- Qurilish materiallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo'llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko'plab barpo etilishi bilan qurilishbop materiallarga talab ham ortib boraveradi.
- Binokorlik uchun muhim bo'lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navoiy sement kombinatlari eng yirik kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq sement ishlab chiqariladi. O'zbekiston chiroyli va pishiq marmarga boy. Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining 5 tasidan marmar qazib olinmoqda.
- G'ozg'on koni marmar zaxirasining ko'pligi, yuqori sifatliligi jihatidan jahondagi eng mashhur konlardan biridir. Undan qazib olingan marmar sobiq Ittifoq davrida boshqa mahsulotlar kabi Markazga tashib ketilardi. Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metropolitenlarning ko'plab bekatlari va boshqa inshootlar G'ozg'on marmari bilan bezalgan.
- Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri, «Toshkent», «O'zbekiston», «Toshkent Palace» kabi mehmonxonalar, Toshkent metropoliteni hamda boshqa ko'pgina ulug'vor madaniy-maishiy binolar qurilishiga ham shu kon marmarlari ishlatilgan.
- Orkutsoy koni Toshkent shahridan 74 km shimoli sharqda joylashgan. Unda qora, oq va kulrang marmar uchraydi. Toshkent va G'azalkent marmar zavodlarida marmarga pardoz beriladi.
Qurilish materiallari sanoatiga ta`rif. - Qurilish materiallari sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan "oldinda" borishi kerak, zero usiz Yangi yerlar o`zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. O`zbekiston ko`p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Bu sanoatning xom ashyo resurslari respublikaning barcha mintaqalarida juda ko`p miqdorda uchraydi. Nometall xom ashyolardan-dala shpati, asbest, vollastanit, grafit, talk, abrazivlar, gips, sement xom ashyosi, kvars qumlari, g`isht xom ashyosining katta zahiralari mavjud. Jumladan, vollastanitning 50 ga yaqin, grafitning 15 dan ortiq, marmarning 20, grafitning 30 dan ortiq konlari topilgan.
- Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, tog` xrustalli, ametist, nefrit, lazuritlarning ham yirik-yirik zahiralari topilgan. Mustaqillik yillarida qurilish materiallari sanoati ham deyarli qayta qurildi, zamonaviy uskunalar, yangi texnologiya asosida jihozlantirildi. Juda ko`p qo`shma korxonalar paydo bo`ldi. Natijada ko`p miqdorda va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tez o`sib bormoqda.
- Mamlakat qurilish materiallari sanoatiga oid korxonalarda sement, sement-asbest, devorbop materiallar, ohak, gips, temir-beton konstruktsiyalari, deraza oynalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq xildagi mahsulotlar tayyorlanadi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida qurilish materiallari sanoatining hissasi 5,5 foizni tashkil etadi.
Respublika qurilish materiallari sanoati tarmoqlari va geografiyasi - Qurilish materiallari sanoati o`z ishlab chiqarish xususiyatiga qarab bir qator tarmoqlarga bo`linadi.
- Sement sanoati. Resupblikadagi qurilish industriyasining birinchi korxonasi 1913 yil qurila boshlagan Xilkova sement zavodi (hozirgi Bekobod sement kombinati)dir. 1927 yili O`zbekistonda hammasi bo`lib 7,7 ming t. sement olishga muvaffaq bo`lingan. Respublikaning sementga bo`lgan ehtiyojini ortishi tufayli 1932 yilda Quvasoy sement zavodi ishga tushurildi. Urushdan keyingi yillarda Angren (1947 y.) keyinchalik Ohangaron (1962 y.) va Navoiy (1977 y.) sement kombinatlari ishga tushurildi. Hozirda respublika sement tarmog`ida yiliga 5 mln. t. dan ko`proq sement ishlab chiqaradigan 5 yirik korxona ishlaydi. Sement korxonalarida sementning hamma turlari, shifer, asbosement quvurlar, mineral paxta (vata) va undan tayyorlangan buyumlar, sement qum cherepitsalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublikada yiliga 470 mln. shartli taxta (plita) hisobida shifer ishlab chiqariladi. Tekis va to`lqinsimon shiferlar Ohangaron, Quvasoy, Bekobod sement kombinatlarida tayyorlanadi.
Toshtaroshlik - Toshtaroshlik (toshga sayqal berish) ham qurilish materiallari sanoatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bir tomoni tog`lar bilan tutashib ketgan aksariyat viloyatlarimiz hududlarida toshtaroshlik yaxshi rivojlangan. Sanoatning mazkur turi, ayniqsa, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida rivojlangan.
- Tabiiy toshlar (marmar va granitdan) ishlangan qoplama materiallari va bloklar Markaziy Osiyo me`morchiligida ko`p ishlatilgan. Qoplama toshlar zahiralari, xilma-xilligi va rangli bo`yicha O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinda. Buni O`zbekiston Respublikasi prezindenti I.A.Karimovning ushbu so`zlari ham tasdiqlaydi: "Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbob toshlar olinadigan ko`plab konlar noyob tabiiy omborlar bo`lib, ular butun Yevrosiyo zonasidagi eng yirik konlardir. Qoplama toshlarning umumiy zahirasi 85 mln. kubometrdan ortib ketadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuz yillar davomida xom ashyo bilan ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |