«Mexanika» fanining «Mashina detallari»


Download 1.48 Mb.
bet2/7
Sana10.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1185933
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MMN javoblari

Birikmalar. Umumiy ma’lumotlar













5 Rеzbali birikmalar. Umumiy ma’lumotlar. Rеzbalarning asosiy turlari.


  • Ajraladigan birikmalarning eng ko’p tarqalgan turi rezbali birikmalardir. Bolt, vint, shpilka rezbalaming xususiy hollari bo`lib, mashinalarning ular vositasida yig‘ilgan uzellari kerak bo`lgan vaqtda ayrim detallarga ajratilishi va yana qayta yig`ilishi mumkin. Rezba hosil qilingan sirtning shakliga ko'ra silindrsimon va konussimon rezbalar farqlanadi. O'q bo'yicha ko'ndalang kesim shakliga ko'ra rezbalar beshta asosiy turlarga bo'linadi: uch burchakli, tirak, trapetsiyaviy, to'g'ri burchakli va doiraviy Rezbalarning asosiy turlari: a - uchburchakli: b. tirak; d — trapesiyaviy; c - to'g'ri burchakli: g- doiraviy. Vint chizig‘ining yo'nalishi bo’yicha o'naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko'ra bir kirimli va ko'p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlashjipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo'linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llanadi va ular uchburchakli profilga ega bo'lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir.

  • O’z-o'zidan bo'shab ketish hollaridan mustasno. Mahkamlash jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo`lanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallarining bir kirimli tarzda bo'lishi tavsiya etiladi.

  • Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapetsiyaviy (ba’zan esa to'g'ri burchakli) profilga egadir.

  1. Rеzbali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash.

Rezbani mustahkamlikka hisoblashda yuklanish o’ramlari orasida, bir xilda taqsimlanadi deb qabul qilinadi. Lekin tajribalar shuni kursatadiki, bu yuklanish bir xil bulmaydi, masalan 6 o’ramdagi gaykaning birinchi o’ramining yuklanishi 52% bulsa, oxirgi o’ramning yuklanish 2 % ni tashkil etadi. Rezbalarga ta’sir etuvchi kuchning rezba o’ramlari opacida bir tekis taqsimlanmaganligini asosiy sabablaridan biri shuki, o’q bo’ylab ta’sir etuvchi kuchdan vintdagi rezbaning bir tomonga, gaykadagi rezbaning esa qarama - qarshi tomonga deformasiyalanishidir. Rezbaning (sa) yuzasi ezilishga tekshiriladi, bunda σez<[σ]ez shart bajarilishi kerak. Ezuvchi kuchlanishning Hisobiy qiymati: bu yerda: F- o’q bo’ylab ta’sir etuvi kuch; d2 –rezbaning o’rtacha diametri; h- rezba shaklining balandligi; z – gaykadagi rezba o’ramlarining soni; [σez] – ezuvchi kuchlanishning joiz qiymati. Vintning v a gaykaning rezba asoslari kesimi kesilishiga tekshiriladi, bunda tkec <[tkec] shart bajarilishi kerak. Birikmani loyihalashda (vint hamda gaykaning materiali bir xil bo’lganda) rezba turini tanlab d ni aniqlab, N ning o’lchamini belgilash mumkin: , bunda rezba hamda sterjenning mustahkamligining bir xilligi ta’minlanadi. Standart gaykalarining balandligi N=0,8d deb olinadi. Vint hamda shpilkalarni burab kiritish chuqurligi po’lat, materiallar uchun N1=d, cho’yan materiallar uchun N1=1,5d deb olish tavsiya etiladi, bunda rezbaning mustahkamligi ta’minlanadi. Bolt sterjenini mustahkamlikka hisoblash. Boltli birikmalarning sterjenida tashki kuch ta’sirida xar xil kuchlanishlar hosil buladi. Bunda sterjendagi kychlanishlar qiymati tashqi kuchlarning yo’nalishiga bog’liq bulib, quyidagicha aniqlanadi: Bolt sterjeniga faqat chuzuvchi kuch ta’sir etadi. Bunga sirib tortilmagan, ya’ni zo’riqtirlmagan xolatda osib qo’yilgan ilgak misol bo’la oladi. Uning rezbali qismi tashqi F kuch ta’sirida cho’zilishga d1 diametr bo’yicha tekshiriladi

  1. Shponkali brikmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
    Aylanuvchi detallarni (shkiv, tishli g’ildirak, mufta va shu kabilarni) val yoki o’qqa birgalikda aylanadigan qilib maxkam o’rnatish uchun har xil shponkalardan foydalaniladi. Shponkali birikmalarning tuzilishi juda oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish juda oson. Shuning uchun bunday birikmalardan mashinasozlikda keng ko’lamda foydalaniladi.
    Val yoki o’qda shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi shponkali birikmaning asosiy kamchiligidir, chunki bunday o’yiq val yoki o’q ko’ndalang kesimini kichraytirib, mustahkamligini pasaytiradi.
    Shponkali birikmalar zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan bo’lishi mumkin. Zo’riqtirilgan birikmalarda ponasimon shponkalar, zo’riqtirilmagan birikmalarda esa prizmatik shponkalar ishlatiladi. Tishli g’ildiraklar, shkivlar, muftalar kabi detallarni vallar bilan biriktirish uchun markazlashtirish talablari yuqori bo’lmaganda shponkali birikmalar qollaniladi. Shponkalar burovchi momentni uzatish, vtulka valda aylanib ketmasligini, vtulka val bo’ylab surilishuni yoki detallarni joida qo’zg’almasligini ta’minlaydi. Shponkali birikmalarda uchta yuza ishtirok etadi: valda o’yiq yuzasi, vtulkada o’yiq yuzasi, shponka yuzasi. Shponkali birikmalarning asosiy kamchiliklari: katta momentlarni uzata olmaydi, shponka o’yiqlari tufayli vallar bo’shashadi, shponka o’iyqlarda zo’riqishlar oshadi. Shuning uchun bu birikmalar asosan kichik yuklanishlarni uzatishga mo’ljallangan.



  1. Shponkali brikmalarni hisoblash.

Shlitsali brikmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
Shponkali birikmalarning asosiy ishchanlik qobiliyati ularning mustahkamligidir. Valning diametriga va yuqorida keltirilgan talablarga ko'ra shponka standartlardan tanlanadi va birikma mustahkamlikka tekshiriladi. Standartlarda shponkaning va o'yiqchalarning o'lchamlari shunday tarzda tanlanganki. agar ularning egilishga bo'lgan mustahkamligi ta’minlansa, o'z-o'zidan kesilishga va ezilishga bo'lgan mustahkamligi ham ta’minlanadi. Shuning uchun ham shponkali birikmalar asosan ezilishga hisoblanadi. Ko‘p hollarda shponkani kesilishga hisoblanmaydi.
Prizmatik shponkalar GOST 23360 -78 bo`yicha tayyorlanadi . Birikmani loyixalashda shponkaning o’lchamlari B va h lar valning diametrini xisobga olib , jadvaldan qabul qilinadi . Shponkaning - uzunligi quyidagicha qabul qilinadi:
Segmentli shponkalar esa GOST 240071-80 bo`yicha tayyorlanadi . Shponkaning xamma o’lchamlari GOST jadvalidan olinadi .Shponkaning o’lchamlari aniqlangandan keyin birikmaning mustaxkamligi tekshiriladi . Prizmasimon shponkali birikmaning mustaxkamligi shponka va “vtulka” ariqchasining tutash sirtida xosil bo`ladigan ezilish kuchlanishi bo`yicha quyidagi shart bo`yicha tekshiriladi:
Bu erda, F - aylanma kuch S – yuza. Shponkali birikmalarda “vtulka”ning gupchagi materiali shponka materialidan yumshoqroq materialdan tayyorlanadi. Joiz kuchlanishlarning qiymati po’lat uchun cho’yan uchun
ni tashqil qiladi.
Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko‘p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar
tishli birikmalar deb ham yuritiladi. Shlisali birikmalar valni detal gupchagaga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlisali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar–shlisalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko’p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba’zan bu birikmalar tishli birikmalar deb ham yuritiladi.Shlisali birikmalar quyidagacha qo’llanishi mumkin: detal gupchagini valga qo’zg’almas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi o’kdoshmasligani kompensasiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qo’zg’aluvchan (o’q bo’ylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun. O’qdoshmaslikni kompensasiyalash detallarni tayyorlashda-gi xatoliklar yoki o’zi o’rnashadigan konstruksiyalarga bog’liq. Yuklanish holatida o’q bo’yicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga - uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli g’ildiraklar misol bo’ladi. Shlisali birikmalar quyidagicha turlanadi: ko’ndalang kesimidagi profil rasmi bo’yicha; birikmaning o’qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo’yicha; markazlashtirish usuli bo’yicha hamda texnologik belgilari bo’yicha. Profilning rasmi bo’yicha shlisali birikmalar to’g’ri yonli evolventaviy uchburchakli turlarga bo’linadi. Bulardan eng ko’p tarqalgani to’g’ri yonli shlisali birikmalar bo’lib, ular GOST 1139-80 bo’yicha uch seriyada bo’ladi: yengil, tashqi diametri D=26...12O mm.tishlar soni diametriga bog’liq ravishda Z=6,8,10; o’rta D=14...125mm, Z=6.8.10; og’ir D=20...125mm, Z=10,16,20; yengil va o’rta seriya ko’proq qo’llaniladi, og’ir seriyadagi birikmalar yeyilish bo’yicha og’ir sharoitlarda ishlatiladi. Evolventaviy profilli shlisali birikmalar to’g’ri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq bo’ladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining ko’pligi va tishlari asosining kengayishi hisobiga bo’ladi. Кuchlanishining buralishdagi effektiv konsentrasiya koeffisienti 1,5 va ko’proq marotaba kam, egilishda esa deyarli teng.

  1. Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mеzonlari.

Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo`llanishi. Shlitsali birikma detallarining yemirilish 
turlari. Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari. Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari. Shlitsali birikmalarning soddalashtirilgan (taxminiy) hisobi.  
Shlitsali birikmalarni aniqlashtirilgan hisobi. 
Shlitsali birikmalarni konstruktsiyalash bo`yicha tavsiyalar. 
Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib
tayyorlangan ko`p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar tishli birikmalar deb ham yuritiladi.
Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: a) bir xil o`lchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balandligi bo`yicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati katta; b) valning toliqish bo`yicha mustahkamligi yuqori; v) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val bo`ylab surish lozim bo`lsa, aniqroq yo`naltiradi. 
Shlitsali birikmalar quyidagicha qo`llanishi mumkin: detal gupchagini valga
qo`zg'almas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi o`qdoshmasligini kompensatsiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qo`zg'aluvchan (o`q bo`ylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun. O`qdoshmaslikni kompensatsiyalash detallarni tayyorlashdagi xatoliklar (kamchiliklar) yoki o`zi o`rnashadigan konstruksiyalarga bog'liq.
Yuklanish holatida o`q bo`yicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli g'ildiraklar misol bo`ladi. 

  1. Parchin mixli birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar va ularning turlari.

Parchin mixlar asosan diametri 20 mm dan ortiq bo’lmagan po’lat, mis, alyuminiy simlaridan tayyorlanadi. Bunday simlarni uchi parchalanib, ma’lum shakldagi kallakka aylantirilsa, parchin mix hosil bo’ladi. Parchin mixlar katta kichikligiga qarab, sovuqlayin yoki qizdirilib tayyorlanadi. Rangli metalldan yasalgan barcha parchin mixlar hamda diametri 12 mm gacha bo’lgan po’lat parchin mixlar sovuqlayin, diametri 12 mm dan katta bo’lganlar esa qizdirilgandan keyin parchalanadi. Ulanadigan qismlarda teshiklar hosil qilish uchun parma yoki pressdan foydalaniladi. Parchin mixlar yordamida hosil bo’lgan birikmalar quyidagi turlarga, ya’ni mustahkam, mustahkam-jips hamda jips choklarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda mustahkam-jips hamda jips choklar o’rniga payvand choklar ishlatilganligi uchun asosan mustahkam choklarni hisoblashni ko’ramiz. Parchin mixlar (o’lchamlari) standartlashgan. Kam yuklangan birikmalarda hamda elastik materiallarni biriktirishda o’rtasi teshik parchin mixlar-pistonlar ishlatiladi. O’rnatish qulay bo’lishi uchun parchin mixning diametri teshikning diametridan kichikroq qilinadi. Parchin mixli birikmalarda choklar bir, ikki va shaxmat qatorli qilib o’rnatilishi mumkin. Shuningdek birikma bir kesimli, ikki kesimli hamda ko’p qismli bo’lishi mumkin. Parchin mixli choklarni mustahkamlikka hisoblash. Parchin mixli birikmalarning mustahkamligi parchin mix sterjeni kesimining kesilishdagi kuchlanishga, sterjen yuzasining ezilishdagi kuchlanishga hamda o’zaro biriktirilgan listlarning cho’zilishdagi kuchlanishga chidamliligi bilan belgilanadi.
Ustma-ust parchin mix yordamida biriktirilgan birikmani ko’ramiz. Bunda d0- parchin mix diametri biriktiriladigan listlarning qalinligiga bog’liq bo’lib, kesimli birikmalar uchun d0(1,82,0), ikki kesimli birikmalar uchun d0(1,21,8); -biriktiriladigan detallarning qalinligi: samolyotsozlikda d=2; t - parchin mixlar o’rtasidagi masofa; bu masofa bir kesimli birikmada 3d, ikki kesimli birikmada 3,5d; F,t- masofaga ta’sir qiluvchi kuch; - parchin mix sterjeni uchun ruxsat etilgan kesimdagi kuchlanish; - parchin mix sterjeni bilan biriktiralayotgan detallar o’rtasidagi ezilishdagi kuchlanish; biriktiralayotgan listlar uchun ruxsat etilgan kesimdagi kuchlanish; - parchin mixdan chokning chekkasigacha bo’lgan masofa, hamma gurux choklar uchun =(1,5 ...2,0)d0

  1. Parchin mixli birikmalarni hisoblash.

Bitta parchin mix bilan ikkita listni biriktirilgan holatni ko‘ramiz. Hisob ishlarida listlar orasidagi ishqalanish kuchi e’tiborga olinmaydi. Parchin mixli birikmaning buzilishi kesish tekisligi deb ataluvchi A–A tekislik bo‘yicha ro‘y berishi mumkin. Kesish tekisligida τ dF ga teng elementar ichki kuchlar hosil bo‘lib, ularning teng ta’sir etuvchisi kesuvchi kuch Q ga teng bo‘ladi. Urinma kuchlanish τ kesish tekisligida tekis taqsimlangan deb hisoblanib, uni
deb olishimi mumkin. Bu yerda F – parchin mixning ko‘ndalang kesim yuzasi. Urinma kuchlanish τ parchin mix materiali uchun kesilishda ruxsat etilgan urinma kuchlanish [τ]k dan kichik bo‘lishi kerak. [τ]k – qiymatini 6.1-jadvaldan olish mumkin. Agar parchin mixlar bitta emas n ta bo‘lsa u holda bir parchin mixda hosil bo‘ladigan kuchlanish ruxsat etilgan urinma kuchlanishlardan «n» marta kichik bo‘lishi kerak, chunki siljituvchi zo‘riqishlar birikmalar oralig‘ida tekis taqsimlanadi deb qabul qilinadi. Agar parchin mixli birikmalar 2 va undan ortiq paket deb ataluvchi listdan iborat bo‘lsa (6.3-rasm), u holda parchin mixda bitta emas «m» ta kesish tekisligi hosil bo‘lib, barcha kesish tekisliklarida kuchlanishlar o‘zaro teng deb faraz qilinadi. Kesish tekisliklarining soni «m», paketdagi bog‘lanuvchi listlar sonidan birni ayrilganiga teng bo‘ladi

  1. Dеtallarni tig‘izlik hisobiga biriktirish

Silindrik sirtli ikki detalni manfiy oraliq xisobiga shponkasiz, boltsiz xam o’zaro biriktirish mumkin. Bu usul, ko’pincha, dumalash podshipniklarini valga o’rnatishda, chervyakli gildirakni yig’ishda va boshqa xollarda qo’llaniladi. Buning uchun valning diametri (podshipnikda yoki boshqa detalda) val uchun mo’ljallangan teshik diametridan δ qadar kattaroq qilib tayyorlanadi. Masalan, val diametri B teshik diametri A bo’lsa (5.1-rasm), u xolda B>A yoki B-A=δ bo’lishi kerak. Natijada δ xisobiga detallar o’zaro maxkam birikadi. Bunday o’zaro biriktirishda presslash, teshikli detalni qizdirish yoki valni sovitish usullaridan foydalaniladi. Presslab urnatishda valga uning o’q bo’ylab yo’nalgan F kuch ta’sir ettiriladi. Bu kuch ta’sirida valning xam, teshikning xam ishqalanish sirti deformasiyalanadi va bu yerda bosim kuchi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan bosim kuchi ishqalanish sirtlarida katta ishqalanish kuchini hosil qiladi. Bu esa detallarni bir—biriga nisbatan qo’zg’almas qilib turadi. Shu bois bu detallarga o’q bo’ylab yo’nalgan ma’lum miqdordagi yuklanish qo’yish va burovchi moment ta’sir ettirish mumkin.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling