3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari
3. Mashqlar yordamida geometrik tushunchalarni shakllantirish. Muhandislik grafikasining terminalogik tizimi ko‘p sohalar va fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, amaliyotda ishlab chiqarish sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan chizmachilik texnika va injenerlik inshoatlariga oid terminlar bilan ish ko‘radi. Chizma geometriya chizmachilik fanining nazariyasi sifatida u matematika fanining proyektiv geometriyaning bir shahobchasi sifatida undagi termin va tushunchalarni o‘zida majassamlashtirgan. Shuning uchun ham u geometriyaga oid terminlar va tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lib, matematika fanida, jumladan, geometriyada tushunchalarning ikki turi qaraladi 1 : a) geometrik obyektlarni xarakterlovchi tushunchalar, masalan “nuqta”; “tog‘ri chiziq”, “tekislik”, “sirt” , “burchak”, “ trapetsiya” va hakazo; b) geometrik obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aks ettiruvchi tushunchalar, masalan: o‘xshashlik (fuguralar uchun); “...da yotadi”, “...orqali o‘tadi” (nuqta va tog‘ri chiziqlar uchun); “... kesishadi” (tog‘ri chiziqlar uchun) va hokazo. Ma’lumki, o‘zbek tili leksikologiyasining talabiga ko‘ra birinchi turdagi tushunchalar uchun “tushuncha” terminini saqlab qolib ikkinchi turdagi tushunchalarni “munosabatlar”- deb atash ma’qul bo‘ladi. Bu terminlar o‘zida chizma geometriyaning terminalogik tizimini o‘rganish va tahlil qilishda ham uning funksiyasi saqlanib qolishini e’tirof etish mumkin. Chizma geometriya ham matematika fani kabi haqiqiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalarini grafik tasvirlar va yechimlar orqali o‘rganadi. O‘qitishda tushunchalar bilan munosabatlar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatish natijasida o‘quvchilarda tushunchalar va shu tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ongli ravishda o‘zlashtirish ortadi. Muhandislik grafikasidagi geometrik tushunchalarni bunday ikki turga bo‘lish undagi mashqlarni ham ikki guruhga bo‘lishni taqozo etadi: a) geometrik tushunchalaming mohiyatini ochib beruvchi mashqlar; Ж. Икромов. Мактаб математика тили.- Т.; “Укигувчи нашриёти”, 1977. 72-b. b) geometrik munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi mashqlar. Masalalar: - O‘quvchilarni yangi tushunchani o‘zlashtirishga tayyorlaydi; - O‘quvchilarga o‘rganilayotgan tushunchaning hajmi va mazmunini ochish imkonini beradi; - O‘quvchilarning tushunchalarning mantiqiy tuzilishini tushunishlariga ko‘maklashadi. Masalalarning o‘qitishdagi bu funksiyalarini e’tiborga olib, masalalardan chizmachilik va chizma geometriya tushunchalarini o‘rganishni ta’minlovchi (ya’ni tushunchani idrok qilishga tayyorlash, uning mazmunini ochish va mustahkamlash) material sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalalar tuzimidan foydalanishga bunday yondoshishini sxematik ravishda “masala-nazariya-masala” shaklida ifoda qilish mumkin. Buni o‘zaro aloqador bo‘lgan “masala-nazariya”(I) va “nazariya-masala” (II) kabi ikkita ifoda shaklida yozish mumkin [74;4]. (I) ko‘rinishdagi masalalar sistemasini echish jarayonida o‘quvchilar o‘rganilayotgan tushunchaga yakun yasashga olib kelinadi, ularga tushunchaning nazariy mazmuni (tushunchaning hajmi va mazmuni, uning ta’rifi, boshqa tushunchalar bilan aloqadorligi) ochib beriladi. (II) Ko‘rinishdagi masalalar tizimini echish jarayonida o‘quvchilar egallagan abstrakt holdagi bilimlarni aniq va tegishli hollarda qo‘llashga (obyektlarni ularning ma’lum bo‘lgan muhim alomatlari bo‘yyicha izlashga) o‘rgatiladi. Ikkala ko‘rinishdagi masalalar tizimi o‘rgatish xarakteridagi masalalar tizimini tashkil qiladi. Geometrik tushunchalar ikki sinfining (obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar) o‘quvchilarda shakllanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. 1. O‘quvchilarda obyektlar (yoki ular munosabatlari) ning ma’lum bir to‘plami haqidagi fazoviy tasavvurlar hosil qilish. 2. Obyektlar (yoki ular munosabatlari) ning muhim xossalarini aniqlash. 3. Tushunchalarning ta’rifini ifoda qilish. 4. Ta’rifda ko‘rsatilgan xarakteristik xossalarning to‘laligini aniqlash va ta’rifini ifoda qilishdagi talablarga rioya qilish. 5. O‘quvchilarda tushunchalar va ular tizimning mantiqiy tuzilishi xaqidagi tasavvurini shakllantirish. 6. Ma’lum bo‘lgan umumiy, abstrakt holatlar asosida aniq tegishli hollarini o‘rganish. Bunga ko‘ra, o‘rgatish xarakteridagi masalalar o‘z ichiga: I. O‘quvchiga o‘rganilayotgan obyektlar (yoki ular munosabatlari) haqida obrazli tasavvur hosil qilishga tushunchaning hajmi haqida tasavvur hosil qilishga ko‘maklashuvchi. II. O‘quvchiga yechish jarayonida qaralayotgan manbadagi har bir obyekt (yoki ular munosabatlari) ga xos bo‘lgan xossalarini ochib beruvchi. III. O‘quvchiga o‘rganilayotgan tushunchaning avvallari aniqlangan muhim xossalari asosida shu tushunchaning ta’rifini tuzish va ifoda qilishga imkon beruvchi. IV. O‘quvchiga ta’rifda ko‘rsatilgan har bir xossaning maqsadi zarurligini tushunib yetishga ko‘maklashuvchi. V. O‘quvchining yechish jarayonida ta’rifda ko‘rsatilgan xossalar qatoriga kirmagan, lekin bu xossalarning natijasi sifatida kelib chiqadigan yangi xossalarni topishda (qo‘lga kiritishda) ta’rifning ahamiyati va o‘rnini aniqlashda yoki qaralayotgan tushunchani avvallari o‘rganilgan tushunchalar bilan aloqasini izlashiga imkon beruvchi. VI. O‘quvchida: a) muhim xossalari ta’rifida ko‘rsatilgan obyektlar (yoki ular munosabatlari) ning shunday to‘plami haqiqatan ham mavjudligiga ishonch hosil qilishga; b) umumiy, abstrakt holdagi bilim qanday qilib konkret, xususiy holatlarni o‘rganishga imkon berishini qo‘lga kiritishga sharoit yaratuvchi masalalarni yechish jarayonida o‘rganilayotgan tushunchaning mazmunini ochish amalga oshiriladi, aqliy faoliyat aniqlikdan (konkretdan) abstraktga tomon yonaltiriladi. Shuning uchun ham ular (I) ko‘rinishdagi masalalar tizimini tashkil qiladi. Oxirgi ko‘rinishdagi masalalar tizimini tashkil qiladi. Geometrik tushunchalarni o‘rganishda o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalariga qarab bu yolga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Agar yordamchi tushuncha deb ataluvchi tushuncha qaralgan bo‘lsa (masalan, “orasida yotadi” degan tushuncha “kesma” tushunchasi uchun yordamchi tushunchadir, shu ningdek yonalishdosh nurlar” tushuncha “yonalish” tushunchasi uchun yordamchi tushunchadir va hokazo), u holda o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatidagi II punkt tushirib qoldirilishi mumkin. Agar o‘quvchilar qo‘llayotgan tushuncha bilan avvallari duch kelgan bo‘lsalar va bu tushuncha haqida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘lgan bo‘lsalar, u holda I punkt tushirib qoldirilishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida yuqorida tavsiya etilgan yoldan tizimli ravishda foydalanib borilgach, o‘quvchilarda ma’lum darajada ko‘nikma hosil bo‘ladi, shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan muammoga tezda javob bera oladigan bo‘lsalar, u holda I, III. IV punktlarni tushirib qoldirish mumkin. Bunda ko‘rsatma-qo‘llanmalardan foydalanishda aniqlikni sekin-asta predmet-model-rasm- simvol yonalishida kamaytirib boriladi. Geometrik tushunchalarni, ayniqsa sistematik kursning dastlabki davrlarida, yuqoridagi tartibda o‘rganish o‘quvchilarning o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ularning aqliy faoliyatlari, ya‘ni ularda taqqoslash, umumlashtirish, analiz va sintez qilish malakalari shakllanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling