3-ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Til ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar. (2soat) Ma’ruza rejasi


Download 19.7 Kb.
bet3/3
Sana10.02.2023
Hajmi19.7 Kb.
#1188052
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu

So‘zlar olamiga sayohat. Bu tadbir o‘quvchilarning so‘z zaxirasini oshirisgga qaratilgan tadbirdir. O‘quvchilar darsdan keying bo‘sh vaqtlarida so‘zlarning etimologiyasi, ularning leksik ma`nosi olamiga sayohat qilishadi. Tilimizdagi so‘zlar juda kata xazina bo‘lganligi sababli, o‘qituvchi qaysi uyadagi so‘zlar yuzasidan o‘quvchilarning tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligini 10-15 kun oldin ma`lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini uqtiradi.
Ko‘rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, uni tashkil etishda o‘quvchilarning Yoshi, bilm saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang`ich sinflarda “Kimning xati chiroyli” , “Matn mazmunini kim tez va to‘g`ri tushunadi?” kabi mavzular tanlansa, 5-6 sinflarda “Namunali mashq daftari”, “Badiiy (yoki ilmiy) mavzuda yozilgan eng yaxshi insho” singarilar tanlanishi mumkin.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo‘lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin.Olimpiada g`oliblari maktab ma`muryatining buyrug`I bilan rag`batlantiriladi. Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o‘tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman (shahar)da, uchinchi bosqich viloyatda va to‘rtinchi bosqichi Respublikada o‘tkaziladi.
Konferensiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo‘lib, u asosan, 8-9 va undan keying siflarda o‘tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o‘quvchilarga ma`lum qilinadi; bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo‘yicha kimlar tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi belgilanadi.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar alohida – alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o‘zaro bog`langan, biri ikkinchisini to‘ldiradigan tadbirlardir.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

1. Ona tili talimida innovatsiya pedagogik texnologiyalar


2. Darslardan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi haqida qanday ma'lumotga ega bo‘ldingiz?
3. To‘garak qanday mashg’ulot turi?
4. Innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilingan darslarda kafolatlangan natijaga erishish omillarini izohlang.
1-topshiriq. Innovatsiya pedagogik texnologiyalar haqidagi fikrlaringizni yozing.
2-topshiriq. Darslardan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi haqidagi fikrlaringizni esse tarzda yozing.
3-topshiriq.Interfaol usullarni nomlarini keltiring.
GLOSSARIY
TO‘GARAK ­ - sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi.
KO‘RIK-TANLOV – vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, uni tashkil etishda o‘quvchilarning Yoshi, bilm saviyasi hisobga olinadi.
Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling