3-ma’ruza. Loyihalashning umumiy savollari. Reja: Texnik hujjatlarni ishlab chiqish


Download 137.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi137.28 Kb.
#1183561
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma\'ruza.Soha.DON

Loyihalash bosqichlari. 
Ishlab chiqarish korxonalari, bino va inshootlar bir yoki ikki bosqichda 
loyihalashtiriladi. Bir bosqichli loyihalashda qurilish namunaviy va qayta 
qo’llaniladigan loyihalar, hamda texnik jihatdan qiyin bo’lmagan ob’ektlar (bunga 
ishlayotgan korxonalarni rekonstrukstiya qilish va qayta jihozlash kiradi) asosida 


amalga oshiriladigan korxona narxi ko’rsatilgan dastlabki smeta hisobi bilan ishchi 
loyihalar ishlab chiqiladi. 
Ikki bosqichli loyihalashda qurilishning umumiy loyihasiga har bir alohida 
ob’ektga ishchi hujjat smetasi va dastlabki smeta hisobi bilan umumiy loyiha ishlab 
chiqiladi. 
Tasdiqlangan hujjat asosida tuzilgan loyiha asosiy texnik masalalar echilgan , 
loyihalanayotgan korxonaning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning tannarxi 
aniqlanadigan hujjat hisoblanadi. Korxonani loyihalash inshootlar tarkibini ishlab 
chiqish va aniqlash, hamda namunaviy loyihalardan foydalanish imkoniyatni 
aniqlashdan boshlanadi. Keyin bosh reja tuziladi. Uni aniqlashtirilgandan keyin 
hudud, temir yo’llar, avtomobil yo’llari, hudud qulayligining vertikal rejasi ishlab 
chiqiladi. Bir vaqtning o’zida loyihalashning texnologik qismi ishlab chiqiladi va 
jihozlarni joylashtirish joylari aniqlanadi. Keyin issiklik ta’minoti, santexnika, 
avtomatlashtirish, energetik ta’minoti masalalari echiladi. Qurilish inshootlarining 
o’lchamlari, qurilish konstrukstiyalariga yuklanish aniqlangandan keyin 
loyihalanadi. Loyihalashni yakunlovchi bosqichi bo’lib smetalarni ishlab chiqish, 
qurilishni tashkil qilish loyihasi va loyihalashning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish korxonasi ishchi loyihasiga quyidagi bo’limlar kirishi shart: 
umumiy tushuntirishi yozuvi; texnik iqtisodiy qismi; bosh reja va transport; 
texnologik qism; isitish, ventilyastiya, ishlab chiqarish, issiqlik ta’minoti va issiq 
suv ta’minoti; suv ta’minoti va oqava suvlar; elektrotexnik qism va 
avtomatlashtirish; qurilish ishlab chiqarishini boshqarish; qurilishni tashkil qilish
atrof-muhit muhofazasi; uy joy qurilishi; smeta qismi; loyiha pasporti. 
Loyiha tasdiqlangandan keyin qurilish va montaj ishlarini bajarish uchun 
kerakli hajmli ishchi hujjat ishlab chiqiladi. Ishchi hujjat tasdiqlanishga quyilmaydi 
va ishlarni amalga oshirish uchun qurilishga beriladi. Ishchi hujjatlarga ishlab 
chiqarish binolarining rejalari va qurilmalari, jihozlarni montaj qilish buyicha 
chizmalar, aspirastion pnevmatik havoo’tkazgichlar, isitish tizimlari, energetik 
ta’minoti, aloqa, smeta hujjatlari, qurilish va montaj ishlari hajmi qaydnomasi 
ta’luqli. 
Bino va inshootlarni loyihalashda poydevorlarni yotqizish chuqurligi,
konstrukstiyalari va er osti inshootlarini tuzilishiga e’tibor berish kerak. Zarur 
hollarda hududning noqulay va gidrogeologik sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan 
qo’shimcha konstruktiv variantlari tanlanadi. Izlanish materiallari asosida tashqi 
devor yoki isituvchi qatlam qalinligi aniqlanadi. Qurilish mintaqasidagi tuproiqning 
yuk ko’taruvchi qatlamining qor va shamol yuklanishlariga to’g’ri kelishi 
tekshiriladi. Shamol yo’li bo’yicha bosh reja ishlab chiqiladi. Inshootlarni qurilish 
maydonida joylashuvi aniqlanadi.

Download 137.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling