3-ma’ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari


Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi


Download 423.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana09.06.2023
Hajmi423.03 Kb.
#1475260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Этерефикация

4. Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi. Murakkab efirlar olish jarayonini 
ikki katta guruhga ajratish mumkin: 
1) Katalizatorsiz suyuq fazada boruvchi yoki gomogen katalitik jarayonlar
bunda kimyoviy reaksiya ajratish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi; 
2) Suyuq yoki gaz fazasida boruvchi geterogen katalitik reaksiyalar ajratish 
jarayonisiz alohida apparatlarda olib boriladi. 


Birinchi turdagi jarayonlar eterifikatsiya texnologiyasida keng tarqalgan. 
Geterogen kataliz bilan eterifikatsiyalash. Proton kislotalar ishtirokida 
eterifikatsiyalash jarayonida albatta mahsulotni neytrallash bosqichini amalga 
oshirish lozim. Bunda ko‘pincha efir kub kolonada qoladi. Kislota 
neytrallangandan so‘ng efirni yuvish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar ko‘p 
miqdordagi reagentlarni sarflashga. Oqova suvlarni hosil bo‘lishiga olib keladi 
shuning uchun oxirgi yillarda eterifikatsiya jarayonini geterogen kataliz usuli bilan 
amalga ochirilmokda, katalizator sifatida sulfokationitlardan foydalanilmokda
reaksiya 150-160
0
C temperaturada olib boriladi. Sulfokationitlar ishtirokidagi 
eterifikatsiya jarayoni katalizator qatlamli Kolona turidagi reaktorlarda olib 
boriladi. Reaksiya suyuq fazada ortiqcha miqdorda olingan spirt muhitida sodir 
bo‘ladi.
2-rasmda nasadkali adiabatik reaktor, ekstraksiya kolonasi, bug‘latish 
kKolonasidan iborat eterifikatsiya qurilmasi ifodalangan. Ushbu qurilmada olingan 
efir ekstraksiya kolonasining yuqori qismidan rektifikatsiya jarayoniga yuboriladi. 
 
2-rasm. Sulfokationitlar ishtirokidagi sodir bo‘ladigan eterifikatsiya jarayonining 
texnologik sxemasi: 1-reaktor; 2- ekstraksiya kolonasi; 3-spirtni rekuperatsiyalash 
kolonasi; 4-kondensator; 5-qaynatgich. 
 
Tayanch so‘z va iboralar 
Olefinlar gidratatsiyasi, olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiyasi, olefinlar 
to‘g‘ri gidratatsiyasi, etanol ishlab chiqarish, atsetilen gidratatsiyasi, degidratatsiya 
jarayonlari, to‘yinmagan birikmalar hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan 
degidratatsiya, oddiy efirlar hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan degidratatsiya, 
karbon kislotalar degidratatsiyasi, olefinlardan efirlar olish, karbon kislotalar 
efirlari, sintez, murakkab efirlar, eterifikatsiya reaksiyalari. 
Mavzu bo‘yicha savollar 
1. Gidroliz jarayonlarini sinflanishi. 
2. Gidroliz jarayoni kimyosi. 
3. Olefinlar gidratatsiyasi.


4. Olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiyasi.
5. Olefinlarni to‘g‘ri gidratatsiyasi.
6. Etanol ishlab chiqarish.
7. Atsetilen gidratatsiyasi.
1. Eterifikatsiya jarayoni kimyosi va nazariy asoslari. 
2. Karbon kislotalar efirlari. 
3. Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi. 
4. Eterifikatsiya jarayonlarining farmatsevtikadagi ahamiyatini qanday 
izohlash mumkin? 

Download 423.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling