3-ma‘ruza: Кartoshka va sabzavotlarni tashish va saqlash maqsadida turli idishlardan foydalanish. Reja
Download 35.88 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Mavzu.Кartoshka va sabzavotlarni tashish va saqlash maqsadida turli idishlardan foydalanish. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Saqlashning umumiy ta’rifi.
2. Sabzavot va mevalarni tashish. Terilgan sabzavot va mevalarni saralash joyiga tashish, ularni qayta ishlash korxonalariga yoki temir yo’l stansiyasiga jo’natish uchun xo’jalik ixtiyorida etarli miqdorda avtomashina va aravalar bo’lish kerak. 1000-1500 gektar va undan ortiq bog’ va tokzori bo’lgan yirik xo’jaliklarga tor izli temir yo’l qurilgani ma’qul. Bu holatda vagonchalar mexanizmlar yoki ot arava qo’shib yurgaziladi. Bog’ va tokzorlar kengligiga qarab bir yoki bir necha yo’l quriladi. Yig’ib olingan hosil tor izli temir yo’ldan ma’lum joygacha tashilgandan so’ng, vagonchalarga ortiladi va meva joylash bostirmasiga olib boriladi. Vagonchalar qaytayotganda to’xtash joylariga bo’sh idishlarni tashlab ketadi. Shu tashish usulida mahsulot kam shikastlanadi. Undan nafaqat meva tashishda, balki bog’ va tokzorlarga go’ng chiqarish, ishchilarni keltirish va shunga o’x-shash boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Unga ega bo’lgan xo’jaliklarda ot-ulov va avtomashinalardan kam foydalaniladi.
Meva uzumlarni uzoq manzillarga tashishda shuningdek, maxsus sovutgichli avtomashina va aviasiyadan ham foydalaniladi. 3. Saqlashning umumiy ta’rifi. Mevalarning joylash usuli ham saqlanuvchanlikka ta’sir ko’rsatadi. To’kma holda joylangan mevalar qatorlab terib joylanganlariga qaraganda yomon saqlanadi. Qog’ozga o’ralgan mevalar qirindiga qaraganda yaxshi saqlanadi, chunki qog’ozda maxsus mikroiqlim hosil bo’lib, u saqlash uchun birmuncha qulaydir. Somonga joylangan mevalar tez buziladi, chunki u sorbent bo’lganligidan tez namiqib qoladi. Chirigandan keyin hidi mevalarga o’tadi. Po’kak qipig’iga joylangan hosil yaxshi saqlanadi. Meva-sabzavot saqlanadigan omborlarning bir necha xili bor. Ayrimlarini qurish arzonga tushadi, ammo ular takomillashgan va sovutgichsiz bo’ladi, boshqalarda sun’iy sovutgichi bo’ladi. Lekin har qanday ombor izotermik bo’lishi kerak. Birinchi xilga meva saqlanadigan erto’la omborlar kiradi. Mevalar sovutgichli omborlarda yaxshi saqlanadi. Omborning harorati termometr va havoning nisbiy namligi psixrometr yordamida kuzatiladi. To’plangan ma’lumotlar yozuv kitobiga qayd etilib boriladi. Undan tashqari bino ichi meva qo’yish uchun so’kchak va qutilar uchun tagliklar bilan jihozlanadi, shamollatish quvurlari tayyorlab qo’yiladi. Ombor maydoni mevalarni saqlash usuliga qarab aniqlanadi. Mevalar piramida shaklida to’kma qilib saqlanadigan bo’lsa, uch qavatli maxsus so’kchaklar quriladi. Bu qavatlar orasida 70 sm, so’kchaklar orasidagi yo’l 1 metr. Agar hosil qutilarda saqlansa ular taxlab qo’yiladi. Qutilarni taxlab qo’yish usuli juda ko’p: ular to’g’ri to’rt burchakli, shaxmat usulida, ikkitadan, uchtadan, to’rttadan, beshtadan qilib taxlanadi. Кartoshka va boshqa sabzavotlar doimiy va vaqtinchalik omborlarda saqlanadi. Sabzini sun’iy sovitiladigan omborlarda ham saqlash mumkin. Bunda mahsulot sig’imi 30-50 kg konteynerlardan yoki polietilen qoplardan foydalaniladi. Sabzini sovitilgan holda uzoq muddat (200 kundan ortiq) saqlash mumkin. Uni konteynerlarda saqlash yuklash va bo’shatish ishlarini mexanizasiyalashga imkon beradi. Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli perspektiv usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-95%) hosil bo’ladi va kerakli miqdorda karbonat angidrid (3-5%) to’planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va vitaminlarning yo’qotilishi ancha kamayadi. Ildizmevalar dalada handaq va maxsus omborlarda, harorat 0-2S gacha, havoning nisbiy namligi 85-95% bo’lgan sharoitda saqlanadi. Sholg’omni saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80 sm, lavlagi va turplar uchun esa sig’imi kattaroq, eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi. Bunda har 3,5 m oralatib erdan to’siq qoldiriladi. Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi. Ildizmevalarni handaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda handaq kattaroq qilinadi eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga etkaziladi. Maxsus omborlarda ildizmevalar ancha yaxshi saqlanadi. Bunday omborlarda ular yashiklarga va konteynerlarga solinib hamda 1,5 m qalinlikda uyulib ham saqlanadi. Sabzavot omborlarida karam maxsus tagliklarda va panjarali so’kchaklarda saqlanadi. So’kchaklarga karam boshlari 5-7 qator qilib joylanadi. Кaram taxlarining 2-3 m bo’lib, ular orasida 30-40 sm masofa qoldiriladi. Кaramni saqlashda 30-40 kg li konteynerlardan ham foydalanish mumkin. Кaramni teshikli polietilen qoplarda ham saqlash yaxshi natija beradi. Pomidor omborlarda yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga ikki qator, tepasiga sakkiz-o’ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo’lak yashiklar o’rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish tavsiya etiladi. Bodringni terish vaqti va terish sifati uni saqlashda katta ahamiyatga ega. Terish texnologiyasining buzilishi uning barraligi tez yo’qolishiga, burishib sarg’ayishiga va eb bo’lmaydigan bo’lib qolishiga olib keladi. Pishib o’tib ketgan bodringning urug’i va po’sti zichlashadi, eti dag’allashadi. Bodring odatda ertalab, issiq boshlanguncha terib olinishi lozim. Кechki bodringni kun bo’yi terish mumkin. U yashiklarda yoki maxsus savatlarda tashiladi. Saralash va joylash ehtiyotlik bilan salqin binolarda o’tkaziladi. Bodringni saqlashda havo haroratini pasaytirish tavsiya etilmaydi. Past haroratda bodringda kechadigan fiziologik jarayonlar buziladi va natijada uning sifati pasayadi. Bodringni polietilen qoplarga solib saqlash yaxshi natija beradi. Savollar: Sabzavot va mevalarni tovar holatiga keltirishda qanday ishlar amalga oshiriladi? Mahsulotlarni tashishda qanday maxsus transport vositalaridan foydalaniladi? Meva-sabzavotlarni doimiy omborlarda saqlashda qanday shamollatish usullari qo’llaniladi? Download 35.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling