Qalbakilashtirilgan dori preparatlarini zamonaviy tahlil usullarida aniqlash reja


Download 21.45 Kb.
bet1/4
Sana17.01.2023
Hajmi21.45 Kb.
#1096972
  1   2   3   4
Bog'liq
Qalbakilashtirilgan dori preparatlarini zamonaviy tahlil usullarida aniqlash


Qalbakilashtirilgan dori preparatlarini zamonaviy tahlil usullarida aniqlash
REJA
1.Dori vositalari tahlil turlari
2.Dori vositalari standartlashtirish
3.Dori vositalari me’yoriy hujjat qoidalari

Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Sog’liqni saqlash” ta’lim sohalarida o’qitiladigan “Dori vositalarini zamonaviy tahlil usullari” dasturi farmasevtika amaliyotida zarur bo’ladigan: zamonaviy asbob-uskunalar, YuSSX, xromatografiya, mass-spektrometriya tahlil usullari va shu kabi boshlang’ich tushunchalarini o’z ichiga olgan bo’limlaridan tashkil topgan.


Dori vositalarini standartlash Standartlash u yoki bu mahsulotning me’yoriy talablarga mos kelishi xaqidagi tushuncha bo‘lib, ilmiy texnik progressning o‘sib borishi, turli tizimlar orasida iktisodiy hamkorlikni rivojlanishi, Davlatlar, milliy tashkilotlar va firmalar bo‘yicha savdo sotik xajmining yuksalishi, raqobatbardosh sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni takazo etadi.
Mahsulotning sifatliligi esa barcha me’yoriy hujjatlar talablarini qay darajada qondira olishi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Standartlash to‘g‘risidagi qonun»i 1993 yil 28 dekabrda qabo‘l qilingan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra standartlashdan ko‘zlagan maqsadlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Mahsulotning sifati, xizmat jarayonlarining axolining xayoti, sogligi, mol mo‘jki, atrof muxit, tabiiy manbalarni tejash xavfsizligi borasida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish.
2. Mahsulotlarni bir-biri bilan mosligi, almashinuvchanligini ta’minlash.
3. Ilm – fan va texnikaning rivojlanishi hamda axoli va xalk xujaligining ixtiyojlarini usishini inobatga olgan xolda mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish.
4. Barcha turdagi resurslarni tejash, ishlab chiqarishning texnik iktisodiy ko‘rsatikichlarini yaxshilash.
5. Sotsial – iktisodiy, ilmiy – texnik dasturlar va loyxalarni amalga oshirish.
6. Tabiiy va texnologik falokatlar va boshqa favkulotda xodisalar sodir bo‘lishini e’tiborga olib. Turli ob’ektlar havfsizligini ta’minlash.
7. Iste’molchilarni mahsulot turi va sifati haqida aniq va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash.
8. Mudofaa kobiliyatini yaxshilash va safarbarlikka tayyorliqni ta’minlash. Ulchovlarning yagonaligini ta’minlash.
9. Savdo-sotiq, iqtisodiy va ilmiy—texnikaviy hamkorlikdagi to‘siqlarni bartaraf etish.

Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling