3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari
O‘quvchilarda tushunchalarning shakllanish jarayoni O‘zining qonuniyatlariga
egadir. Hozirgikungacha ularning quyidagilari o‘rnatilgan: - o‘quvchilar ongida tushunchalarning shakllanishi - narsa va hodisalarning miqdor va sifat hossalarini ketma-ketlikda ochishdagi murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. O‘quvchilar tushunchalarni darrov o‘zlashtira olmaydi, balki, uning mazmunini, hajmini, boshqa tushunchalar bilan aloqasini sekin-astalik bilan egallab boradi; - u yoki bu o‘quv fanini o‘rganishda o‘quvchilarda oldiniga alohida tushunchalar shakllanadi, keyin esa tushunchalar tizimi (muayyan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha) hosil bo‘ladi; - agar fan ichidagi bir tizimning tushunchalarini o‘zlashtirishda boshqa tizimdagi tushunchalar bilan ularning o‘zaro bog‘liqligi sharti amalga oshirilsa, o‘zlashtirilish samaraliroq bo‘ladi; mazkur fan tushunchalarining o‘zlashtirilishida fanlararo bog‘lanish shartiga rioya etilsa, bu jarayon jadallashadi. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishning usullariga oid psixologlarning ishlarida turli xil nuqtai nazarlar keltiriladi va asoslanadi. Ulardan eng ko‘p diqqatga e‘tiborlisi Galperin va Talizina, Shardakov, Menchinskaya va Davidovlar taklif etishgan usullardir. Galperin va Talizina o‘zlari rivojlantirgan tafakkur faoliyatining bosqichma bosqich shakllanish nazariyasidan kelib chiqib, tushunchalami shakllantirishning quyidagi ketma ketligini taklif etadi: 1) O‘quvchilarda shakllangan bodishi kerak bodgan tushunchalar to‘g‘risidagi ob’ektlar (yoki ularning belgili kodinishlari) ustida amaliy mashq (moddiylashgan faoliyat); 2) Baland nutqda ta’riflash (tashqi talaffuz). 3) Ichki talaffuz (tushunchalar bilan fikran amallar bajarish). Tushunchalarni shakllantirish bosqichlari to‘g‘risidagi Galperin va Talizinalarning nuqtai nazarlarini ajratmagan xolda, Shadrakov ularning taklif etishgan usullarini universal deb hisoblamaydi. “tushunchalarning amaliy operatsiyalar orqali shakllanishi, deb yozadi Shadrakov, faqatgina bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ularni amaliyotga hoziroq qodlash xollarida samarali bodishi mumkin”. Galperin va Talizina o‘z tadqiqotlarida o‘quvchilarda bir qancha geometrik tushunchalarning o‘zlashtirlish jarayonini odganishdi, aynan shunday tushunchalar bilan ish kodishgan. Ular o‘quvchilarga tushunchalarning belgi hossalarining ketma ketligi keltirilgan kartochkalar taklif etishdi: standart shakl va “moddiylashgan” obraz (ip, simdan yasalgan burchak va sh.k.). o‘quvchilarga namunalar kodsatilgan va o‘quvchilar ular ustida amallar bajarishi kerak edi. Tushunchalar o‘quvchilarning amaliy faoliyatining natijasida o‘zlashtirilgan va tushunchalarni shakllantirishning bunday usuli ularning tajribalarida yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Biroq, boshqa mualliflarning tadqiqotlari, xususan A. N, Sokolovning ishi shuni ko‘rsatdiki, tushunchalarni shakllantirishning boshqacha tartibi ham qoniqarli natijalarga olib keladi, bunda, o‘quvchilar oldin nazariy materialni o‘zlashtirishadi, keyin esa uni amaliyotda qo‘llashadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling