Ишлаб чиқариш самарадорлиги натижавий кўрсаткич фойда миқдорига тўғри мутаносибликда иқтисодий ресурс сарф-харажатларига тескари мутаносибликда ўзгаради. Шу сабабли самарадорликни оширишга бошқа шароитлар ўзгармай қолганда ишлаб чиқарилаётган маҳсулот ҳажмини кўпайтириш ва унга сарфланадиган ҳаражатларни камайтириш, яъни тежамкорлик тамойилларига амал қилиш орқали эришилади. - Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillar:
- Modernizasiyalash - yaxlit tizimni takomillashtirishga yo‘naltirilgan texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar birligini ifodalaydi. U inglizcha “modern”so‘zidan olingan bo‘lib “yangi”, “zamonaviy” kabi ma'nolarni anglatadi.
- Diversifikasiyalash (lotincha “diversys” – har xil, “facese” qilmoq, bajarmoq) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga qaratilgan jarayondir.
- Ishlab chiqarish samaradorligi natijaviy ko‘rsatkich foyda miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda iqtisodiy resurs sarf-xarajatlariga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish va unga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish, ya'ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali erishiladi.
Diversifikasiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo‘lishi mumkin. - Vertikal diversifikasiyalash – bir xil yo‘nalishda ixtisoslashgan korxonalarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko‘paytirish va faoliyatlarini tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi.
- Gorizontal diversifikasiyalash – turli tarmoq korxonalari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va h.k.) ning yagona texnologik jarayonga qo‘shilib borishi orqali mahsulot turlarining ko‘payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo kengayishini anglatadi.
- Konglomerat diversifikasiya- korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |