3-Маъруза. Elektr energiya manbalari


ELEKTR TOKI BAJARAYOTGAN ISHNI QANDAY O`LCHASH MUMKIN?


Download 386.02 Kb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi386.02 Kb.
#1761813
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektr energiya manbalari.

1.4. ELEKTR TOKI BAJARAYOTGAN ISHNI QANDAY O`LCHASH MUMKIN?

Elektr energiya yoki bo`lmasam elektr toki bajarayotgan ishni qaysi elektr o`lchov birliklarida o`lchash mumkin? Buning uchun har bir ishni bajarishga ketgan vaqtni hisobga olish kerakligini esga olish kifoyadir. Masalan, chumoliming bug`doy donini bir joydan ikkinshi joyga tashish uchun bir necha oy sarf qilsa, xuddi shuncha bug`doyni odam bir zumda elkasiga ko`tarib bajarib qo`ya qoladi.


Mashinaning bir soniyada qansha ish bajarishiga qarab, uning quvvati katta yoki kishik ekanligi haqida xulosaga kelinadi. Har qanday mashinaning quvvati, uning bir soniyada bajaradigan ishini anglatadi.
Keng sersuv daryo kuchli bosim kuchiga ega va ulkan ishlarni bajarishga qurbi etadi. Xuddi shuningdek, katta elektr yurituvchi kuch ta’siri natijasida harakatda bo`lgan juda ko`p elektronlarning oqimi juda katta energiyaga ega bo`ladi. Demak, elektronlarning katta oqimi yoki katta qiymatdagi elektr toki ulkan ishlarni bajarish qurbiga ega ekan.
Elektr tokining bir soniyada bajargan ishi elektr quvvati deb ataladi va uning o`lshov birligi Vatt deb qabul qilingan. Bir Vatt quvvat, elektr zanjiridagi yuklanishga berilayotgan bir Volt kuchlanish va undan o`tayotgan tokning bir Amper qiymatlarining ko`paytmasiga tengdir. Elektr quvvatni hisoblash uchun yuklanishdan o`tayotgan tok kuchini berilayotgan kuchlanishga ko`paytirish kerak. Yuklanishdagi elektr energiya sarfini hisoblash uchun esa quvvatni vaqtga ko`paytirish zarur.
Agar ahamiyat bergan bo`lsangiz, elektr lampochkalarning shisha kolbasida 25, 50, 75, 100 Vt degan yozuvlarni o`qish mumkin. Bu raqamlar elektr lampochkaning quvvatini bildiradi. Agar 50 Vt quvvatli elektr lampochkasi bir sekund yonib tursa unda sarf bo`layotgan elektr energiya 50 Vt sekund ni tashkil etadi. Bu ham uncha kichik ish emas. Bu ish 5 kilogramm yukni bir metr balandlikka ko`tarishga tengdir. Agar 50 Vt li lampochka rosa bir soat yonib tursa, elektr toki bajargan ishning ko`lami 50 Vt soatni tashkil etadi. Bu ish 18 tonnali yukni bir metr balandlikka ko`tarish bilan tengdir.
Elektr energiyani o`lchash uchun alohida elektr energiya hisoblagichlari qo`llaniladi.
Elektr energiyaning o`lchov birligi kiloVatt soat – kVt soat .
1 kVt soat qanday qiymat?
75 kilogramm ko`mirni qazib chiqarish, 88 kilogramm non mahsulotlarini pishirish, 42 kilogramm shakar tayyorlash va qadoqlash, ikki juft poyafzal tikish, 10 metr chit to`qish kabi sanab o`tilgan ishlardan birortasini bajarish uchun roppa – rosa bir kVt soat elektr energiya sarf bo`ladi.
Mamlakatimizning yuzlab sanoat korxonalari va boshqa iste’molchilar bir sutka davomida millionlab kVt soat elektr energiya iste’mol qiladi.
Chuni alohida ta’kidlash kerakki, elektr stansiyalarda hosil qilinayotgan elektr energiya iste’molchilarga peshma – pesh uzluksiz uzatilib turiladi. Elektr energiyani zahiraga olib qo`yib bo`lmaydi, qancha ishlab chiqarilgan bo`lsa, shuncha iste’molchilarga etkazib beriladi.


Download 386.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling