3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. - Ehtiyojlarning doimo yuksalib borishi resurslarning cheklanganligi sababli ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishning imkonini bermaydi. Shu sababli cheklanganlik tanlovda muqobillikni taqozo etadi.
- Ms: Oila byudjetini cheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni, resurslarni cheklanganligi ularni qaysi tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat byudjetining cheklanganligi ularni qanday maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo‘yadi.
- Imkoniyatlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga olib keladi, yoki biridan ko‘proq, ikkinchisidan kamroq tanlashimizga to‘g‘ri keladi. Tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni muqobil qiymatlarni taqqoslash asosida chiqaramiz.
- Tanlovning muqobil qiymati deb, uning natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan bu maqsad uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga aytiladi.
- Muqobil qiymat doimiy, o‘sib boruvchi va pasayib boruvchi bo‘lishi mumkin.
- Muqobil qiymatni ilmiy abstraksiya usulini qo‘llab, ikki tur mahsulot ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi. 1-jadval | - М у қ о б и л и ш л а б ч и қ а р и ш
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | - Agar mavjud resurslardan faqat avtomobil ishlab chiqarsak, u 25 ta, faqat guruch yetishtirsak 50 tonnaga teng keladi. Birinchi tovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, albatta ikkinchisining kamayishi hisobiga ro‘y beradi.
- Iqtisodiyoda ikki xil mahsulot - guruch va avtomobil ishlab chiqariladi deb, faraz qilamiz. Barcha resurslar 100 birlikdan iborat. 1 tonna guruch yetishtirish uchun 2 birlik, bir dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik resurs zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi.
- 2X+4Y=100
Do'stlaringiz bilan baham: |