3-ma’ruza mavzu: Isitish tizimida issiqlik uzatuvchilar


-rasm. Isitish markazidan vertikal issiqlik tarqatish tizimi


Download 0.57 Mb.
bet2/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1200595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MA’RUZA (1)

11-rasm. Isitish markazidan vertikal issiqlik tarqatish tizimi: a – yuqoridan tarqatuvchi; b – pastdan uzatuvchi; v – «to’ntarilgan» vertikal quvurlarda suv harakati.



12-rasm Pastdan (a) va yuqoridan (b) uzatuvchi suvli gorizontal isitish tizimlari: 1, 2 – uzatuvchi va qaytaruvchi magistral; 3 va 4 – uzatuvchi va qaytaruvchi tik quvur; 5 va 6 – uzatuvchi va qaytaruvchi ulama; 7 – isitish asboblari; 8 – bir quvurli shaxobcha; 9 – bifilyar tarmoq.
Ularning devoridagi qalinliklariga qarab ko’ndalang kesimidagi ichki diametri Di.k.k =10-50 mm gacha bo’lib ular uch xil bo’ladi: yengil, oddiy va kuchaytirilgan. Kuchaytirilgan quvur­lar qalinligi bilan oldingilaridan farq qilib, ular yuqori kategoriyali inshootlarda ochiq muhitli sharoitda ishlatilishi mumkin. Yengil yupqa qalinlikdagi quvurlar rezba va payvand yordami bilan isitish asboblarini ochiq muhitda birlashtirilishi uchun mo’ljallangan. Oddiy quvurlar turi esa suv-gaz issiqlik qurilmalarining yopiq holda o’rnatilishi lozim bo’lgan holatlarda ishlatilish uchun mo’ljallangan.
Issiqlik qurilmalarining qurilishida ishlatiladigan yana bir quvurlardan biri po’lat elektr-payvandlanuvchi quvurlar­dir.
Bu xildagi quvurlarning devor qalinligi har-xil o’lchamda chiqarilib, uni belgilashda birinchi ikki raqam ichki diametrini o’lchamini, ikkinchi ikki raqam esa devori qalinligini ko’rsatadi. Masalan, Di=76x2,8 bo’lsa, quvurni ichki diametri d=76 va devor qalinligi =2,8 mm bo’ladi. Bu xildagi quvurlar markaziy issiqlik qurilmalarining katta bosim bilan ishlaydigan bo’limida va katta gidrostatik bosim ostida ishlatiladi (R1 MPE). Ularni bir-biri bilan rezbalar, boltlar va payvanlash yo’llari bilan birlashtiriladi. Rezba yordamida ulangan uskunalar va bo’laklarni yechib olish va yana qayta-yig’ish boshqalariga nisbatan qulaydir.

Issiqlik uzatuvchi quvurlarni bino ichiga o’rnatish. Issiqlik qurilmalarining quvurlari ochiq yoki yopiq holda o’rnatiladi. Issiqlik uzatuvchi quvurlarning ochiq holatda o’rnatilishi eng arzon va sodda hisoblanadi. Ochiq o’rnatilgan issiqlik quvurlarining bino ichidagi ochiq qismidan ajralgan issiqlik miqdori issiqlik asboblarini maydonini aniqlashda hisobga oladi.


Issiqlik qurilmalarining qurilishida qo’yiladigan asosiy talablarni hisobga olsak (texnologik, gigiyena va me’morchilik-rejalashtirish) ochiq o’rnatilgan magistral quvurlar texnik qavatlar, yerto’lalarga o’rnatiladi: Tik va ulama quvurlarning issiqlik uskunalariga ulashdan oldin maxsus shaxtalarda yoki kapital devorning ichiga qurilgan chokli yo’llardan (borozda) o’tkaziladi. Ko’p qavatli binolarda quvurlar ko’pincha maxsus qurilish konstruksiyalar ichidan yoki ichki kapital devorga yopishtirib qurilgan maxsus loyihalashtirilgan vertikal yopiq mehroblardan o’tkaziladi. Quvurlarni bu holatdagi o’tkazili­shida shuni e’tiborga olish kerakki, ularning ajratib ta’mirlanadigan qismlari va jixozlarini to’plangan qismlarini ta’mirlash yoki ekspluatasiya qilish uchun iloji boricha bir joyga qopqoqli eshikchalar qo’yiladi. Ochiq holda o’rnatilgan quvurlar yopiq holda o’rnatilgan quvurlarga nisbatan taxminan ikki barovar issiqni ko’p yo’qotadi. Ishlab chiqarish binolaridagi tik quvurlarga o’rnatilgan isituvchi panellar bir tomonlama (tashqi devorda) yoki ikki tomonlama (ichki devorda) issiqlik beruvchi qurilma sifatida loyihalash­tirilishi mumkin.
Issiqlik quvurlari tizimini himoyalashda, ishlatish jarayonida quvurlarni issiq suv harorati ta’siridan uzunligini (350S-dan yuqori) uzayishini hisobga olish shart. Quvurlarning bunday sharoitdagi uzayishini harorat ta’siridan uzayish deyilib, uni kattaligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
l =  (tq - tm) l, m (1)
bunda:  - quvurning qanday materialdan yasalganligiga bog’liq bo’lib, issiqlik tashuvchining haroratiga qarab jadvaldan qabul qilinadi (yumshoq po’lat uchun 1500S da =1,210-5);
tq - issiqlik o’tkazuvchi quvurning harorati, bu issiqlik tashuvchining haroratiga yaqin kattalikdir, 0S (hisoblar uchun issiqlik tashuvchining eng yuqori harorati qabul qilinadi);
tm - issiqlik qurilmalarini qurish davrida atrof-muhitning havo harorati, 0S;
l - quvurlarning uzunligi, m.
Qurilish ishlarini bajarish paytida bino ichidagi haroratni kuzgi-bahorgi haroratga yaqin qilib, ya’ni 50S ga teng deb qabul qilinadi. Qish paytida esa asosiy ishlar bilan suvoq-pardoz ishlarini bajarishda vaqtincha ishlaydigan issiqlik ventilyatsiya agregati uchun ham hisobiy harorat +50S ga teng qilib qabul qilinadi.
Agar tm=50S deb qabul qilinsa po’lat quvurlardagi uzayishning kattaligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
l = 1, 2 10-2 (tq-5)l (2)
Past haroratli issiq suvning ta’siridan 1 m uzunlikdagi tarqatuvchi quvurning uzayishi 1 mm, qaytaruvchi quvurdagi uzayish 0,8 mm bo’ladi, yuqori haroratli suv ta’siridan 1 m uzunlikda 1,75 mm gacha uzunlik qo’shiladi.
Shunday qilib issiqlik qurilmalarining magistral, tik va uzatma quvurlaridagi uzayishini o’ziga qabul qiluvchi choklarni hisobini yaratish kerak.
Tik quvur bilan isitish asbobini birlashtiruvchi gorizontal quvur bo’lagi uzatma quvur deyilib, bu uzatma quvurning joylanishi isitish asbobining turiga va tik quvurlarning joylanishidagi o’rniga bog’liq bo’ladi.
Issiq suv yoki bug’ uzatma quvurlaridan isitish asboblariga berilib sovugan suv, bug’ kondensati isitish asbobidan uzatma quvurlari yordamida olib chiqib ketiladi va gorizontal holda (uzunligi 500 mm gacha) 5-10 mm qiyalik bilan o’rnatiladi. Uzatmalar tik quvurlarga undan o’tgan o’qga nisbatan undan chekingan ham egilgan holda ulanadi. Bu holat isitish asbobining o’rnatilishiga bog’liq. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, egilib tayyorlangan uzatma quvurlarni tayyorlash, o’rnatish qurilishni ishlarini qiyinlashtiradi va tizimda gidravlik qarshilikni oshiradi. Uzatma va tik quvurlarni bir xillik (unifikatsiya) holatiga keltirilishi qurilish muddatini qis­qartiradi. Misol uchun tik quvurga ulangan uzatma quvurlarni isitish asboblariga ulab, bir tomondan ulanib bir xil uzunlikka ega bo’lgan uzatma quvurlarni tanlab olamiz. (ly=370 mm). Shuningdek bir quvurli tizimda tik quvur derazaning pardoz gardishidan 150 mm bo’lgan masofada o’rnatiladi, aks holda derazalar orasidagi yuzaning o’rtasidan tik quvurni o’tkazib, ikki tomonlama isitish asbobiga ulash kerak bo’lar edi. Bir xillik talab tipovoy loyiha asosida qurilgan mexmonxona, turar-joy, yotoqxona va yordamchi binolarda keng qo’llaniladi. Uzatma quvurlarning uzunligini uzaytirish isitish asbobining issiqlik beruvchi yuzasini o’rtasidagi masofaning siljishiga imkon beradi (13-rasm, a, b).
Agar silliq quvurdan tayyorlangan radiatorlar ketma-ket ulansa, unda ulama quvurlar egilgan shaklda yasaladi va bu egilgan bo’lim uzayish kattaligini o’ziga qabul qiladi (agar, radiatorlar ilgakli ulansa). Bundan tashqari tik quvurlarning joylanishi magistral quvurlarning holatiga va uzatma quvurlar­ning o’rnatilgan joyiga bog’liq.
Tik quvurlarni zinapoya maydonida va burchakdagi sovuq xonalarga o’rnatilishi uchun maxsus yechimga ega bo’lgan uslub qo’llaniladi. Qolgan umumiy hollarda iloji boricha tik quvurlar sonini, uzunligini va ko’ndalang kesim yuzasini kamaytirish metall tejamkorligiga olib keladi.
Tik quvurlarning tuzilishi bir tiplikning (unifikatsiya) qo’llanilishiga olib kelsa, qurilish jarayoni yengil kechib, natijada mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi.
Ma’lum bino tarhiga asoslangan holda issiqlik qurilma­larining sxemasini tanlash va tik quvurlarni joylashtirish vazifalari birgalikda yechilishi lozim. Yuqorida sanab o’tilgan yechimlarni bajarishda bir quvurli isitish tizimlari, ikki quvurli isitish tizimlariga nisbatan ma’lum darajada afzalliklarga ega.
Tik quvurlarni ham isitish asboblari kabi tashqi devor yoniga-ochiq holda o’rnatib, quvur o’qi bilan ichki devor yuzasi oralig’idagi masofa 35 mm qabul qilinadi. Tik quvurning eng kichik diametri di=32 mm bo’lib, ular yopiq holda devorlardagi maxsus chok yo’llardan yoki devor ichida (chok yo’llarsiz) hamda o’rta devorlarga o’rnatilishi mumkin (13-rasm, b). Odatda tashqi devor ichida o’rnashtirilgan issiqlik uzatuvchi quvurdan issiqlik ko’proq sarf bo’ladi, shuning uchun bu holatda issiqlik sarfini kamaytirishga qarshi muxofaza choralari ko’rilishi lozim.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling