3-ma’ruza mavzu; Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning vazifalari. Reja


Download 0.57 Mb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1358367
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning vazifalari


3-MA’RUZA


Mavzu; Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning vazifalari.

Reja





  1. Turbomashinalarni tashqi tarmoq bilan birgalikda ishlashi. Ish rejimi va unga qo’yiladigan talablar

  2. Suvchiqarish qurilmalari turlari va tuzilishli vazifalari.

  3. Suv chiqаrish ishini tаshkil qilishni tехnologik sхеmаlаri.



Tayanch so’z va iboralar: Turbomashinalar, qurilma, dinamik o‘xshashlik, kuch, nasos zo‘riqmasi, ventilyator bosimi, o‘xshashlik tenglamalari, tashqi tarmoq, gidravlik qarshiliklar, minyeral, xom- ashyo, resurslar

Kon suvlarini yer sathiga chiqarishda yoki konlarni shamollatishda turbomashina (nasos yoki ventilyator) tashqi tarmoq bilan ulangan holda ishlatiladi.


Oqimning uzluksizlik qonuniga binoan qurilma tizimi bo‘ylab harakatda bo‘ladigan oqim sarfi – Qt turbomashina unumdorlikgiga – Q teng bo‘ladi, ya’ni:
Q=QT (4.20)
S uv yoki havoni tarmoq bo‘ylab harakatga keltiruvchi kuch – bu nasos zo‘riqmasi – N yoki ventilyator bosimi – R dir. Zo‘riqma (bosim) kon suvini ma’lum balandlikga chiqarish va tashqi tarmoqning gidravlik qarshiliklarini engib o‘tishga sarflanadi. Demak, enyergiyani saqlanish qonuniga binoan turbomashina zo‘riqmasi (bosim) – N tarmoqning qarshi bosimiga – Nt teng bo‘ladi, ya’ni:
N=Nt (4.21)
Ushbu xulosalarga ko‘ra qurilma tizimning ish rejim ko‘rsatkichlari (Qr va Nr) bir vaqtda (4.20) va .21) tenglamalarda keltirilgan talablarni qanoatlantirishi shart ekan.
Turbomashinaning zo‘riqma va tashqi tarmoq harakatyeristikalarini ifodalovchi tenglamalar, ya’ni H=f(Q); HT=f(Q),echimi yuqorida keltirilgan shartlarni qanoatlantiradi.
Tenglamalar echimi grafik va analitik usullar bilan topiladi

4.4-rasm. Turbomashina ish rejimining ko‘rsatkichlarini aniqlash grafigi.Grafik usuli (4.4-rasm). Bu usulda turbomashinaning zo‘riqma xaraktyeristikasi (1-egri chiziq) va tarmoq xaraktyeristikasi (2-egri chiziq) bir xil masshtablarda H-Q koordinat tizimida chiziladi. Egri chiziqlar kesishgan nuqtaning (R-nuqta) koordinatalari Qp va Hp (masshtablar bir xil bo‘lganligi uchun) yuqorida keltirilgan shartlarni qanoatlantiradi. Shuning uchun bu nuqta tashqi tarmoq bilan birga ishlatiladigan turbomashinaning ish rejimi deyiladi.


Ushbu (4.4-rasmda) turbomashinaning quvvat – N (3-egri chiziq) va foydali ish koeffitsienti – η (4-egri chiziq) xaraktyeristikalari ham ko‘rsatilgan. Turbomashina ish rejimiga mos keladigan quvvat – Nr va foydali ish koeffitsienti – ηr “R” nuqtadan o‘tkazilgan tik chiziq bilan quvvat (3-egri chiziq) hamda F.I.K. (4-egri chiziq) xaraktyeristikalari bilan kesishgan nuqtalar (R1 va R2) ordinatalari Nr va ηr orqali topiladi.
Analitik usul. Ish rejimini analitik usul bilan topish uchun turbomashinaning zo‘riqma H=f(Q), quvvat N=f(Q) va foydali ish koeffitsienti η=f(Q) xaraktyeristi-kalarini belgilovchi analitik tenglamalar bo‘lishi shart. Ushbu analitik tenglamalarning ko‘rinishi quyidagicha [4,16].
(4.22)
Bu yerda: H, N, η, a1,a2, b1, b2, c1, c2 – mos ravishda turbomashinani sinash jarayonida olingan ko‘rsatkichlarga ishlov byerish jarayonida topiladigan ko‘rsatkichlar.
Bu ko‘rsatkichlar aniq bo‘lgan hollarda turbomashina ish rejimi (4.20) va (4.21) tengliklar asosida topiladi. YA’ni N=HT; Q=QT yoki
(4.23)
Bu tenglikdan unumdorlik Q topilgach, uning qiymati orqali (4.22) tenglamalar vositasida tegishli parametrlar H, N va η topiladi.
Tashqi tarmoq va turbomashina xaraktyeristikalarining o‘zgarishi ish rejim paratmetrlarini (Qp; Hp; Np; ηp) o‘zgarishiga olib keladi.


4.5-rasm. Ish g‘ildirakning aylanish tezligi – n (a) va geodezik balandlik – Ng (b) larning ish rejim ko‘rsatkichlariga ta’siri.

Masalan vaqt o‘tishi bilan suv quvurning ichki sirtiga kon suvi tarkibidagi tuzlar va mayda tog‘ jinslari yopishib qoladi. Buning oqibatida suv quvurning gidravlik qarshiligi ortadi. Unda turbomashina va tarmoq tizimining ish rejimi dastlabki holatiga nisbatan o‘zgaradi (4.4-rasm) va oqim sarfi kamayadi .


Ikkinchidan elektr tarmoqning kuchlanishi yuklama ortishi bilan o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish turbomashina ish g‘ildiragining aylanish tezligini o‘zgartiradi va turbomashinaning zo‘riqma xaraktyeristikasi (4.5 a-rasm) o‘zgaradi. Bu holat yana turbomashina va tarmoq tizimi ish rejimini oldingi holatiga nisbatan o‘zgartiradi (4.5 b-rasm). Natijada oqim sarfi kamayadi.
Ish rejim ko‘rsatkichlarga salbiy ta’mir etuvchi faktlarni oldini olish uchun qurilmani loyihalash va ishlatish jarayonida;

  • Ish rejim unumdorligi kondagi suv oqim miqdoridan kam bo‘lmasligi;

  • Geometrik suv chiqarish balandlik – Ng, unumdorlik – Q=0 bo‘lgandagi turbomashina zo‘riqmasining – N0, Ng≤0.9·N0 qismini tashqil etishi;

  • Tashqi tarmoq va mashina xaraktyeristikalari kesishgan nuqta bitta bo‘lishi kabi ko‘rsatmalarga amal qilish talab etiladi.

Ushbu ko‘rsatmalarga amal qilingan hollarda qurilma ishi (ish rejim) barqaror bo‘ladi (4.6-rasm).
Uning iqtisodiy samaradorligi:

  • (4.24)

sharti bilan topiladi.
Bu yerda: - turbomashinaning maksimal F.I.K.

4.6-rasm. Turbomashinalarning ishlatish chegarasi


Qurilma ishi barqaror va iqtisodiy samarador bo‘lishi uchun ish rejim turbomashinaning ishlatish chegarasidan (4.6-rasm) chiqmasligi kyerak. YA’ni va .
Suv chiqarish qurilma nasos, elektr yuritgich, suv so‘rilish va suv haydalish quvrlar va boshka elektromexanik uskunalardan tashkil topgan mukkamal texnikaviy majmuadir. U konlarda kon suvini yer sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi.
Suv chiqarish qurilmani konda o‘rnatish joyi va bajaradigan vazifalarga ko‘ra markazlashtirilgan, asosiy, bo‘lim, yordamchi, lahm o‘tish, qudukli va karyer suv chiqarish qurilmalariga bo‘linadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling