3-ma’ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari


Olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiya usuli


Download 423.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi423.03 Kb.
#1475260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Этерефикация

Olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiya usuli. Ushbu usul eng birinchi va 
hozirgacha qo‘llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bu jarayon ikki bosqichdan 
iborat bo‘lib, birinchi bosqichda olefinlar sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sir etib 
mono-, dialkilsulfatlar (sulfat kislota efirlari) hosil bo‘ladi: ikkinchi bosqichda 
hosil bo‘lgan mono- va dialkilsulfatlar suv ta’sirida gidrolizlanadi va bir atomli 
spirtlarga aylanadi: 
Gidratatsiya jarayonida katalizator tashuvchi sirtidan fosfat kislotaning 
doimiy ravishda chiqib ketishi sababli, 4-5 soatdan so‘ng katalizator faolligini 
yo‘qotadi. Ushbu muddatni uzaytirish uchun sintez jarayonida katalizatorga fosfat
kislota shimdirishni tavsiya etilgan. Biroq ushbu holatda katalizatorni vaqti-vaqtida 


almashtirib turish talab etiladi, chunki uning yuzasida smolasimon moddalar 
yig‘ilishi, tashuvchi esa juda ham murtlashib qolishi kuzatiladi. Shu sababli yangi 
katalizator tayyorlanadi, bunda tashuvchiga 60-65%-li fosfat kislota shimdiriladi 
va u 100
o
C da quritiladi. Unda 35% erkin fosfat kislota bo‘ladi. 
 
Etilenni sulfat kislotali gidratatsiyasi 
CH
2
=CH
2gaz
+ H
2
SO
4suyuq
↔ C
2
H
5
OSO
3
H; Δ H=50,232 kDj|mol 
suyuq, monoetilsulfat 
Sulfat kislotaga etilenni yutilishi (xemosorbsiya) qaytar ekzotermik jarayon. 
Reaksiya muhitida monoetilsulfat bilan bir qatorda erkin H
2
SO

va dietilsulfat ham 
bo‘ladi. Hozirgi vaqtda sanoat miqyosida etilenni sulfat kislotali gidratatsiyasida 
97-98% li H
2
SO
4
ishlatiladi, reaksiya temperaturasi t=80-85
0
C; etilenni absorberga 
kirishdagi parsial bosimi 1-1,5 MPa ni tashkil etadi. 
2-rasmda sanoatda etilenni sulfat kislotali gidratatsiya qilish texnologik 
sxemasi ifodalangan. 40-50% li etilenli etilen-etan fraksiyasi 2,5-3 MPa bosim 
oCtida 1-absorberni pastki tomoniga yuboriladi, unda 20-ta qalpoqli tarelkalar 
mavjud bo‘ladi. Har bir tarelkada ilonsimon sovutgichlar joylashgan. 97-98% li 
H
2
SO

1-absorberning yuqori tomoniga yuborilishdan avval truboprovodda 
reaksion aralashma bilan aralashtiriladi. Unda 1 mol H
2
SO
4
ga 0,5-0,6 mol C
2
H

hajmida olinishi lozim. 
2-rasm. Etilenni sulfat kislotali gidratatsiya texnologik sxemasi. Sulfat 
kislotali gidratatsiya usuli bilan etil va izopropil spirtlarni birgalikda olish 
texnologiyasi
Agarda piroliz tarkibidagi C

uglevodorodlarni ajratib olinsa va siqilgan 
pirogaz ajratilmasdan ikki bosqichli qurilmaga ketma-ket absorbsiyaga yuborilsa, u 
yerda dastlab gazni birinchi absorberga kirishi bilan ancha yumshoq sharoitda 
propilenni yutilishi, so‘ngra ikkinchisida esa ancha og‘ir sharoitda etilenniki sodir 
bo‘ladi. Yutilmay qolgan vodorod, metan, etan va propanlar pirolizga yoki inert 
gaz ishtirokida ishlatilgan kislotani konsentrlash uchun yuboriladi.

Download 423.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling