, u holda kuchlanishning juda kichik qiymatida undan o`tayotgan elektr tokining o`tishi ham to`xtaydi. Buning sababi, elektr toki havo orqali o`ta olmaydi, chunki havo yaxshi izolyator (faqat juda yuqori kuchlanishlardagina uzilgan simlar orasida elektr toyi hosil bo`lishi va so`ngra razryad yuzaga kelishi mumkin). Elektr zanjirida elektr toki bo`lishi ushun har doim iste’molchi bilan elektr energiya manbai o`zaro yopiq zanjir hosil qilishi kerak bo`ladi. Suvning bosimi qansha katta bo`lsa, u chunsha ko`p ish bajara oladi. Elektr generatorning ham hosil qilayotgan kuchlanishi qancha katta bo`lsa, elektr toki shuncha ko`p ish bajara oladi. Elektr energiya hosil qilishdan maqsad ham uning energiyasi yordamida turli ishlarni bajarishdir. Fizika fanining mexanika qismidan ma’lumki, energiya mexanizmlarning ish bajarish qobiliyatidir. Chuning uchun, mexanik energiyani o`lchashda foydalaniladigan fizik birliklar elektr energiyani o`lchashda ham qo`llaniladi. Download 386.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling