3-ma`ruza materiallarni bichishda detallarni joylashtirish. Materiallardan foydalanishni me`yorlashtirish reja


Materiallardan foydalanishni me`yorlashtirish


Download 0.69 Mb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1034850
1   2   3
Bog'liq
Маъруза 3 MATERIALLARNI BICHISHDA DETALLARNI JOYLASHTIRISH. MATERIALLARDAN FOYDALANISHNI ME`YORLASHTIRISH (1)

Materiallardan foydalanishni me`yorlashtirish
Birlik mahsulotga material sarfi N ma`lum turdagi va o’lchamdagi poyabzal detallarining yoki jamlanmaning sof maydoni a hamda material maydoningng foydalanish foizi P ga bog’liq.
Asosiy materiallarning sarf me`yori (m2) detallar jamlamasi ak ning (tanavor va astarlik uchun) yoki detallar (tag va yordamchi detallar uchun) o’rtacha sof maydonning material maydonining o’rtacha foydalanish foizi Po’r ga nisbatining 100 ga ko’paytmasiga teng:


yoki

Asosiy poyabzal materiallari sarf me`yorini quyidagilar uchun tuziladi:


a)bir juft poyabzalning ustki qismi uchun teri, m2 (dm2) – o'rtacha o'lchami bo’yicha sof maydonini ko’rsatgan xolda, turli konstruktiv xususiyatlarga ega jins va turlar bo’yicha rejalashtirish uchun. Foydalanish foizi o'rtacha nav bo’yicha belgilanadi;
b) poyafzalning yuqori qismidagi matolar va bir juft poyabzal astari hamda astarni tashkil etuvchi alohida detallar uchun, m2 (dm2) ‒ o'rtacha o'lchami va foydalanish foizi birinchi nav bo’yicha kengligini gicobga olgan xolda, turli konstruktiv xususiyatlarga ega jins va turlar bo’yicha rejalashtirish uchun;
d) bir juft poyabzal uchun sun'iy teri, m2 (dm2) ‒ turlar, materiallar turi, alohida detallar (qonj, gulchin, tumshuq osti, to’shama, taglik va b.) bo’yicha, o’rtacha o’lchami va birinchi nav materialning foydalanish foizi bo’yicha har bir detalning sof maydonini ko’rsatgan xolda, rejalashtirish uchun;
e) bir juft poyabzal pastki qismi uchun teri, m2 (dm2) - poyabzal jinsi va turlari bo'yicha, biriktirish usullari bo’yicha asosiy detallarni (tagliklar, to’shama, orqa qismlar va b.) har bir detalning o’rtacha o’lchami bo’yicha sof maydinini ko’rsatgan xolda rejalashtirish uchun. Foydalanish foizini yirik va mayda detallarning chiqishi bo’yicha o'rtacha nav bo'yicha alohida olinadi.
To'plam detallarining o'rtacha sof maydoni ikki yo'l bilan aniqlanishi mumkin:
1) har bir o'lcham, tur, jins, fason va poyafzal modeli uchun o’lcham assortimentini hisobga olgan xolda belgilangan o'rtacha sof maydon bo’yicha;
2) boshlang'ich (shartli qabul qilingan) va o'rtacha o’lchamlar (DS bo’yicha) orasidagi farqqa tuzatish kiritgan xolda, mazkur guruh boshlang'ich o’lchamdagi poyabzalning sof maydoni bo’yicha.
3.1-jadvalda ayollarning yozgi tuflisi ustki detallarining o’rtacha sof maydonini, o’lcham assortimentini hisobga olgan xolda, birinchi usulda hisoblash berilgan.
3.1-jadval. Ayollarning yozgi tuflisi ustki detallarining o’rtacha sof maydonini

Poyabzal o’lchami, cm

Bir juft poyabzal uchun sof maydon, dm2

O’lcham assortimentidagi nisbiy miqdor

Assortimintning sof maydoni, dm2

O’lchamlarning o’z nisbiy miqdoriga ko’paytmasi

21,5

8,86

0,5

4,430

10,75

22,0

9,15

0,5

4,575

11,00

22,5

9,45

1

9,450

22,5

23,0

9,69

12

116,280

276,0

23,5

9,98

15

149,700

352,5

24,0

10,28

16

164,480

384,0

24,5

10,60

18

190,800

441,0

25,0

10,85

24

260,400

600,0

25,5

11,24

10

112,400

255,0

26,0

11,37

1

11,370

26,0

26,5

11,62

1

11,620

26,5

27,0

11,83

0,5

5,915

13,5

27,5

12,04

0,5

6,020

13,75

Jami

100

1047,44

2432,5

3.1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, ayollarning yozgi tuflisi ustki detallarining o’rtacha sof maydonini 10,47•10-2 m2 (10,47 dm2) rkan.
Oyoq kiyimlarining pastki qismi uchun teriga bo'lgan ehtiyojni hisoblash yanada murakkabdir, chunki pastki qismdagi iste'mol normalari materialning turi va toifasiga (qalinligi) bog'liq, shuning uchun detallarning ma'lum bir turdagi terining qalinligi guruhlari bo'yicha chiqishlarini hisobga olgan holda o'rtacha sof maydonlarga qarab hisoblab chiqiladi. Assortiment uchun poyabzalning teridan bichiladigan tag detallarining sof maydoni material turi va hududlari ko’rsatilgan tarzda aniqlanadi. Materialning turi va qalinligi bo’yicha ehtiyojlar qo’shib chiqiladi va umumiy sof maydon aniqlanadi (3.2-jadval).
3.2-jadval. Materialning turi va qalinligi bo’yicha ehtiyojlarni hisoblash

Qalinlik guruhi

Qirqib olingan detalning minimal qalinligi

Materialning sof maydoni bo’yicha ehtiyoj

Material turi

1

h1

∑a1

Yopqich

2

h2

∑a2

Yopqich

3

h3

∑a3

Yopqich va gardan

4

h4

∑a4

Gardan va etak

5

h5

∑a5

Gardan va etak

Jami










Materialning turi va qalinligi bo’yicha ehtiyojlarni hisoblash quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

FA – A kategoriyadagi teriga bo’lgan ehtiyoj;
∑a1 – a1 detallarning sof maydoni yig’indisi;
P1 – maydondan foydalanish foizi.

3.3-jadval. Materialning turi va qalinligi bo’yicha ehtiyojlar hisobi



Qalinlik guruhi

Qirqib olingan detalning minimal qalinligi

Materialning sof maydoni bo’yicha ehtiyoj

Material turi

1

4,2

230

Yopqich

2

3,6

400

Yopqich

3

2,7

745

Yopqich va gardan

4

2,1

450

Gardan va etak

Jami




1825




Agar korxonaning bir kunlik charm detallarga bo’lgan ehtiyojini 3.3-jadvalda keltirilgan miqdorlarda deb olsak, foydalanish foizlari P1=23%; P2=43; P3=61% va P4=81% bo’lsa, fabrikaning bir kunlik charmga bo’lgan ehtiyoji quyidagicha boladi:

Yopqich 4,1-4,5 mm 1000 m2


Yopqich 3,6 mm 930 m2
Gardan 3,6-4,0 mm 1200 m2
Etak 3,1-3,5 mm 550 m2
Jami: 3680 m2

Nazorat savollari

1 Bichish jarayonida andazalarni joylashtirishning tizimini tanlash nimaga bog’liq?


2 Barcha bishiladigan materiallarni ularning xususiyatiga qarab necha guruhga bo'lish mumkin?


3 O'rta va katta maydondagi poyabzallarning ustki qismini teridan bichishda qaysi tizim qolaniladi?


4 Detallarni siljitishning barcha variantlarini necha guruhga bo'lish mumkin?


5 Materiallarning sarf me`yori qanday aniqlanadi?
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling