«Mexanika» fanining «Mashina detallari»


Download 1.48 Mb.
bet1/7
Sana10.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1185933
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MMN javoblari


«Mexanika» fanining «Mashina detallari» qismi yakuniy nazorat uchun savollar

  1. Mashina detallari fanining o’rni vazifasi va tari


Mashina detallari - 1) bir jinsli materialdan yigʻib tayyorlanadigan mashinaasboblarapparatlar yoki qurilmalar qismi; umumiy va maxsus ishlarga moʻljallangan xillari bor. Umumiy ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga koʻpgina mashinalar, asboblar va boshqa uchun tipik boʻlgan detallar (mas, tishli gʻildiraklar, qisqa va uzun o'lchamli vallar, oʻqlar, boltlar, shponkalar, gaykalar), shuningdek, egiluvchan (qayishqoq) va korpus detallar kiradi. Egiluvchan Mashina detallari zarb energiyasini titrashlar va boshqalarni soʻndirish uchun ishlatiladi; bularga membrana, prujina, rezina vtulkalari va qistirmalar, ressoralar va boshqa kiradi. Korpus Mashina detallari mashinadagi taʼsir etuvchi asosiy kuchlarni qabul qiladi; bularga poydevor ramalari, plitalarstaninalar kiradi. Mashina detallari aloxida guru-hini moylash qurilmalari va moy oʻtkazgichlarning detallari (filtrlar, shtutserlar, moy koʻrsatkichlar va boshqalar) tashkil etadi. Maxsus ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga faqat maʼlum turdagi mashinalarning detallari (turbina kuraklari, tirsakli vallar, havo vintlari va boshqalar) taallukdi boʻladi;
Mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va bo’laklarga ajralmaydigan eng kichik qismi detal’ deb ataladi. (Masalan: gayka, bolt, shponka, prujina va x.k.) Mashinaning ma’lum bir vazifasini bajarishga mo’ljallangan va bir necha detallardan tuzilgan qismi uzel deyiladi. (masalan: reduktor, mufta, podshipnik va Buyuk olim Aflotun (Yangi eradan 3,5 asr ilgari) Leonardo-da Vinchi (1452-1519) o’z asrlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma va turli mashinalar xaqida ba’zi ma’lumotlar yoritilgan bo’lsalarda , mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga faqat X1X asrda asos solindi. Eramizdan 3,5 asr oldin yashab ijod qilgan qadimgi grek filasoflari Platonninng «Gosudarstvo” Aristotetelning “Mexanicheskie problemi” asarlarida tishli uzatmalar, krivoship, kotok va xokozolar ishlatilishi haqida xabarlar uchraydi. Arximed (287-212 yil eramizdan oldingi) suvni ko’taruvchi mashinadan foydalangan. 1100 yil monax Teofila Pribiterning maxovikdan foydalanganligi haqida ham habarlar mavjud. U111 asrga kelib bug’ mashinalar yaratilishi va 1X asrga kelib paravozning yaratilishi bilan parchin mixli birikmalardan foydalanila boshlandi. O’tgan asrning 70 yillarida velosipedning yaratilish bilan dumulash podshipniklaridan keng foydalanila boshlandi. K.D.Frolov birinchi bo’lib chugundan tayyorlangan rel’sdan foydalanishni taklif etdi. Rossiya mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim professor I.A.Vishnegradskiydir. “Mashina detallari” deb atalgan birinchi kitobni professor V.A.Kiripichev 1881 yilda Peterberg shahrida kashf ettirdi.

  1. Mashina detallarining ishonchlilik qobiliyatini belgilovchi me’zonlar: mustaxkamlik, bikrlik va xokazo.

Ishga layoqatlilik – buyumning shunday xolatiki, bunda u texnik xujjatlarda ko’rsatilgan ko’rsatkichlar bo’yicha berilgan vazifalarni bajarishga qodir bo’ladi. Mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik, titrashga va eyilishga chidamlilik detalning ishlash layoqatini aniqlashning asosiy omillaridir. Mustahkamlik. Detallarning ishlash sharoitida, deformatsiyalanishi me’yorida, sinmay va benuqson ishlay olish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Yangi detallar loyihalashda, avvalo, uning mustaxkam bo’lishini ta’minlash zarur. Bikrlik. Kuch ta’sirida ishlaydigan detallarni loyixalashda mustaqillik etarli emas. Masalan: ma’lum kuch va moment ta’sirida aylanayotgan val mustaxkam bo’lishiga qaramay, ruxsat etilgandan ortiq egilishi mumkin. Detalning bikrligini ta’minlash uchun ko’proq egilishi mumkin bo’lgan uchastkasi aniqlanib, o’sha erdagi deformatsiya aniqlanadi va ruxsat etilgan qiymat bilan solishtriladi. Agar xisob qiymati ruxsat etlgan qiymatdan kichik yoki teng bo’lsa, detalning bikrligi qoniqarli deb topiladi.

  1. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar. Ruxsat etilgan kuchlanishlar.

Po`lat, cho`yan, rangli materiallar, plastmassa, rezina, yog`och, teri, keramika. Po`lat deb temir - uglerod (2,14 %gacha) qotishmasiga aytiladi. Tarkibiga ko`ra po`latlar ikki turga bo`linadi: Uglerodli po`latlar .Legirlangan po`latlar.Ko`p mashina va mexanizmlarni tayyorlashda konstruktsion po`latlardan foydalanadi. Oddiy sifatli po`latlardan konstruktsion po`latlarni farqi shuki, ularda zararli oltingugurt, fosfor va boshqa qo`shimchalar ozroq bo`ladi. Barcha xollarda sifatini yaxshilaydigan kremniy va marganets (Mp) mikdori ko`p bo`ladi. CHo`yan deb temir qotishmasi tarkibida 2,14% dan ortiq uglerod miqdori bo`lgan birikmaga aytiladi va uch turga bo`linadi.Kul rang cho`yan-asosiy ishlatadigan material. Narxi arzon bo`lib mexanik xossalari qoniqarli, suyuqlantirib quyganda yaxshi xususiyati bor. Rangli metallar. Mis qotishmalari rangli metallarga kiradi va bronza va latunlarga bo`linadi. Bronza deb-mis bilan qurg`oshin, alyuminniy, kremniy berilliy va boshqa metal qotishmasini aytiladi.Bronzalar Br bilan belgilanadi va tarkibidagi element miqdori bilan ko`rsatiladi. Qo`shiladigan elementlar: A-alyuminiy, B-bereliy, J-temir, K-kremniy, N- nikelM- marganets, O- olova, S- qo`rg`oshin, TS-tsink, F- fosfor Masalan: Br 09F1---9% -olova: 1%-fosfor , 90%- mis. Ruxsat etilgan kuchlanish deganda ma’lum nagruzka ta’siridagi detalning xavfli kesimida hosil bo’ladigan va uning mo’ljallangan vaqt ichida benuqson ishlashini ta’minlovchi eng kata qiymati tushuniladi. Kuchlanishning bu qiymatini topish uchun chegaraviy kuchlanish hamda mustaxkamlik zonasi qiymatlari aniqlangan bo’lishi kerak. Bu qiymatlar shu materiallarninng namunalarini laboratoriya sharoitida sinash natijasida topiladi. Masalan: plastik materialning statik cho’zilishini sinash natijasida quyidagi grafik topilgan.
Plastik materiallar uchun: , ok.
Mo’rt materiallar uchun: :
Metallmas materiallardan tayyorlangan detallarning ruxsat etilgan kuchlanish qiymatini topish uchun quyidagi formuladan topiladi.
chegaraviy kuchlanish n– mustahkamlik zonasi koeffitsenti. U holda ruxsat etilgan kuchlanish Ruxsat etilgan kuchlanishni topish uchun chegaraviy kuchlanish va mustaxkamlik zapasi koeffitsenti ma’lum bo’lishi kera


  1. Download 1.48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling