3-ma`ruza materiallarni bichishda detallarni joylashtirish. Materiallardan foydalanishni me`yorlashtirish reja


Andazalarni joylashtirish usullari


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1034850
1   2   3
Bog'liq
Маъруза 3 MATERIALLARNI BICHISHDA DETALLARNI JOYLASHTIRISH. MATERIALLARDAN FOYDALANISHNI ME`YORLASHTIRISH (1)

Andazalarni joylashtirish usullari
Poyabzalning ustki qismi uchun ishlatiladigan terining bichish vaqtida hisobga olinadigan xususiyatlari: qalinligi, zichligi, cho’zilishi va old qatlami sifati. Poyabzal ustki qismi uchun ishlatiladigan terining bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishlardagi cho’zilishi bir xil emas: odatda, bo’ylama yo’yalishdagi cho’zilish ko’ndalangdagidan kamroq. Terining markaziy qismida barcha yo'nalishlarda cho’zilish deyarli bir xil.
Teri etak qismi va ayniqsa qo’ltiq qismlaridagi bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishlardagi cho’zilish o’zaro katta farqga ega. Buzoqcha, buzoq, cho’chqa yon terilarida bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishlardagi cho’zilishdan tashqari uchinchi 45° burchak ostida yo’nalgan cho’zilish (tahminan orqa qo’ltiqqa parallel) ham mavjud. Ko’ndalang yo’nalishdagi tortilishdan tashqari ikkinchi, 135° burchak ostida yo’nalgani ham bor. Teri gardan qismida eng kam tortiluvchan yo’nalish umurtqa chizig’iga nisbatan 135° burchak ostida yo’nalgan. Poyabzal tanavori uchun ishlatiladigan teridagi kamroq tortiladigan yo’nalishlar sxematik tarzda 3.1-rasmda ko’rsatilgan.
Detallarning ko'rinishiga alohida e'tibor berilishi kerak, shuning uchun bichish vaqtida materialning old qatlamining xususiyatini hisobga olish kerak. Terining markaziy qismi odatda butunlay silliq bo'ladi. Gardanda umurtqa chizig’iga ko’ndalang xolatda xosil bo’ladigan sut davri chiziqlari bo’ladi; etak, qo’ltiq va gardanlarda tekislanmagan joylar uchraydi. Terining turli joylarida old qatlamining rangi va tusi bir xil emas, jilosi ham boshqacha. Shuning uchun, bir juft poyabzal to'plamiga kiritilgan detallar jilo beruvchi naqshiga muvofiq joylashtirilishi kerak.

3.1-rasm. Poyabzal tanavori uchun ishlatiladigan teridagi kamroq tortiladigan yo’nalishlar sxemasi
Bichishda andazalar quyidagi tartibda joylashtiriladi: betliklar, tumshuqlar va yonliklar, ya'ni ahamiyatliroq qismlar - terining markaziy qismida; dastaklar, gulchin, qo’nj, ya'ni kamroq ahamiyatli qismlar - gardan, yon va qo’ltiqlarda. Terining barcha topografik maydonlaridan o’rinli yaxshiroq foydalanish uchun,
ham katta ham kichik maydon turli nisbiy qiymatli maydonlari bo’lgan muhimroq detallar jamlamalarining ko’rinishi va o’lchamlarini birlashtirishga to’g’ri keladi.
O'rta va katta maydondagi poyafzallarning ustki qismiga terini bichishda, to’g’ri chiziqli ilgarilama siljish tizimi (parallelogramm tizimi) qolaniladi. Ko'pincha, bu tizim yopqichlarni, buzoq terisi (virostka), emadigan buzoqcha terisi (opoyok), cho'chqa va ot terisini bichish uchun ishlatiladi.
Bichish teri son qismining o'rtasidan yoki nuqsondan boshlanadi. Ushbu tizimdagi detallar model shkalasini qurishda aniqlangan muqobil variantga muvofiq joylashtirilishi kerak. Bu shuni anglatadiki, betliklar betliklar bilan, tumshuqliklar tumshuqliklar bilan terining yopqich qismida imkon qadar zichroq joylashtirilishi kerak. Terining chekka qismlari to’g’ri chiziqli ilgarilama siljish tizimidan ba`zi chetlanishlar bilan, qismlarni siljitishning asosiy qoidalariga rioya qilgan xolda va eng kam tortilish yo'nalishini hisobga olib bichiladi.
Kichkina maydonlarning terisini va "baliq" (yopqich+gardan+orqa qismi)ni bichish qirg'oqdan boshlanishi kerak. Bichish tizimiga ta'sir qiladigan katta yig’ilgan nuqsonli terini bichish nuqsondan boshlanishi kerak, bunda andazani, siljitish variantini hisobga olgan holda, joylash kerak.
Detallarni siljitishning barcha variantlarini to'rt guruhga bo'lish mumkin:
1) bir yo'nalishda siljitish, ya'ni, barcha qatorlardagi barcha detallarni bir tomonga yo'naltiriladi (3.2-rasm). Misol uchun, "qayiqcha" poyabzalining qismlari, ayrim turdagi astarlarning detallari va boshqalar;



3.2-rasm. Betliklarning barcha qatorlarda bir tomonga siljitish sxemasi.
2) bir qatorning detallari bir tomonga joylanadi, oraliq qator detallari esa, birinchisiga qarama-qarshi tomoni bilan siljitiladi (3.3-rasm). Misol uchun, botinkalarning yaxlit betliklari, "konvert" yarim botinkalari, ayollarning "qayiqcha" tuflilari, dastaklar, gulchinlar va boshqalar;

3.3-rasm. Betliklarning oraliq qatorlarda qarama-qarsii tomoni bilan siljitish sxemasi
3) keyingi qism qarama-qarshi yo'nalishda yoki oldingi qismga burchak ostida joylashgan xoldagi siljitish (3.4- va 3.5-rasmlar). Misol uchun, "konvert" yarim botinkasi betligi, qo’yma betlikli yarim botinka, dastak va boshqa detallar;


4 ) to'plamning bir nechta turli detallari siljitish orgali "uya" ni tashkil qiladi (3.6-rasm). Bunday "uya" boshqa "uya" bilan sanab o’tilgan siljitishlarning istalgan variantlari bo’yicha siljitilishi mumkin. Bu model poyabzallar detallarini charmdan bichishda keng qo’llaniladi. Model poyabzallar uchun yuqori sifatli (zichlik, qalinlik, tusi va boshqa xususiyatlarga ko'ra) bichim olish muhim ahamiyatga ega.


3.6-rasm. Detallarni “uya” shaklida siljitish sxemasi

3.7-3.11-rasmlarda detallarni siljitish uchun to'rtta variantni ishlatib, to’g’ri chiziqli ilgarilama siljitish tizimda poyabzalning ustki qismiga turli xil terini bichish sxemalari berilgan.






















Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling