3-ma’ruza. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Matlab dasturiy muhiti bilan ishlash. Reja


MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1443168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
3-мавзу-MO\' da Матлаб

 
1.2. MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari 
 
MATLAB - matematik va ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga 
mo’ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va 
tekshirilgan, avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo’lib, u matrisa va matrisaviy 
amallarni kengaytirilgan talqini ustiga qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida 
o’z aksini topgan, ya’ni MATLAB - matrix laboratory - matrisali laboratoriya. 
Ma’lumki, juda ko’plab dasturlar va ular ustida amallar bajarish sikllar orqali 
amalga oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini sekinlashtiradi va ba’zi bir amallarni 
bajarishni dasturlash tillarida ko’p o’lchamli, xususan, ikki o’lchamli, ya’ni 
matrisalarni e’lon qilishni murakkablashtiradi. MATLABda asosiy obyekt sifatida 
matrisalardan foydalanish sikllar sonini keskin kamaytiradi.
MATLAB tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo’lib, texnik va 
matematik xisoblashlarga yo’naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli 
usullarni amalga oshirish uchun tadbiq etib kelinayotgan an’anaviy dasturlash 
tillari imkoniyatlaridan ustunroq dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur 



tizimni yaratishda hisoblashlar tezligini oshirishga hamda tizimning turli xil 
masalalarini hal qilishga moslashuvchanligiga katta e’tibor qaratilgan. 
MATLAB tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga 
oshiradi: 
a) modullarni, ya’ni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan 
protsedura modulli dasturlash;
b) obyektga yo’naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini 
joriy qilish ahamiyati); 
c) foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo’ljallangan vizual-
yo’naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface). 
Umuman olganda, MATLAB dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi. 
Demak, bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo’yicha 
aniqlanadi va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-
qism bo’yicha tekshirishni osonlashtiradi.
Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish 
mumkinligidir.
Tizimning juda ko’plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m-fayl 
(kengaytmasi .m) va C/C++ fayllari ko’rinishida bo’lib, barcha fayllarni 
modifikasiya qilish mumkin.
Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish
quyidagicha amalga oshiriladi: 
Boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun >> belgidan 
foydalaniladi; 
Ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi; 
Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma xarflar bilan yoziladi, hamda 
ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi. 
Ma’lumki, o’zgaruvchilar kompyuter xotirasida, ya’ni ishchi soha 
(workspace) da ma’lum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o’zgaruvchilardan 
tozalash uchun clear funksiyasining turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi, 
masalan:

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling