3-ma’ruza. Loyihalashning umumiy savollari. Reja: Texnik hujjatlarni ishlab chiqish
Download 137.28 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza.Soha.DON
3-MA’RUZA. Loyihalashning umumiy savollari . Reja: 1. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish 2.Oziq-ovqat korxonalarini loyihalash uchun topshiriqlar 3. Loyihalash bosqichlari. 4. Smeta hujjatlarini tuzish Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlaridan maksimal foydalanilgan holda tashkil qilinishi shart. Chunki quriladigan va qayta ta’mirlanadigan ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirgan vaqtda ular texnik jihatdan ilg’or va zamonaviy bo’lishi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va sifati buyicha yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak, hamda mehnat sharoitlari bo’yicha zamonaviy talablarga javob berishi shart. Loyihalarda transport oqimlarining optimal echimlari ta’minlangan bo’lishi shart, ishlab chiqarish maydonlari va hududdan maksimal foydalanish kerak. Yangi korxonalarni ortiqcha narsalarsiz, ammo ishlab chiqarish estetikasi va texnika havfsizligi talablari asosida loyihalash kerak. Loyihalash jarayonida qurilish ishlarini tashkillashtirish va eng progressiv ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash imkoniyati ta’minlanadi. Loyihalash uchun ishlab chiqarish sanoati korxonalari loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha yo’riqnomalarga, namunaviy loyihalarni tuzishda -sanoat qurilishi uchun namunaviy loyihalash yo’riqnomalariga amal qilish shart. Asosiy qonunchilik hujjati bo’lib “Qurilish me’yorlari va qoidalari” (QM va Q) hisoblanadi. QM va Q – bu qurilish sanoatini loyihalash va tashkil qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar to’plami hisoblanadi. “Qurilish me’yorlari va qoidalari” to’rt qismdan iborat; - qurilish materiallari, buyumlari, konstrukstiya va jihozlar; - qurilishni loyihalash me’yorlari; - qurilish sanoatini tashkil qilish va texnologiyasi; - smeta me’yorlari; Bundan tashqari un va yorma zavodlarini, elevatorlarni, unni qopsiz saqlash uchun omborlarini texnologik loyihalash me’yorlari, yong’inga qarshi me’yorlar, aspirastiya tarmoqlari, pnevmatik va aerozol transportlarni loyihalashda loyihalash me’yorlari mavjud. Ishlab chiqarish korxonalari loyihalash tashkilotning oldindan bajarilgan va tasdiqlangan loyihasi va smetasi asosida quriladi. Korxonani loyihalash va qurish tarmoqni rivojlantirish va joylashtirish istiqbolli rejasidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Loyihalashdan oldin loyiha buyurtmachisi loyihalash tashkiloti bilan birgalikda loyihalash topshirig’ini ishlab chiqadi. Download 137.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling