Smart Art elementlariga matn kiritish
Matnli hujjatda Smart Art obyektini matn muharririga qo'yilgandan keyin,
element shablonini va matnli maydonni ko'rasiz. Matnli maydonga kiritilayotgan
matn raqamlangan ro'yxat ko'rinishida tasvirlangan. Uning har bir bandi Smart Art
obyektining alohida struktura elementi - obyekti bilan bog'langan. Matn terish
bilan birga siz u grafik element bilan qanday to'layotganini ko'rasiz. Bir matn
blokidan boshqa blokka o'tkazish, kursorni boshqarish tugmalari yordamida
amalga oshiriladi. Ba'zi hollarda, Smart Art elementlari ichida faqat matnni emas,
balki markerlangan ro'yxatni joylashtirish talab etiladi. Buning uchun
"Работасрисунками Smart Art" kontekst asbobdagi "Конструктор" punktidan
"Создатьрисунок" guruhining "Добавитьмаркер" tugmasini bosing.
Smart Art obyekti strukturasini o'zgartirish
Smart Art obyektiga yangi elementni qo'shish uchun matnni kiritish
jarayonida ENTER tugmasini bosish yetarli. Yana bir usuli - "Добавитьфигуру"
tugmasidan foydalanishdir. Elementni belgilang va menyudan qo'yish usulini
tanlang: "Добавитьфигурупосле" yoki "Добавитьфигурудо". Bu holda, Smart
Art elementiga tanlangan tabaqa elementi qo'shiladi. "Добавитьфигурувыше" va
"Добавитьфигуруниже" bandlari yordamida boshqa tabaqa elementlarini qo'shish
mumkin. "Добавитьпомощника" bandi yordamchi elementni qo'yish uchun
mo'ljallangan. Joriy elementni olib tashlash uchun elementni belgilang va " Delete
" tugmasini bosing. Bundan tashqari, Word 2007 matn muharriri ba'zi elementlar
tabaqasini o'zgartirish imkoniyatiga ega. Tabaqani, Tab tugmasini bosib
ko'paytirish, Shift+Tab tugmalar majmuasidan foydalanib kamaytirish mumkin.
Yuqoridagi amallarni "Повыситьуровень" va " Понизитьуровень" tugmalari
yordamida bajarish mumkin. Matn maydonini olib tashlash uchun - uni bekiting,
tasvirlash uchun esa - "Областьтекста" tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |