3-ma’ruza mavzu: Isitish tizimida issiqlik uzatuvchilar


-rasm. Isitish markazidan vertikal issiqlik tarqatish tizimi


Download 0.57 Mb.
bet4/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1200595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MA’RUZA (1)

15-rasm. Isitish markazidan vertikal issiqlik tarqatish tizimi:
a – yuqoridan tarqatuvchi;
b – pastdan uzatuvchi;
v – «to’ntarilgan» vertikal quvurlarda suv harakati.

b)
v)


Fuqaro va sanoat korxonalarining yordamchi binolarida magistral quvurlar qoidaga binoan chordoqda yoki texnik qavat­larga o’rnatiladi. Chordoqdan o’tgan magistral quvurlarni tashqi devorning ichki sirtidan - 1,5 metr uzoqlikda to’sin­larga osib o’tkaziladi. Bu usul quvur uzayishini kompensatsiya qilishi bilan birga qurilish jarayonini osonlashtiradi va ta’mirlashga qulay sharoit yaratadi (15-rasm, b, v). Iqlimi sovuq mintaqalarda magistral quvurlar chordoqda va havosi almashtirib turiladigan yerto’lalardan o’tkazish man qilinadi.


Fuqaro binosining qavatlari soni 9 qavat va undan ko’p bo’lgan taqdirda (ko’p qavatli) ulardagi qavatlararo bir-biri­ning o’stida joylashgan va bir-biriga o’xshash seksiyalarning barcha qavatlarida issiqlik tashuvchining magistral quvurlari orqali kelayotgan harakati boshi berk sxema bilan ishlaydi. Bunday binolarda seksiyalarning joylanishi ikki xil bo’lib, ular binoning ikki yon tomonida va binoning uzunligi bo’ylab qatorli joylashgan seksiyalardan iborat bo’ladi. Xuddi shunday joylashgan seksiyalarda mustaqil isitish tizimi qo’llanilib, issiqlik uskunalarining bir xillik (unifikatsiya) turiga olib keladi.
Bu sharoitda bir xillik tik ulama quvurlargagina tegishli bo’lmay balki, magistral quvurlar tizimi uchun ham tegishlidir. Bu qulaylik quvurlarni tayyorlash ishlarini sanoatlashtirishga keng yo’l ochib beradi. Ammo, bunda isitish punkti soni va magistral tranzit (olib o’tib ketuvchi) quvurlar uzunligi ko’payadi. Bundan tashqari isitish tizimlarini binoning oldidan boshqarish qiyinlashadi va isitish tizimlari kichik-kichik bo’limlardan iborat bo’lganligi sababli ularni avtomatlashtirish murakkablashadi.
Magistral quvurlarni o’rnatishda ularni tekshirish, ta’mirlash uchun qulay qilib va issiqlikdan uzayishidagi deformasiyani kompensasiya kabi talablarini ham e’tiborga olish lozim.
Magistral quvurlarning haroratdan uzayishi tabiiy egilmalar yordamida va yuqori haroratli issiqlik tashuvchi bo’lganda П-harfi shaklidagi kompensatorlar qo’llaniladi. Gorizontal magistral quvurlar ma’lum qiyalik bilan o’rnatiladi, agar qiyalik sharti bajarilmasa, issiqlik tashuvchining tezligini oshirish kerak (16-rasm).



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling