3-ma’ruza. Loyihalashning umumiy savollari. Reja: Texnik hujjatlarni ishlab chiqish


Oziq-ovqat korxonalarini loyihalash uchun topshiriqlar


Download 137.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.02.2023
Hajmi137.28 Kb.
#1183561
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma\'ruza.Soha.DON

 Oziq-ovqat korxonalarini loyihalash uchun topshiriqlar 
Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashda, ishlayotgan korxonalarni qayta 
texnik jihozlash uchun rekonstrukstiya qilish loyihalarini ishlab chiqishda, hamda 
ishlayotgan korxonalarga yangi ob’ektlarni joylashtirishda loyiha buyurtmachisi 
transport aloqalari, elektr ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti 
va kanalizastiya, atrof muhitni himoya qilish talablari va boshqalarni o’zgarishi 
munosabati bilan belgilanadigan hulosalarni davlat nazorati organlari va boshqa 
tegishli tashkilotlar bilan kelishadi. Ishlab chiqarish binosi yoki inshootlarni 
loyihalashga topshiriqni loyiha buyurtmachisi bosh loyihachi ishtirokida tuzadi.
Loyihalash topshirig’ida oldindan ko’rsatilgan asosiy yo’nalishlarni tadbiq 
etilishi, yangi texnika va texnologiyani tadbiq etish bo’yicha talablar, kapital 
sarmoyalarni samaradorliga bo’yicha yuqori ko’rsatkichlar, qurilishga sarf 
qilinadigan material va mehnatni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, xom 
ashyo, material va energiya resurslarini tejamli sarflash, ishlab chiqarish 
chiqindilarini va ikkilamchi energiya resurslarini qayta ishlash nazarda tutilgan 
bo’lishi shart. 
Loyihalash topshirig’i berilgan joyda va belgilangan muddatda mo’ljallangan 
qurilishni iktisodiy maqsadga muvofiqligi va texnik imkoniyatlarini aniqlashni 
maqsad qilib qo’yadi. Loyihalash topshirig’ida loyihalanayotgan korxonaning 
qisqacha tavsifi va unga kuyilgan talablar beriladi. Loyihalash topshirig’ini tuzishda 
loyihalash ma’lumotlarini olishni ta’minlovchi iqtisodiy - texnik qidiruv va 
tekshirishlar keltirilgan bo’lishi kerak.
Loyihalash topshirig’i bu hujjat hisoblanib, loyihalash tashkiloti shunga 
asoslanib loyihani ishlab chiqishga kiradi. Bu topshiriqni loyiha buyurtmachisi 
bevosita loyihalash tashkiloti ishtirokida tuzadi.
Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash topshirig’ida quyidagi dastlabki 
ma’lumotlar bo’lishi shart: 
- loyihalanadigan korxonaning nomlanishi; 
- loyihalash uchun asos; 
- qurilishni boshlanish va tugatish muddatlari; 
- qurilishni ayrim shart- sharoitlari, (seysmiyliligi, tuproq qatlamlarining 
guruhi va boshqalar);
- loyihalash bosqichlari; 
- loyiha hulosalarini konkurs asosida bir nechta variantlarini ishlab 
chiqish; 
- korxonalar, bino va inshootlarni manzarali - hashamatli shakllantirish 
bo’yicha echimlar; 
- namoyish etiladigan materiallar tarkibi; 
- loyihalash tashkilotining nomlanishi; 
- bosh pudratchi qurilish tashkiloti
- asosiy texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari; 
- loyihalashda (qurilishni) ilmiy - izlanish va eksprimental - tajriba 
ishlarini bajarishga talab; 


- yangi texnika va tajriba almashishni joriy qilishga talab, kapital 
sarmoyalar samaradorligining ko’rsatkichlari, material va mehnat sarfini 
kamayishi; 
- qurilish - montaj ishlarini progressiv turlarini qo’llash va boshqalar. 
Yangi qurilishni tasdiqlangan loyihalash topshirig’i bilan birga buyurtmachi 
loyihalash tashkilotiga quyidagilarni topshiradi: 
- qurilish maydonini tanlash xaqida tasdiqlangan akt
- o’rnatilgan tartibda tuzilgan arxitektura - rejali topshiriq; 
- qurilishni amalga oshirish haqida ma’lumot; 
- er osti va er usti inshootlari, kommunikastiyalar va ularni texnik holati 
haqida ma’lumot; 
- loyihalanayotgan korxona, bino yoki inshootlarni ta’minot manbalariga, 
muhandislik tarmoqlariga va kommunikastiyalarga birlashtirishda texnik 
shart- sharoitlar; 
- qurilishni tashkil qilish va smeta hujjatlarini tuzish uchun dastlabki 
ma’lumotlar;
- mashina va jihozlarning texnik loyihalariga ma’lumotlar; 
-loyihalash uchun zarur materiallar:ajratilgan yoqilg’ining turlari, xom 
ashyo manbalari, mahsulotning nomlanishi, korxona mahsulotining texnik 
tavsifi; import jihozlar haqida ma’lumotlar; yangi texnologik jarayonlar va 
jihozlarni yaratish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi 
bo’yicha ma’lumotlar; korxonada bo’lgan atmosferani ifloslantiruvchi 
manbalarning tavsifi bilan inventirizastiyasi bo’yicha ma’lumotlar: suv 
havzalari, atmosfera havosi va tuproqning holati haqida davlat nazorati 
tashkilotlaridan olingan materiallar; qurilish uchastkasida mavjud bo’lgan 
bino, inshootlar, er osti va er usti kommunikastiyalarining o’lchanma 
chizmalari.
Mavjud korxona, binolar va inshoatlarni rekonstrukstiya qilish va texnik 
qaytadan ta’mirlash uchun buyurtmachi loyihalash tashkilotiga yana quyidagilarni 
topshiradi: 
- korxonada ishchi o’rinlarning attestastiya natijalari va rastionalizastiyalash 
haqida ma’lumotlar; 
- mavjud ishlab chiqarishni, bino va inshootlarning konstrukstiyalarini 
tekshirish natijalari bo’yicha bajarilgan xulosa va materiallar; 
- loyihalash uchun zarur bo’lgan mavjud ishlab chiqarishni (stexlarni), 
uchastkalar jihozlarining nomlari va ularning holati haqidagi ma’lumotlar, hamda 
boshqa materiallar bilan texnologik rejalashtirish; 
- pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari qurilish montaj ishlarini bajarish 
jarayonida foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtinchalik bino va inshootlar, 
korxonaning ko’tarish-transport vositalarini joylashtirishga sharoitlar.

Download 137.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling