3-ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Til ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar. (2soat) Ma’ruza rejasi


Download 19.7 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi19.7 Kb.
#1188052
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu


3-MA’RUZA MASHG‘ULOTI.
Mavzu: Til ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar. (2soat)
Ma’ruza rejasi:
1.Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar.
2.Innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilingan darslarda kafolatlangan natijaga erishish omillari.
3.Rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimida ona tilini o‘qitish tajribasi, metodlari va va ulardan foydalanish.
4.Darslardan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga til ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tushuncha berishdan iborat.
Tayanch tushunchalar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiya, multimedia, elektron darslik, kompyuter,innovatsiya, ona tili ta’limiga zamonaviy yondashuv, innovatsion texnologiyalar, kompetensiya.
MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
Ona tili talimida innovatsiya pedagogik texnologiyalar. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutgani holda, ta’lim oluvchilarda bilim olishga va yangiliklarni puxta o‘zlashtirishga ehtiyojini, shuningdek, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz ta’lim jarayonining asosiy vazifasi sifatida belgilab berdi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy maqsadi — barcha sohalarda yetuk mutaxassis shaxsni tayyorlash, uning ijodiy, ruhiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda axloqiy jihatdan mustahkam faol fuqaroni tarbiyalashdir. Oliy ta’lim tizimidagi asosiy vazifalardan biri o‘quv jarayoniga pedagogik innovatsion usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar(AKT)ni joriy qilish orqali zamon talabiga muvofiq ta’lim berish jarayonini keskin o‘zgartirish bo‘lib, uning asosini oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan fanlarning uslubiy tizimlarini yaratish tashkil etadi. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol pedagogik texnologiyalardan uzluksizlik va uzviylik tamoyili asosida foydalanishga katta e’tibor berilmoqda, chunki ta’limning interfaol turi maktabgacha ta’lim bosqichidan to oliy ta’lim jarayonigacha ta’lim oluvchida mustaqil tafakkur hamda tezkor faoliyatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ta’limning interfaol metodlaridan har bir bosqichda talabaning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari, tafakkur tarzini hisobga olgan holda foydalanish, aniq bir talabalar auditoriyasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish o‘qituvchidan katta pedagogik mahoratni talab qiladi. Xususan:
«Himoyaga kim chiqadi»;
«Tez savolga — tez javob»;
«Tarmoqlar (Klaster)»;
«Aqliy hujum»;
«Matnni davom ettir»;
«Yelpig‘ich»;
«Domino»;
«Raqamli diktant» kabi metodlar oliy ta’lim tizimida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va ulardan dars jarayonida foydalanish esa talabalarni darsga nisbatan qiziqishini oshiradi.
O‘qituvchi talabaning talab va ehtiyojlariga ko‘ra ta’lim texnologiyalariga asta-sekin murakkab elementlarni kiritgan holda oqilona qo‘llay bilishi lozim. Har bir pedagog shuni doimo yodda tutishi kerakki, hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari talabalarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash va ijod qilishga yo‘naltirilmog‘i lozim. Shuning uchun ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga nisbatan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday usullar talabalarga tayyor bilimlarni o‘zlari qidirib topib, mustaqil o‘rganib, tahlil qilish va xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlari lozimligini o‘rgatadi. Bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratiladi, talaba dars jarayonining asosiy ijrochisiga aylanadi. Interfaol usullar o‘qituvchi-talaba hamda talabalarning o‘zaro birgalikdagi harakatlaridir. Ushbu jarayonda o‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotining tashkilotchisi, rahbari va nazoratchisi vazifasini bajaradi.Innovatsiya «Innovatsiya» (lotincha «innîvatis») - yangilik, yangi tartib-qoida, o‘zgarish degan ma’noni anglatadi. Ko‘pincha «innovatsiya» atamasi o‘rniga unga yaqin turdagi atamalar ham ishlatiladi: isloh modernizatsiyasi, takomillashtirish, zamonaviylashtirish.
Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «Innovatsion texnologiya» terminining etimologiyasiga ko‘ra, «innovatsiya» (inglizcha innovation — kiritilgan yangilik, ixtiro) «fan-texnikada joriy etilgan yangilik» ma’nosini ifodalaydi, «texnologiya» esa lingvodidaktik tushuncha sifatida «kam vaqt, kuch va mablag‘ sarflab, ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlovchi sa’y-harakatni ilmiy tashkil qilishning oqilona usullari majmui»ni ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy pedagogikada innovatsion texnologiyaning muayyan usullari sifatida, masalan, Brain storming, case, zigzag, cluster, project, method kabi turlarini qo‘llash katta natija beradi.
Ayrim holatlarda biz, talaba o‘qishni bilmasa, grammatikani bilmasa, u gapira olmaydi deb asosiy kuch va urg‘uni o‘qishga, grammatikani o‘rgatishga katta etibor qaratamiz. Biroq, intellektual salohiyat, o‘zlashtirish, qabul qilish, anglash va xotira darajasi har bir o‘quvchida o‘zgacha rivojlangan bo‘ladi. Kimdir eshitish, kimdir yozish yoki o‘qish, yana kimdir esa faqat ko‘rish va so‘zlash orqali yaxshi qabul qiladi. Shu bois ham, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, imkon qadar har bir o‘quvchiga, uning salohiyatidan kelib chiqib, individual yondashgan holda, o‘zlashtirish va singdirishning turli vositalaridan, eng muhimi, og‘zaki nutqni rivojlantirish usullaridan ham unumli foydalanishimiz zarur.
Ta’limda yangi texnologiyalarni qo‘llash pedagogik amaliyotda yangi yo‘l va vositalarni jadal tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayni paytdagi pedagogik texnologiya ta‘limiy samaradorlikni oshirish yo‘llarini tahlil qilish, qo‘llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoyillarini aniqlash va eng maqbul yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
3.Innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilingan darslarda kafolatlangan natijaga erishish omillari. Bugungi kunda barcha fanlar qatori ona tilini o‘qitishda Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 10-aprelida qabul qilingan qaroriga asosan ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish masalasi o‘z ifodasini topgan.

Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling